Ma ’lumot-axborot hujjatlari
Notarial tasdiqdan o‘tadigan ishonchnomalar ham turlicha
mazmunda boiadi. Masalan, mulkni umumiy boshqarish, uy-
joyni sotish uchun, oylik ish haqini yoki nafaqani olish, voris-
lik
huquqi guvohnomasini olish, avtotransport vositasidan
foydalanish va uni sotish, uy-joyni (kvartirani)
sotish yoki
sotib olish, jam g‘armadan pulni olish uchun ishonchnomalar
beriladi. E’tiboringizni ana shunday ishonchnoma namunala-
riga qaratamiz.
M ulkni boshqarish b o (yicha ishonchnoma
namunasi
Jl-ilova
ISHONCHNOMA
Toshkent shahri, ikki ming o‘n sakkizinchi yil
sentyabr
oyining sakkizinchi kuni
Men, Toshkent shahri Shirin ko‘chasidagi 10-uyda yashovchi
Naima Sodiqovna Po‘latova, ushbu ishonchnoma bilan Marg‘ilon
shahri Navoiy ko‘chasidagi 56-uyda yashovchi Botir Valiyevich
Mamatovga mening barcha mol-mulkimni, uning
nimadan iborat
ekanligi va qayerda joylashganligidan qat’i nazar, boshqarishga va
tasarruf etishga vakolat beraman.
U shu vakolatni bajarish yuzasidan qonun bilan taqiqlanmagan
barcha bitimlami tuzish, jumladan, sotib olish, sotish, hadya etish,
hadya sifatida qabul qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish, uy-joy-
lar va boshqa mulklami
garovga olish, tuzilgan bitimlar bo‘yicha
hisob-kitoblami amalga oshirish, merosni qabul qilish yoki undan
voz kechish, barcha shaxslar, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar,
shu jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bo'lin-
malaridan, boshqa banklar, aloqa bo‘limlari va telegraflardan, bar
cha asoslar bo‘yicha, menga
tegishli mulklami, (omonat) pullami,
qimmatdor qog‘ozlar va hujjatlami qabul qilish, mening bankdagi
hisobraqamimdan foydalanish, pochta,
telegraf va boshqa barcha
turdagi xat-xabarlami olish, davlat muassasalari va nodavlat tash-
kilotlarida mening nomimdan menga taalluqli
ishlami olib borish,
Dostları ilə paylaş: