Davlat universiteti


-jadval Xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» reyting bahosini olgan banklar



Yüklə 165,77 Kb.
səhifə10/11
tarix08.05.2023
ölçüsü165,77 Kb.
#109776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Invеstisiyaga talab funksiyasi. Bank fоiz stavkasi va kutilayotgan sof foyda normasi

4.1 -jadval
Xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» reyting
bahosini olgan banklar


«Mudis»

«Fitch reyting»

«Standart end Purs»

TIF Milliy bank Ipoteka-bank
G’alla-bank
Aloqabank
Turonbank
Kredit standart bank

O’zsanoatqurilishbank Paxtabank
Asakabank
Hamkorbank
Ipak yo’li bank

TIF Milliy bank Kapitalbank

2008 yilda tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish, barqarorligini ta’minlash, investitsiya jarayonlarida ishtirokini yanada kengaytirish, ularning erkinligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.


Bu borada ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining jami kapitali 2007 yilga nisbatan 40,0 foiz ortib, 2 trln. 104 mlrd. so’mdan oshib ketdi
So’nggi yillarda mutlaq summada O’zbekiston tijorat banklari umumiy kapitalning o’sishiga nisbatan umumiy aktivlarning anchayin jadal sur’atlar bilan dinamik tarzda o’sishi ham kuzatilgan.
Tijorat banklari aktivlarining o’sishi asosan banklar kredit mablag’larining sur’ati hisobiga ta’minlanayotir. Agar banklarning kreditlari 2000 yilda bor yo’g’i 982,9 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2004 yilda 3 trln. 409 mlrd. 800 mln so’mga etdi. 2005 yilda 2004 yildagiga nisbatan bank kreditlari 443,5 mln. so’mga ortdi va 3 trln. 853 mlrd. 300 mln. so’mga etdi. . (1-chizma). 2007 yilda banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga berilgan kredit qoldiqlari 19,2 %ga oshdi va 2008 yilning 1 yanvari holatiga ko’ra 4757,4 mlrd. so’mni tashkil qildi. Shu bilan birga tijorat banklarining real sektorga bergan kreditlari miqdori 377, 13 mlrd. so’mni tashkil qildi. Bank kreditdarining o’sishi banklarning o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar hisobiga ta’minlandi.
Solishtirma vazn bo’yicha kreditlar tijorat banklari aktivlarining tarkibida birinchi o’rinni egillaydi.
Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab quvvatlashni kengaytirish maqsadida kichik biznes sub’ektlariga 743,7 mlrd. so’m miqdorida mablag’lar ajratildi., bu 2006 yilga nisbatan 36 %ga ko’pdir. Shu bilan birga kichik biznes sub’ektlariga berilgan mikrokreditlar hg’ajmi 2006 yilga nisbatan 70 %ga o’sdi va 110 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Birgina 2008 yilda xo’jalik sub’ektlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 1 trln. 534 mlrd. so’m miqdorida investitsion kreditlar ajratildi.
O’tgan yili banklar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar miqdori 2007 yilga nisbatan 68,2 foiz oshib, 1 trln. 251 mlrd. so’mni tashkil etdi. Agar aktiv amaliyotlari bo’yicha tahlil etilsa, 2005 yilda bank aktivlarining keskin o’sishi depozitlar hajmining kengayishi hisobiga yuz berdi. Agar 2000 yilda bank depozitlari hajmi 273,3 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa 2004 yilda 1523 mlrd. so’mga etdi. 2004-2005 yillar uchun depozitlarining o’sishi 33,1mln. so’mni tashkil qildi.
O’zbekiston tijorat banklarining depozitlari dinamik o’sish xususiyatiga ega. Qisman, bu aholi jamg’armalariga mablag’ tushumlarining o’sishi bilan izohlanadi. 2006 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, mamlakat tijorat banklaridagi aholi mablag’lari 449,5 mlrd. so’mni tashkil etdi, bu 2004 yildagigi nisbatan 39,2 foizga oshiqroqdir. 2006 yilning 9 oyi davomida esa tijorat banklaridagi aholi omonatlari qoldig’i 190 mlrd. so’mga, yoki 42,4 foizga oshib 1 oktyabr holatig ko’ra 640 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish doirasida tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalangan holda elektron hisob-kitob qilish tizimi kengaytirildi. Natijada, joriy yilning 1 yanvariga kelib, muomalaga chiqarilgan bank plastik kartochkalari soni 3,7 mln.taga, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalarida o’rnatilgan terminallar soni esa 17,8 ming donaga etdi.



Yüklə 165,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin