Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Xizmat yozishmalari
TELEGRAMMA, TELEFONOGRAMMA
Telegramma
Muhim xabaming telegraf orqali berilgan nihoyatda qis­
qa shakli. U bir muassasadan (yoki shaxsdan) ikkinchisiga 
yo ‘llangan rasmiy hujjat hisoblanadi. Xizmat yozishmalari- 
ning boshqa turlari belgilangan manzilga xabami o ‘z vaqti- 
da yetkazilishini ta’minlay olmasa, uni zudlik bilan yetkazish 
uchun telegrafdan foydalaniladi.
Telegraf yozishmalari faqat turli shahar yoki aholi yashay- 
digan joylardagi muassasa, shuningdek, shaxslar orasida 
b o ‘ladi.
Telegrammaning boshqa ish qog‘ozIaridan farqi uning 
o ‘ziga xos ixchamligi va qisqaligidir. Xizmat telegrammala- 
ri ikki nusxada tayyorlanadi. Birinchi nusxa jo ‘natish uchun 
aloqa boMimiga topshiriladi, ikkinchi nusxa esa korxonaning 
o ‘zida saqlash uchun qoldiriladi.
Telegramma, qoidaga binoan, maxsus bosma ish qo- 
g ‘ozlarida rasmiylashtiriladi. Xizmat telegrammalarining 
matni ko‘pincha odatdagi qog‘ozga bosh harflar bilan ikki 
intervalda yoziladi. Telegramma jo ‘natuvchining manzi­
li, mansabdor shaxsning imzosi va sana kichik harflar bilan 
yoziladi. Q o‘lda yozilganda, harflar yirik-yirik, so‘zlar orasi 
esa aniq va ravshan b o iish i kerak. Telegramma bosma ish 
qog‘ozining yoki oq qog‘ozning faqat bir tomoniga yoziladi.
Telegramma matni «telegraf uslubi» deb yuritiluvchi qis­
qa va siqiq uslubda yoziladi. Unda to‘liqsiz gaplardan keng 
foydalaniladi, sifatlar, ravishlar, yordamchi so‘zlar. tin H i bel-
343


Xizmat yozishmalari
gilari faqat zarur bo4lgandagina, y a’ni ularsiz gapning m az­
muni 
0
‘zgarib ketsa yoki ikki xil m a’noda qabul qilinsagina 
qo'llanadi, boshqa barcha hollarda ular tushirib qoldiriladi. 
Xabami bayon qilishda ixcham so‘zlami tanlash, qisqartma- 
lardan unumli foydalanish lozim. Til birliklarini tejash telegraf 
uslubining eng asosiy talablaridan biridir (1 - 3-ilovalarga qa­
rang).
Telegrammada bir satrdan ikkinchi satrga bo‘g ‘in ko'chi- 
rilmaydi. Xatboshisiz barcha qatorlar to 4ldirib yoziladi. Kun- 
lar va raqamlami so‘z (harf)lar bilan yozish tavsiya etiladi. 
Bir necha raqamdan iborat bo‘lgan murakkab sonlami o ‘zicha 
yozish mumkin.
Telegrammaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Telegramma).
2. Turi haqidagi belgi (hukumat telegrammalari, xalqaro 
telegrammalar, shoshilinch va oddiy telegrammalar).
3. Telegramma yetib borishi zarur b o ig a n joy manzili, uni 
oladigan shaxsning ismi va familiyasi.
4. Matn.
5. Jo‘natuvchi muassasaning qisqacha nomi va matnni 
imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi (imzo emas).
6. Xabar jo ‘natuvchining manzili.
7. M atn kimning nomidan jo ‘natilayotgan bo4Isa, o ‘sha 
shaxsning imzosi.
8. Muhr.
9. Sana.
Telegrammaning matni manzildan ajralib turishi kerak. 
Agar telegramma javob tariqasida yuborilgan bo ‘lsa, matn 
oldidan javob qaytarilayotgan hujjatning shartli raqami (in- 
deksi), matn oxirida esa o ‘z jo ‘natma shartli raqami yoziladi 
(2-ilovaga qarang).
344


Xizmat yozishmalari

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin