Ishonchnoma
Shaxsiy ishonchnomalarda ham ulam ing amal qilish mud
dati k o ‘rsatiladi. Muddat bevosita
{«...gacha amal qiladi»
deb)
yoki bilvosita
(«... yilningyanvar oyi maoshini olish uchun...»
deb) ko‘rsatiladi. Nafaqa olish uchun berilgan ishonchnoma-
ning amal qilish muddati, odatda, uch oygacha b o‘ladi.
Agar ishonchnoma beruvchi va berilgan shaxslaming har
ikkalasi bir muassasada ishlasa (o‘qisa), pul yoki qimmatdor
buyumlami ishonchnoma bilan olishda ishonch bildirilgan
kishining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, guvohnoma)
ko‘rsatilishi shart emas. Boshqa barcha holatlarda ishonch
noma ko ‘rsatuvchi o ‘z pasporti yoki uning о 4mini bosuvchi
hujjatni ham ko‘rsatishi shart.
Tasdiqlanishiga ko‘ra s h a x s i y i s h o n c h n o m a l a r od
diy va notarial turlarga bo‘linadi. Odatda, ish haqi, nafaqa,
stipendiya, pochta jo ‘natmalarini olish uchun yozilgan oddiy
ishonchnomalar uni yozgan shaxs ishlovchi yoki ta’lim oluv
chi muassasa, o ‘quv yurti rahbarining imzosi va muhri bilan
tasdiqlanadi. N o t a r i a l i s h o n c h n o m a l a r notarial idoralar,
ular bo‘lmagan joylarda shaharchalar, qishloqlar va ovul-
lar fuqarolar yig‘inlarining raislari, oqsoqollari tomonidan
tasdiqlanadigan ishonchnomalardir. Bularga notarial idoralar
rasmiylashtiradigan xilma-xil shartnomalami (masalan, tu-
raijoyni hadya qilish, sotish, merosni o ‘tkazib berish, mulkm
boshqarish, yengil avtomobildan foydalanish, merosga
haqdorlik huquqi haqidagi guvohnoma olish kabilar) amalga
oshirish uchun yozilgan ishonchnomalar kiradi. Shaharchalar,
qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqso
qollari) tomonidan notarial rasmiylashtirilayotgan hujjatlarga
0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi aks ettirilgan, shahar
chalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining nomlari
qayd etilgan muhr qo‘yiladi. Notarial ishonchnomalaming
oddiylaridan yana bir farqi shundaki, ularda hujjat nomidan
keyin uning tuzilgan joyi va sanasi ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: