Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Xatlash dalolatnomasida 
meros mol-mulkini qo‘riqlash 
yuzasidan chora ko ‘rish to ‘g ‘risida ariza olingan kun, xatlash 
amalga oshirilgan kun, xatlashda ishtirok etayotgan kishilar- 
ning ismi, otaismi, familiyasi va manzili, meros qoldiruvchi­
ning ismi, otaismi, familiyasi, vafot etgan vaqti, xatlanayot- 
gan mulklar turgan joy, meros mulkining notarius kelguncha 
b o ‘lgan holati, xatlanayotgan buyumlaming mufassal tavsifi, 
eskirganlik foizi ko‘rsatib o‘tiladi. Buyumlaming bahosi, ular­
ning eskirganligini hisobga olgan holda chakana narx b o ‘yi- 
cha, chakana narxlari bo‘lmagan buyumlaming bahosi esa shu 
sohadagi mutaxassislaming xulosasi asosida belgilanadi.
Notarius tomonidan qo‘yilgan baholarga rozi b o ‘lmagan 
taqdirda, merosxo‘rlar baholovchi mutaxassislami taklif qi­
lish huquqiga ega. Xatlash dalolatnomasining har bir sahi- 
fasida buyumlar soni va qiymatining yakuni chiqariladi, xat­
lash tugallangandan keyin esa buyumlar soni va qiymatining 
umumiy yakuni chiqariladi.
Xatlash dalolatnomasi oxirida mol-mulkni saqlash uchun 
topshirilgan shaxs (saqlovchi)ning ismi, otaismi, familiyasi,
262


Dalolatnoma
tug‘ilgan yili, turarjoyi va uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat 
haqidagi m a’lumotlar k o ‘rsatiladi. Xatlash dalolatnomasi 
kamida uch nusxada tuzilib, xatlashda ishtirok etgan barcha 
shaxslar - notarius, manfaatdor shaxslar, mol-mulkni saqlash 
uchun qabul qilgan shaxs, xolis guvohlar tomonidan imzola- 
nadi (8-9-ilovalarga qarang).
Xatlash dalolatnomasi namunalari
8-ilova
MEROS MULKINI XATLASH 
D A L O L A T N O M A S I
Chinoz shahri, 2018-yil dekabr oyining 18-kuni soat 10 dan 
45 daqiqa o4ganda tuzildi.
Men, Chinoz shahar 1-davlat notarial idorasinii g davlat no- 
tariusi S.Tog‘ayev, Chinoz shahri «Birlik» mahalla с Vmitasining 
raisi Shodmon Eshonqulovning bergan ma’lumotiga asosan, 2018- 
yil dekabr oyining 15-kunida vafot etgan Qahramon Kamolovga 
tegishli bo‘lgan mulkni uning qizi Surayyo Qahramonovna Rah- 
matova hamda xolis guvohlar - shu mahallada yashovchi fuqarolar 
Shahnoza Karimovna Abdullayeva, Malika Jo‘rayevna Mahmudo­
va, Hamroqul Sattorovlar ishtirokida xatladim.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin