346
Xizmat yozishmalari
4-ilova
TELEGRAMMA
SAMARQAND 27 NAVBAHOR 18 MARKAZIY JAM-
G‘ARMA BANKI FILIALI JORIY HISOBLAR BO‘LIMIGA
MEN SOBIR ALIMOV 2621 RAQAMLI 0 ‘Z JORIY HISOBIM-
DAN 6704051 (OLTI MILLION YETTI YUZ TO‘RT MING
ELLIK BIR) SO‘MNI MASHINA TO‘LOVI UCHUN TOSH-
KENTDAGI 0 ‘N TO‘RTINCHI SPORT MAGAZININING
000441523 RAQAMLI MAXSUS HISOBRAQAMIGA 0 ‘TKA-
ZISHINGIZNI SO‘RAYMAN.
Pasport: AS № 0706924
imzo
2015-yil 20-yanvar Samarqand
Toshkent 187 Sadaf ko‘chasi
shahar ichki ishlar bo‘limi
4-uy.
tomonidan berilgan.
(Telegrafchi imzoni
tasdiqlaydi).
Bunday telegrammalami qabul qilishda telegrafchi mual-
lif pasportidagi hamda telegrammadagi qaydlami solishtir-
gach, telegramma jo ‘natuvchining imzosini tasdiqlaydi.
Telegrammadagi manzil pochta manziliga nisbatan ancha
qisqa bo‘ladi va «telegraf manzili» deb yuritiladi. Ba’zi yi-
rik korxonalar shartli telegraf manziliga yoki korxonaning xos
raqamiga ega bo‘ladi. Agar korxona alohida telegraf manzili
ga ega bo‘lmasa, odatdagi manzil ko‘rsatiladi. Adresni mus-
taqil holda qisqartirish mumkin emas.
Yuqori davlat hokimiyati organlariga telegramma yo‘llan-
ganda, faqat ulaming nomi ko‘rsatilib, pochta manzillari
k o ‘rsatilmaydi. Masalan:
0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI,
0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI VAZIRLAR М АН
КАМ A SI.
Telegrammani ko‘zlangan manzilga tezroq yetkazish
uchun unda aloqa bo‘limining tartib raqamini ko‘rsatish shart.
347
Xizmat yozishmalari
Fototelegramma telegram malaming alohida turi bo ‘lib,
texnikaviy axborotlami, chizmalami, grafik va sxemalami
aniq yetkazish uchun xizmat qiladi.
Telefonogramma
Shoshilinch xabaming matnini belgilangan joyga telefon
orqali yetkazishdir. Telefon vositasida b o ‘ladigan bunday mu-
loqot rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qog‘ozining
bir turi hisoblanadi.
Xizmat muomalasining bu turi k o‘pincha bir shahar yoki
tumanda joylashgan muassasalar o ‘rtasida qo‘llanadi.
H ar qanday telefonogramma bir nusxada tayyorlanib, rah-
bar yoki m as’ul shaxs tomonidan imzolanadi, odatda, tayyor
matn asosida yetkaziladi.
Telefonga chaqirilgan kishi telefonogramma berilishi
haqida ogoh etilishi va u qabul qilishga tayyor b o‘lgach, matn
qabul qiluvchi uni yozishga ulguradigan su r’atda bayon qili-
nishi kerak.
Matn bayon qilingach, qabul qiluvchi yozib olingan matn-
ni yetkazuvchiga qayta o‘qib eshittirishi kerak. Har ikki tomon
telefonogramma matni to‘g ‘ri qabul qilinganligiga ishonch
hosil qilgach, qabul qiluvchi telefonogramma berilish vaqti va
sanasini, shuningdek, yetkazuvchining lavozimi, ismi va fa-
miliyasini ko‘rsatishi shart. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchi-
ning ismi va familiyasini, telefonogrammaning berilish sanasi
va vaqtini yozib qo‘yadi (5-ilovaga qarang).
Telefonogramma matnini tayyorlashda mantiqan to ‘g ‘ri
va qisqa (matndagi so‘zlaming soni 50 dan ortmasligi kerak)
boiishiga, murakkab jum lalar yoki juda kam ishlatiladigan
so‘zlar qo‘llanmasligiga e ’tibor berish lozim.
Telefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar
kimga tegishli bo‘lsa, uni telefonogramma mazmuni bilan
tanishtirishi kerak.
348
Xizmat yozishmalari
Telefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Manzil.
2. Hujjatni yo‘llovchi muassasaning nomi.
3. Telefonogrammani yetkazuvchi va qabul qiluvchining
lavozimi, ismi, familiyasi, telefon raqamlari.
4. Qabul qilish vaqti.
5. Nomi.
6. Tartib raqami.
7. Sana.
8. Matn.
9. Imzo chekkan shaxs.
Agar telefonogrammani bir necha joyga yo‘llash nazarda
tutilgan bo‘lsa, unga yetkazilishi lozim bo‘lgan muassasa-
lar nomi va telefon raqamlari ko‘rsatilgan ro‘yxat ham ilova
qilinadi.
5-ilova
Yashnobod tumani hokimligi
________________direktoriga
Yetkazuvchi-yo‘riqchi
qabul qiluvchi-kotiba
Olimov.
Rahimova
Tel: 71-268-25-11.
Tel: 71-267-01-18 soat 16:00
TELEFONOGRAMMA
2014-yil 29-sentyabr
Toshkent
16-son
2014-yil 12-sentyabr kuni soat 15.30 da Yashnobod tumani
hokimligining majlislar zalida qishki mavsumga tayyorgarlik ma-
salasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘ladi. Yig‘ilishda korxona rahbari va
kasaba uyushmasi tashkiloti raisi qatnashishi shart.
Yashnobod tumani hokimligi
kotibi________________________________ L. Soliyev
Telefonogrammani yozib olishda tayyor bosma ish qo-
g ‘ozlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir (6-ilovaga qa
rang).
Xizmat yozishmalari
Dostları ilə paylaş: |