Davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi



Yüklə 236,94 Kb.
səhifə3/13
tarix07.01.2024
ölçüsü236,94 Kb.
#208629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
TANGATOV NAVRUZ ANVAROVICH

Afzalliklar

Kamchiliklar

Texnik harakatlarni yuqori darajada egallash taktik harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishga yordam beradi.

Texnik harakatlarni yuqori darajada egallamaslik xujumlarni yakunlashga to’sqinlik qiladi.

Texnik harakatlarni to’g’ri bajarish orqali jamoada to’pni o’zida saqlab turishiga yordam beradi.

Taktik kombinatsiyalarni uyushtirishda ko’pgina qo’pol xatoliklar sodir etiladi.

Texnik harakatlarning yuqori darajada bo’lishi o’yinchiga maydonning turli zonalarida harakat qilishiga imkon yaratadi.

Texnik harakatlarni mukammal egallamaslik sherigiga to’pni aniq etkazib berishdagi kamchiliklar yuzaga keladi.

Texnik harakatlarning yuqori darajada bo’lishi o’yinchiga raqib bilan kurashishda
o’ziga bo’lgan ishonchi yuqori bo’ladi.

Texnik harakatlarni yuqori darajada egallamaslik raqibdan to’pni olib qo’yishdagi holatlari vujudga keltiradi.

Kompleks mashg’ulot
Kompleks mashg’ulotlar yillik sikl mashg’ulotlarining hajmida birinchi o’rinda turadi. Bu mashg’ulotlar barcha tayyorgarlik turlari rivojlantirishini oshirish vazifalarini bajaradi2.
Kompleks mashg’ulotlarda tayyorgarlik turlarining uyg’unligi:

  • jismoniy, tehnik, taktik;

  • jismoniy, tehnik;

  • tehnik- taktik;

Tematik mashg’ulot.
Tematik mashg’ulotlar yillik sikl mashg’ulotlarining umumiy hajmida kamroq vaqtni qamrab oladi. Ammo ular tayyorgarlikning turli bosqichlarida o’z orniga ega bo’lishi lozim:

  1. jismoniy tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulot. Mashg’ulot mazmuni umumiy va mahsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan iborat. Jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarining ko’p qismi tayyorlov davrida o’tkaziladi.

  2. tehnik tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulotlar o’yinning barcha tehnik usullarini o’ziga qamrab oladi. Tehnik elementlarga o’rgatish va takomillashtirish bilan bog’liq mashg’ulotlar barcha tayyorgarlik davrlarda olib boriladi.

  3. taktil tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulotlar individual, guruhli va jamoaviy taktik harakatlarga o’rgatish va takomillashtirishga yo’naltirilgan mashqlar yig’indisidan iborat bo’ladi.

Taktik tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulotar tayyorlov davrida (mahsus tayyorlov, musobaqa oldi) va musobaqa davrida o’tkaziladi. Taktik tayyorgarlikka o’rgatish bosqichida mashg’ulotlar maydonda harakat qilish va mashg’ulotning nazariy qismiga bog’liq hilma-hil mashqlarni o’z ichiga oladi, ammo taktikani takomillashtirish u uzluksiz o’yin tehnikasiga bog’liq mashqlardan iborat bo’ladi. Shunday qilib, takomillashtirish bosqichida taktika bo’yicha mashg’ulotda qiyin tehnik usullarni qo’llamasdan iloji yo’q, bundan mashg’ulotni tehnik-taktik deb atash mumkin.

Yüklə 236,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin