Invеstisiyaga talab funksiyasi. Bank fоiz stavkasi va kutilayotgan sof foyda normasi
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy zahiralash me’yori
Amal qilish sanasi
Muddatsiz va muddati 3 yilgacha bo’lgan depozitlar bo’yicha
3 yildan ortiq muddatli depozitlar bo’yicha
Xorijiy valyutadagi depozitlar bo’yicha
01.06.1996 y. gacha
30%
10%
0%
01.06.1996 y.dan
25%
10%
0%
01.12.1997 y.dan
20%
10%
0%
01.03.2000 y.dan
20%
20%
0%
04.07.2004 y.dan
20%
20%
0%
01.02.2005 y.dan
15%
15%
5%
01.09.2007 y.dan
13 %
13 %
13 %
01.11.2008 y.dan
15%
15%
15%
Manba: Ekonomika Uzbekistana., Informatsionno-analiticheskiy byulleten za yanvar-mart 2005., 2005.-iyun., s.13.
“O’zbekiston Iqtisodiyoti”. 2008 yil uchun axborot - tahliliy byulleteni. T.: 2009. avgust., 22- b.
Bunday pasayish pul multiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta iqtisodiyotda pul taklifining ko’payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha zahiralarining ko’payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko’paytiradi va bu iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Pul-kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko’pincha bir necha vosita birdaniga qo’llanilishi, ya’ni kompleks siyosat o’tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Xo’sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko’rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o’sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo’lgan talabni oshiradi va o’z navbatida, YaIM miqdorining ko’payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda o’z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to’xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.