2.3 Ko’p yillik mashg’ulot jarayonida taktik tayyorgarlik Idrok, diqqat, tafakkur, hotira kabi ruhiy jarayonlarning juda yahshi jismoniy, ahloqiy-irodaviy, nazariy va ayniqsa, tehnik tayyorgarlik bilan birgalikda yuqori darajada rivojlanganligi taktik tayyorgarlik asosini tashkil etadi.
Futbolchilarning o’yin faoliyti sharoitlarida yahshi mo’ljal (oriyentir) olish va taktik jihattan to’g’ri qaror qabul qilish qobilyati ko’p jihattan tehnik usullarni maqsadga muvofiq ravishda qo’llash, ya’ni ularning tehnik qurollanganligi bilab belgilanadi. Shuning uchun yosh futbolcji tehnik usullarni muntazam takomillashtira borib juda ko’p muqdordagi harakat ko’nikmalarini egallab olgandagina, yahshi taktik tayyorgarlikka erishish mumkin. Oyinnchining tehnikm mahorati yo sheriklari bilan hamkorlikda, yoki individual ravishda istalgan taktik g’oyaning amalgam oshirilishini ta’minlashi kerak. Har bir futbolchining taktik jihatdan yuqori individual tayyorgarligi butun jamoa taktikasining samarali bo’lishini belgilab beradi.
Yosh futbolchilar bilan o’tkaziladigan har bir o’quv mashg’uloti bosqichi muayyan yo’nalishga va tegishli o’quv materiallariga ega bo’lishi kerak.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida asosiy vazifa o’yinda fikr yurutish qobilyatini tarbiyalash va futbol o’yini jarayoniga qiziqish uyg’otishdan iborat. Mashg’ulotlarda murakkab riyaksiya teligi, mo’ljal olish, idrok, mustaqillik jamoada ish ko’ra bilish ko’nikmalarini rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan mashqlar bajariladi. O’yinda fikr yurutish qobilyatini tarbiyalash uchun o’yin faoliyati harakteriga ko’ra futbolga yaqin bo’lgan harakatli o’yinlardan keng foydalaniladi. Harakatli o’yinlar raqib “ta’qib”idan qutilish va joyga chiqish, o’z vaqtida to’p oshirish, hujum yoki himoya vaqtida tezlik bilan qulay vaziyatni egallsh ko’nikmalarini tarbiyalaydi. Taktik tayorgarlikda harakatli o’yinlardan foydalanish to’pni egallab olishning murakkab tehnikasi yo’qligi bilan ham belgilangandir. Bu shug’ullanuvchilarning diqqat – etibori o’yin jarayonini tushunib olishga qaratiladi, juda ko’p vaziyatlarda mustaqil qaror chiqarib olish imkoni yuzaga keladi. O’yinlarda va himoyadagi injividual hamda eng oddiy guruhli harakatlar tarbiyalanadi. O’yinchining”ochilishi”va “yopilishi”kabi taktik harakatlarni, eng yahshisi, basketbol yoki gandbol o’yinida o’rgangan ma’qul.
Murabbiy o’yin mohiyatini to’g’ri tushinish hissini tarbiyalash to’g’risida g’amho’rlik qilishi, qabul qilingan xar bir noto’g’ri qarorni e’tibordan chetga qoldirmasligi, bajarilgan harakatga baho brrishi kerak. Shuning uchun mazkur bosqichdagi har bir mashg’ulot mazmuning asosiy yo’nalishi – o’yinni olib boorish tajribasini egallash av uni to’ldirib borishdan iborat.
Boshlang’ich sport iqtisoslashuvi bosqichi taktik tafakkurni (o’yinchining taktik jihatdan fikr yuritish qobilyatini ) rivojlantirishni hamda asosiy individual va guruhli taktik harkatlarni o’rganishni nazarda tutadi. Mashg’ulotlarda quyidagilar:
- nazariy bilimlar, ko’nikma va malakalar zahirasini kengaytirish;
- o’zlashtirilayotgan bilim, ko’nikma va malakalarni doimo o’zgaruvchan o’yin sharoitidagi ijodiy imkoniyati e’tiborga olinish kerak.
Mashg’lotlarda sport o’yinlari taktikasining umumiy asoslarini o’rganishga, futbol o’yini taktikasini, o’yinchilarni individual va guruh harakatlarini qarab chiqishga katta o’rin beradi. Shu maqsadda futbolchining mustaqil ish olib borishida mavjud barcha formulalardan, taaktik tayyorgarlikning nazariy asosini yararishga yordam beruvchi formulalardan (adabiy manbaalar, kinomateriallar, shahsiy kuzatishlar v.b) foydalaniladi. O’yin qoidalarini o’rganish hamda individual va guruh harakatlarini tashkil etishda ularni hisobga olish lozim.tanishish asosida qoidalarni, rasm, shema, maketda aks ettirilgan o’yin vaziyati vahokazolar bilan to’ldirib tushuntirish, ularni qo’llashga oid amaliy musollar keltirish foydalidir.
Asosiy taktik harakatlarni o’rganish jarayonida taktik tafakkur shakllantirilar ekan, asosiy etibor qabulqilingan taktik rejani amalgam oshirish uchun o’yin olib borishning shug’ullanuvchilar qabul qilgan muayyan vositalarini va usullarini maqsadga muvofiqligini tahlil qilishiga qaratilgandir.
Hujum va himoyaning doimo o’zgaruvchan sharoitlarda konkret individual va guruhli harakatlarga alohida etibor berib bajariladigan mashqlar ham o’rganiladi.
Ayrim o’yin vaziyatlarini ijobiy hae etish qobilyati o’yinchilarning eng muhim malakasi hisoblanadi. Bu malakani rivojlantirish boshlang’ich sport ihtisoslashuvining asosiy vazifalaridan biridir.
Jiddiy mashq qilish bosqichidagi taktik tayyorgarlik o’zlashtirib olingan individual va guruli harakatlarga alohida etibor bergan holda olib boriladi. U futbolchilarning kombinatsion o’yin olib boorish qobilyatini takomillashtirishga qaratilgan bo’ladi.
Jamoada taktik harakatlarni takomillashtirishga katta etibor beriladi. Har bir o’yinchi jamoada qanday o’rin egallashiga qarab o’z taktik harakatlarini takomillashtiradi. Mashqlarga ham hujumchi, ham himoyachi harakatlari kiritiladi. O’z-o’zini tahlil qilish qobilyatini, vujudga kelgan o’yin sharoitida to’g’ri yo’l topa bilish, o’yin vaziyatini harakterlovchi ko’p sonli momentlardan eng muhimini ajiratib olish ko’nikmalarini tarbiyalash juda muhimdir.
Jismoniy tayyorgarlik hususiyatlari.
Yosh futbolchilar bilan ishlashda dastlabki tayyorgarlik bosqichida ularning har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni egallashga, sog’lig’ini mustahkamlash va mutanosib rivojlanishiga, hilma-hil ko’nikma va malakalarni egallab olishiga, futbol o’yinini tehnikasi va taktikasining boshlang’ich asoslarini o’rganishga qaratilgan vositalar kompleksidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Jismoniy tayyorgarlikning bu vaqtdagi vqzifasi, avvlo, yosh futbolchilarning harakat funksiyalarini (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillik), shuningdek o’z harakatlarini vaqt oralig’ida (havoda va mushqklarning zo’r berishi darajasiga ko’ra boshqara bilish harakat funksiyasining asosiy kompanentlaridir)
XULOSA Mavzu bo’yicha qayt etilgan adabiyotlar taxlili shu narsani e`tirof etishga imkon beradiki, malakali futbolchilarni tayyorlashda o’yinni o’rgatish uslubiyati va ularni turli o’yin mashg’ulotlarni ixtisoslashgan turlari shu malakalarni samarali ijro etishda muxim axamiyatga ega ekan. Dastlabki o’rgatish bosqichida endigina shug’ulanayotgan yosh futbolchi bolalar mashg’ulotlarida sakrash va tezkorlik sifatlari hamda tana muozanati turg’unligini rivojlantiruvchi aylanma tezlanish mashqlari etarli darajada qo’llanilmasligi aniqlandi. Binobarin mazkur malakaviy bitiruv ishiga tanlab olingan mavzu haqiqatdan ham dolzarb ekanligi o’z ifodasini topdi.
Yuqori malakali futbolchilarga o’yinni o’rganishning dastlabki o’rgatish bosqichida shug’ullanayotgan yosh sakrovchanligini qiyoslash bosqichida shug’ullanayotgan yosh bolalar tezkorligiga qiyoslash maqsadida o’tkazilgan tekshiruvlar natijalari shuni ko’rsatdiki katta yoshdagi mahoratli futbolchilarning rasmiy musobaqa o’yinlari davomida barcha o’yin malakalarini ijro etish uchun bajarilgan xarakatlar miqdorini tashkil etdi.
O’yin malakalar samaradorligi esa aksariyati hollarda 50 % dan ham ortmoqda. Yosh futbolchilarni tanlab olishda mashg’ulotlarni tashkil etish o’rgatish boqichlaridanoq shakllantira borish o’ta dolzarb va muhim masala ekanligi ortiqcha isbot talab qilinmoqda.
Futbol bilan shug’ulanishni endigina boshlagan 15-16 yoshli bolalarda tezkorlik sifatlari etarli darajada taraqqiy etmaganligi hamda yugurish ko’nikmalari deyarli shakllanmaganligi ko’zatildi. Joydan turib yugurib kelib balandlik sakrash natijalari orasidagi farq juda kam.
Sport tayyorgarligi nazariyasi va amaliyotida taktik tayyorgarlik deganda, sportchining o'ziga xos xususiyatlarini va individual xususiyatlarini, raqiblarning imkoniyatlarini va yaratilgan tashqi sharoitlarni hisobga olgan holda sportchini raqobat yo'nalishini to'g'ri tashkil etish qobiliyati tushuniladi.
Texnik va taktik mahorat futbolchiga tegishli bo'lgan texnik texnikaning hajmi va ko'p qirraliligi, shuningdek ushbu texnikani o'yin muhitida samarali qo'llash qobiliyati bilan tavsiflanadi. Texnik va taktik harakatlar sport o'yinlarida o'yin o'tkazish vositasi bo'lganligi sababli, texnologiyalarni o'qitish va uni takomillashtirish bilan birga taktikani o'rganish maqsadga muvofiqdir. Sportchilar va geymerlarning uzoq muddatli mashg'ulotlarida texnik va taktik tayyorgarlikni yaxlit jarayon sifatida ko'rib chiqish kerak.