O’qitish jarayonining tuzulishi Alohida tehnik usul va taktik harakatni o’rganish quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
-dastlabki o’rganish;
-chuqur o’rganish;
-mustahkamlash va yanada takomillashtirish.
Har bir bosqich bir qator hususiyatlarga ega bo’lib, shu hususiyatlarni hisobga olgan holda konkkret vazifalar qo’yiladi va o’qitish (o’gatish)ning ratsional uslubikasi tanlanadi.
Dastlabki o’rgatish. Bu bosqichning asosiy maqsadi o’rgatilayotgan ususl yoki harakat asoslarini o’zlashtirib olish.
Konkret bir harakatni uning asosiy variantida bajarish ko’nikmalarini shakillantirishdagi dastlabki urinishlar bosh miya dinamik stereotib hosil qilishga qaratilgan va bosh miya qobig’idagi narv jarayonlarining irradiasiyasi bilan harakterlanadi. Bolalarda ichki tormozlanish yetarlcha rivojlanmagan bo’ladi. Bolalarning hammasi ko’pincha o’rganilayotgan harakatning kinematik va dinamik harakteristikalarining noaniq esga tushirilishiga, uning ritmining beqarorligiga.kerak bo’lmagan qo’shimcha harakatlarga sabab bo’ladi.
Mazkur bosqichning asosiy vazifasi – shug’ullanuvchilargabajarilayotgan harakat va shu harakat asosiy elementlarining yahlit tasvvurini (ko’rish orqali) va harakat sezgisini paydo qilish, harakat ko’nikmalarini shakillantirish hususiyatlarini hisobga olgan holda hal etiladi.
Harakatni dastlabki o’rganish u bilan tanishishdan boshlanadi. Bunga uslublar kompleksi yordamida erishiladi. Og’zaki tushuntirish, va mashq uslublaridan foydalanadi.
Og’zaki tushuntirishda harakatning aniq terminalogik nomi bariladi, uning ahamiyati o’yin sharoitlarida qo’llaniladigan o’rni haqidagi ma’lumotlar aytiladi, bajarish prinssiplari tushuntiriladi. Bolalar diqqat etiborining beqarorligi, hajmi esa kichikligi sababli tushuntirish aniq, qisqa, va obrazli bo’lishi kerak.
Ikkinchi signal sistemasi orqali hosil qilinadigan ko’ruv tasavvurlari ko’rsatmalilikni ta’ minlash uslublaridan foydalanish bilan to’ldiriladi. Bular birinchi signal tizimi orqali ta’sir etish, o’rganilayotgan harakatlarning konkret obrazlarini hosil qilishga yordam beradi. Bevosita namoyish qilish (ko’rsatish) ko’rsatmalilikni ta’minlashning asosiy uslubidir. Namoyish qilish faqat tashqi formasi bo’yicha namunali bo’lishi kerak emas. Harakatning muvaqqat,fazoviy va kuch harakteritikalarini optimal ravishda qayta esga olib boriladi. Bu esa harakatning tez va puhta idrok qilinishini ta’minlaydi.
Harakat sezgilarini hosil qilish uchun mashq uslublaridan foydalaniladi. O’rganilayotgan harakat nisbatan doimiy va soddalashtirilgan sharoitda sharoitda esga tushuriladi. Futbol o’yini tehnikasini o’rgatishda ko’proq yahlit mashq uslubidan foydalaniladi, chunki harakatni bo’laklarga bo’lib yuborish ko’pincha ularning mohiyatini qo’pol ravishda buzishga olib keladi.
Takrorlash meyorini aniqlashda yangi, koordinasion jihatdan murakkab mashqlar yosh futbolchilarda tegishli narv markazlarining charchashiga sabab bo’lishini hisobga olish lozim. Shuning uchun mazkur bosqichda mashlarni sezilarli takrorlash juda samarali bo’ladi. O’rganuvchilar har birida 8-10ta takrorlashi bo’lgan 2-3 seriyali bajaradilar. Seriyalar oralig’idagi intervallar dam olish uchun yetarlibo’lishi kerak. Ulardan zarur fikirlarni aytish va mashni takroriy ko’rsatish uchun ham fiydalanish mumkin. Yangi materialni o’rganish keyingi 3-5 ta dars mobaynida davom ettiriladi.
Chuqur o’rganish. Bu bosqich tehnik va taktik harakatlarning yanada mustahkamlanishi va yanada mustahkamlanishi va o’rganilayotgan harakat detallarining chuqurroq aniqlashtirilahi bilan harakterlanadi. Usul yoki harakatni o’zlashtirib olish jarayonida dastlabki ko’nikmalar takomillashadi, tehnik usullar ham, taktik harakatlar ham to’g’ri, aniq, bemalol bajarila boshlanadi.
Chuqur o’rganish bosqichini shig’ullanuvchilarning harakat sezgilarini ongli ravishda baholay olishi va joyni idrok qila bilishi o’rgatish vazifalarini muvaffaqiyqyli hal qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa mufassal so’zlab berish va suhbat, harakatlarni tushuntirish va chuqurroq tahlil qilish, o’z-o’zini tekshirish va husobotberish va shu kabi og’izaki uslublarni qo’llash imkonini beradi. Bevosita ko’rsatish ko’rsatma qurollar: foto va kinomateriallar, plakatlar, rasimlar, shema va hokazolardan keng foydalanish bilan to’ldiriladi. Harakatning borishi va uning asosiy parametrlari haqida zudlik bilan ahborot berishning hilma- hil vositalari keraklicha samara beradi.
Mazkur bosqichda asosan yahlit mashqlardan foydalaniladi. Bu mashqlar qat’iy bir maqsadga qaratolgan bo’lishi kerak. Bir Hilda (bir hil sharoitda, bir maqsadni ko’zda tutuvchi, harakat parametrlari bir hil) bo’lgan takrorlashlarsoni kamayadi. O’zgaruvchan takrorlashlar soni ancha oshiriladi. Mashq o’rganilayotgan vaziyat sharoitlari almashtiriladi va murakkablashtiriladi. Mashqni bajarish vazifalari o’zgartiriladi. Bu hol harakat formulalari va harakterining ularning fazoviy vaqt va kuch haraktiristikalarini maksimal tezlik va kuch g’ayratga yaqin tezlik va kuch g’ayrat bilan bajarishga urunib ko’riladi. Bunda tehnik va taktik harakatlar bajarilish vaqtida buzulmasligi mo’ljallangan aniqlik esa yo’l qo’yilgan chegarada bo’lishi muhimdir. Bir qolipdagi o’zgaruvchan takrorlashlar nisbati tahminan 30 va 70% ni tashkil etadi.
Harakat amallarining ko’p variantlarda bajarilishi turli hil analizator tizimlarining faoliyatiga oshirilgan talablar qo’yadi va bajarilayotgan harakatlar to’g’risida aniq tasavvurlarni hosil bo’lishiga yordam beradi.
Bir darsdagi takrorlashlar soni oshiriladi. O’rganilayotgan harakat 10-12 daqiqa davomida takrorlanadi, shundan so’ng 3.5-5 daqiqa boshqa mashqlar bajariladi. O’yin mashqlarini boshqa mashq tarzida qo’llash ancha samaralidir. So’ngra yana o’shancha vaqt davomida harakatni ko’p marta takrorlash lozim.
Darslar tizimida chuqur o’rganish katta intervallar bilan olib borilishi mumkin. Bu darsga yangi material kiritish imkonini beradi.
Mazkur bosqichda o’yin va musobaqa uslublaridan keng foydalaniladi, bular alohida emotsional fon yaratadi, mashqlarni ta’sirini kuchaytiradi va o’qitish jarayonini faollashtiradi.
Mustahkamlash va yanada takomillashtirish
Bu bosqichning asosiy vazifasi – o’zlashtirib olingan harakatlarni yanada mustahkamlash va turli hil o’yin sharoitlarida ularni qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish.
Mazkur bosqichda jismoniy tarbiya uslublarining barcha komplekslaridan foydalaniladi. Takomillashtirish bosqichining hususiyatlari “Futbolchilarni tayyorlash uslubiyati” bobida ancha batafsil ko’rib chqiladi.
Ko’p yillik mashg’ulot jarayonidagi tehnik tayyorgarlik
Futbolchining tehnik mahorati u egallab olgan tehnik usullarning hajmi va hilma-hilligi, shuningdek, ularni o’yin sharoitlarida samarali qo’llash bilan harakterlanadi. Futbol o’yini tehnikasi juda ko’p turli usul va usullar yig’indisidan iboratdir. Shuning uchun kam vaqt va kuch sarflab o’rgatish vazifasini hal etish uchun o’rganilayotgan materialni tizimga solish va tehnikaga o’rgatishning izchilligini aniqlash katta ahamiyatga ega.
O’rgatish ishini boshlash va uni optimallashtirish muammosi ko’p jihatdan tushunarlilik asosi bilan belgilanadi. Ammo bu faqat “oddiydan murakkabga”, “osondan qiyiga” uslubiy qoidalardan foydalanishdan iborat bo’lib qolmaydi. Dastlab o’yin olib borishning asosiy usullarini o’ganish zarur.
Nihoyat, yangi harakat ko’nikmalari avval o’zlashtirilgan ko’nikmalar asosida paydo bo’ladi. Shuning uchun turli xil tehnik usul va usullarning o’zaro tibiiy bog’liqligidan va tuzilishi bo’yicha umumiyligidan foydalanish kerak.
Tehnik usullar bilan tanishish va ularni o’rganish jarayonida asosan o’qituvchining mukammal usulidan foydalaniladi. U ko’p yillik mashg’ulotning har bir bosqichi uchun muayyan doiradagiusul va usullar tanlab olishi bilan harakterlanadi. Bular darslar tizimida parallel ravishda:dastlab (tehnika asoslari o’zlashtirib olinguncha ) har bir usul alohida, keyinchalik o’zlashtirilgan boshqa usullar bilan birgalikda o’rganiladi. Shu bilan birga, bir darsda, bir vaqtning o’zida ikki-uchtadan ortiq yangi usulga o’rgatish mumkin emas.
Ko’p yillik mashgulotlarning har bir bosqichida futolchilarning tehnik tayyorgarligi yuzasidan muayyan vazifalar qo’yish ko’pkina omillar: bolalar va o’smirlar rivojlanishning yosh hususiyatlari, jismmoniy sifatlarni tarbiyalash dinamikasi, harakat ko’nikmalarini shakllantirish tizimining hususiyatlari, bosqichlarning qaysi maqsdga qaratilganligi bilan belgilanadi.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida futbol o’yinini yangi o’rganuvchi futbolchilarni tehnik usullarning asosiy guruhlari bilan tanishtirish vazifasi qo’yiladi. Bu vazofaning muvoffaqiyatli hal etilishi shug’ullanuvchilarda futbolga nisbatan qat’iy qiziqish hosil bo’lishiga yordam beradi.
Mazkur bosqichda o’qitish ishi maydonda harakat qilish: yugurish, to’htash, burulish va sakrashning asosiy usullarini o’rganishdan boshlanadi.
Shular bilan parallel ravishda yosh futbolchilar to’pni egallash tehnikasi va buni bajarishning quyidagi asosiy usullarni o’rganadilar:
- to’p tepish (tovonning ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki va o’rta qismi bilan);
- kalla qo’yish (peshonaning o’rta qismi bilan);
- to’pni oyoq bilan to’htatish (tovonning ichki tomoni, oyoqning kafti va son bilan);
- to’pni oyoq bilan olib yurish (oyoq yuzining o’rta va tashqi qismi “qochib qolish” yo’li bilan aldaydigan harakatlar qilish);
- to’pni olib yurish ( hamla qilib, to’pni tepib yuborish);
- yon chiziqdan (turgan joydan) turib to’pni o’yinga tashlash.
Boshlang’ichich sport ihtisoslashuvi bosqichida shug’ullanuvchilar futbol o’yini tehnikasi asoslarini egallab oladilar. Yosh futbolchilar avvalgi bosqichda tanishgan tehnik usullarini ancha chuqur o’rganadilar hamda qolgan usullar va ularning turli hillarini o’rganishga kirishadilar. Darvozabonlar to’pni egallab olish tehnikasining asosiy usullarini: to’pni ushlab olish, urub yuborish va tashlashni o’zlashtiradilar.
Asosli (chuqur mashq qilish bosqichida futbolchilar tehnikani mustahkamlaydilar va uni takomillashtirishda davom etadilar. Turli tuman tehnik usullar bo’yicha mustahkam ko’nikma hosil qilinadi va o’yin sharoitlarida kompleks ravishda va maqsadga muvofiq qo’llanish ko’nikmalarini tarkib toptiriladi.
Butun bosqich davomida shug’ullanuvchilar quyidagi usullar bo’yicha kamolotga erishadilar:
- turli traektoriya va yo’nalishda harakatlanayotgan to’pni hilma- hil usullar bilan to’g’riga yo’nalishini keskin o’zgartirilgan holda tepish;
- to’pni to’tatish va serigiga oshirish;
- topni turli usullar bilan olib yurish;
- aldash harakatlarini bajarish;
- to’pni hujum qilib va oyoqning ostiga qashlanib tepib yuborish yoki to’htatish;
- raqibni yelka bilan turtib to’pni olib qo’yish;
- to’pni turgan joydan harakatda, yiqilayotib, yon chiziqdan o’yinga kiritish.
Darbozabomlar to’pni ushlab olish, urib yuriborish va boshqa tomonga o’tqazib yuborishni ham yiqilmasdan, ham yiqilayotib takomillashtiradilar.
Asosli ravishda mashq qilish bosqichida futbolchilar o’yindagi vazifalariga ko’ra: hujumchi, himoyachi va boshqalar bo’yicha uzul-kesil ( ayrimhollarda bir oz vaqtliroq yoki keyinroq) ihtisoslashadilar. Shuning uchun takomillashish jarayonini futbolchilarning o’yindagi vazifalariga nisbatan alohida – alohida olib boorish kerak.