Ishonchnoma
14 yoshdan 18 yoshgacha bo4lgan
voyaga yetmaganlar
nomidan ishonchnomalar ulaming ota-onalari, bolalikka oluv-
chilari yoki homiylari roziligi bilan tuzilgan taqdirdagina tas
diqlanishi mumkin (Fuqarolik kodeksi, 27-modda).
M ansabdor shaxs bir yoki bir necha shaxs nomidan bir
yoki bir necha shaxsga beriladigan ishonchnomalami tas-
diqlaydi.
Bir necha shaxslar
nomidan berilgan ishonchnoma, agar
unda ko‘rsatilgan harakatlar vakolat beruvchi shaxslardan har
birining emas, balki hammasining bir turdagi manfaatlari-
ga taalluqli bo‘lgandagina tasdiqlanadi (masalan,
bir necha
vorislaming nomidan ulaming meros ishlarini yuritish uchun
ishonchnoma berilishi).
Vakolat beruvchi o ‘zi bergan ishonchnomani bekor qilish
huquqiga ega. Bu holda vakolat beruvchi
shaxs ishonchnoma
qaysi muassasa, tashkilot yoki korxonaga taqdim etish uchun
berilgan bo‘lsa,
shu muassasa, tashkilot yoki korxonaga, ber
gan vakolatlari bekor qilinganini bildirib,
yozma ravishda
ariza yuboradi.
Notarial tasdiqdan o ‘tadigan ishonchnoma ikki nusxada
tasdiqlanadi. Ishonchnoma matnida,
yuqorida aytilganidek,
uning tuzilish joyi va vaqti, vakolat beruvchi va vakolat oluv-
chining ismi, otaismi va familiyasi va yashash joylari to‘liq
hamda aniq ko‘rsatiladi. Vakolat oluvchining yashash joyi
vakolat beruvchining so‘zlariga asosan ko4rsatilishi mumkin.
Avtotransport vositalaridan foydalanish huquqini beruvchi
ishonchnomalarda vakolat oluvchining
yashash joyi uning
hujjatlari asosida ko‘rsatiladi.
Ishonchnomada vakolat oluvchiga berilgan vakolatlar
aniq k o 4rsatilishi kerak. Ishonchnoma uni berayotgan shaxs
tomonidan imzolanganidan keyingina mansabdor shaxs tomo
nidan tasdiqlanadi.
U tuzilib tasdiqlangach, vakolat beruvchi
shaxs qo‘liga beriladi yoki uning iltimosiga ko‘ra va uning
hisobidan vakolat oluvchi shaxsga yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: