Davlat unversiteti


SUVNING DINAMIK QOVUSHQOQLIGI KIMYOVIY



Yüklə 276,5 Kb.
səhifə4/9
tarix23.05.2023
ölçüsü276,5 Kb.
#120960
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Hajmy analiz usullari yordamida sizot suvlari tarkibidagi kalsiy va magniy ionlarini miqdorini aniqlash

SUVNING DINAMIK QOVUSHQOQLIGI KIMYOVIY

XOSSALARI

Suyuqlikning bir qismi harakatiga, uning ikkita qismi ko’rsatadigan qarshilikni suyuqlikning qovushqoqligi deyiladi. Suvning bu xossasini uni g’ovak muhit (masalan, qum) orqali filtrlashda ahamiyati juda katta. Suvning 00C da dinamik qovushqoqligi – 1,789 cpz.ga, 1000C dagisi esa 0,282 cpz.ga teng. Suvning nisbiy qovushqoqligi uning bosimi bilan quyidagicha bog’lanishda.



Bosim, atm

Qovushqoqlik

00C dagi

750C dagi

1
2000
6000
8000

1
0,957
1,317
muz

0,222
0,258
0,367
0,445

Suyuqlikning sirtini 1 sm2 kattalashtirish uchun sarflash zarur bo’lgan ish shu suyuqlikning sirt tarangligi koefisenti deyiladi. Suyuqlikning sirt tarangligi δ bilan ifodalanadi. Uni erg/sm2 yoki bilan ifodalash ham mumkin.


Suvning 200C dagi sirt tarangligi 72,51 ga teng.
Suv reaksiyaga ancha yaxshi kirishadigan modda hisoblanadi. Odatdagi sharoitda u ko’pchilik asoslar va kislotali oksidlar, yer metallari bilan o’zaro ta’sirlashadi.
H2O + K2O = 2KOH
H2O + SO3 = H2SO4
2H2O + 2Rb = 2RbOH + H2
2H2O + Ca = Ca(OH)2 + H2

Suv juda ko’p xil birikmalar tarkibiga kiradi. Ularni gidratlar deyiladi.


H2O + H2SO4 = H2SO4 . H2O
H2O + NaOH = NaOH . H2O
10H2O + Na2CO3 = Na2CO3 . 10H2O
5H2O + CuSO4 = CuSO4 . 5H2O
Suvni bog’lovchi birikmalarni quritgichlar sifatida ishlatiladi. Boshqa qurituvchi moddalarga P2O5, CaO, BaO, metall xolidagi Na, shuningdek silikagelni misol qilib ko’rsatish mumkin. Chunki silikagel amorf qumtuproq bo’lib, natriy metasilikatdan olinadi:
Na2SiO3 + 2HCl = 2NaCl + H2SiO3
H2SiO3 = H2O + SiO2
Silikagelning yuzasi katta bo’ladi, shuning uchun ham namni yaxshi adsorbilaydi.
Kuchli qizdirilgan temir ustidan suv bug’i o’tkazilsa, temir suv molekulasidagi vodorodni qaytaradi va o’zi oksidlanadi:
3Fe + 4 H2O Fe3O4 + 4H2
Suv ba’zi metalmaslar bilan ham reaksiyaga kirishadi:
C + H2O CO + H2
Cho’glangan suv bug’i
ko’mir
Aktiv metallarning oksidlari suv bilan birikib, asoslar hosil qiladi:
Cl2 + H2O HCl + HClO
Aktiv metallarning oksidlari suv bilan birikib, asoslar hosil qiladi:
CaO + H2O Ca(OH)2 + Q
O’zgarmas elektr tok yoki yuqori temperatura (20000C) suvni parchalaydi:
2H2O 2H2 + O2 – Q
Suvning yana bir muhim xossalaridan biri, u turli xil reaksiyalar tezligini oshiradi.
Ximiyaviy reaksiyalarning tezligini o’zgartiruvchi moddalar katalizatorlar deyilishi ma’lum. Katalizatorlarga suv ham kiradi.
Ma’lumki, temir havoda zanglaydi, plavik kislota shishani yemiradi, natriy va fosfor havoda tezda oksidlanadi, xlor metallar bilan aktiv ta’sirlashadi.
Bularning barchasida suv katalizator vazifasini bajaradi. Agar nam bo’lmasa bu reaksiyalarning hech qaysisi bormaydi. Temir quruq havoda zanglamaydi, plavik kislota temir sisternalarni erita olmaydi. Tuzlarning suv ishtirokida parchalanishi gidroliz deyilishini bilamiz:

CH3COONa + H2O CH3COOH + NaOH


NH4Cl + H2O NH4OH + HCl
CH3COONH4 + H2O CH3COOH + NH4OH
Vodorod va kislorod bir necha izotoplarga ega. Vodorodning 3 ta izotopi ma’lum: protiy H, deyteriy D va tritiy T. Tritiy yadroviy yemirilishida hosil bo’ladi. D – deyteriyning tabiiy vodorod izotoplari aralashmasida 0,014 – 0,015 % ni tashkil qiladi. Kislorodning tabiatda 3 ta izotopi uchraydi: 16O, 17O, 18O; Bu izotoplarning tabiiy aralashmadagi nisbati quyidagicha: 2670 : 1 : 5.
Tabiiy suv quyidagi molekulalar aralashmasidan iborat bo’ladi:
H O, H O, H O, HD16O, HD17O, HD18O,
D O, D O, D O.
D O, D O, D O izotoplarni tutuvchi suvlarni og’ir suv deyiladi. Tritiy izotopi bor suvlar esa eng og’ir suvlar hisoblanadi. Og’ir suv fizik xossalari jixatidan oddiy suvdan farq qiladi, buni quyidagi taqqoslashdan ko’rish mumkin:




D2O

H2O

Molekulyar massa

20

18

200C dagi zichligi, g/sm3

1, 1005

0,9982

Kristallanish temperaturasi, 0C

3,8

0

Qaynash temperaturasi, 0C

101,4

100

Og’ir suv bilan boradigan barcha ximiyaviy reaksiyalar oddiy suv bilan boradigan reaksiyalarga nisbatan sekinroq boradi. Shu sababli odatdagi suv uzoq vaqt elektroliz qilinganda elektrolizyorda og’ir suv to’planadi. Og’ir suv yadro rektorlarida neytronlarni sekinlatuvchi sifatida ishlatiladi.





Yüklə 276,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin