Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020
Ma ’lumot-axborot hujjatlari tamom bo‘lishi; 2) ishonchnoma bergan shaxsning uni bekor
qilishi; 3) ishonchnoma berilgan shaxsning bosh tortishi; 4) no
midan ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to‘xtati-
lishi; 5) nomiga ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyati
ning to‘xtatilishi; 6) ishonchnoma bergan fuqaroning muomalaga
layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan
deb hisoblanishi yoxud uning vafot etishi; 7) ishonchnoma olgan
fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklan
gan yoki bedarak yo‘qolgan deb hisoblanishi yoxud uning vafot
etishi.
Ishonchnoma bergan shaxs istagan vaqtda ishonchnomani
bekor qilishi, ishonchnoma berilgan shaxs esa undan voz ke-
chishi mumkin.
Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlami tuzish uchun
berilgan ishonchnoma, qonunda ko‘zda tutilgan hollardan
tashqari, notarial tasdiqlanishi kerak. Yuridik shaxs nomidan
beriladigan ishonchnoma uning rahbari yoki ta’sis hujjatlariga
binoan vakolat berilgan boshqa shaxs tomonidan imzolanib,
unga ushbu yuridik shaxsning muhri bosiladi; pul va bosh
qa mulkiy boyliklami olish yoki topshirish uchun beriladigan
ishonchnoma, yuqorida aytilganidek, shu yuridik shaxsning
bosh (katta) hisobchisi tomonidan ham imzolanishi kerak.
Yuridik shaxsning talabiga binoan, uning nomidan beriladi
gan ishonchnomalar notarial tasdiqlanishi ham mumkin. Bun
day hollarda ishonchnomani imzolagan mansabdor shaxsning
vakolatlari tekshirilishi kerak.
Yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnomada yuridik
shaxsning to iiq nomi, rahbariy idoraning manzili va ishonch
nomani imzolagan shaxsning mansabi ko‘rsatilishi shart.
14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar nomidan,
shuningdek, sud tartibida muomalaga layoqatsiz deb topil-
gan kishilar nomidan ishonchnomalami ulaming ota-onalari,
farzandlikka oluvchilari yoki homiylari tuzadilar ( 0 ‘zbekis-
ton Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-moddasi).