2. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar.
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib kutilayotgan sof foyda me’yori hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o’rtasida teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof foyda me’yori (KSFM) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor.
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmaydi.
Misol uchun, zavodga 100000 so’mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qo’llashdan zavod 10.000 so’m sof foyda olgan bo’lsin. Kutilayotgan sof foyda me’yori quyidagicha aniqlanadi:
KSFM q 10000 G’ 100000 x 100 q 10%. Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16 foizga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12 foizni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi.
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillarga quyidagilar kiradi:
1. Soliqqa tortish darajasi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar;
3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori;
4. Investorlarning kutishi;
5. Yalpi daromadlarning o’zgarishi.
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi KSFMning (real foiz stavkasi o’zgarmagan sharoitda ham) ko’payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga sabab bo’ladi.
Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini akselerator modeli aks ettiradi: I q f(Y) Investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funktsiyasi deb qaralar ekan, akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: I q IrejaQ γY bu erda: