Davlat unversiteti



Yüklə 276,5 Kb.
səhifə2/9
tarix23.05.2023
ölçüsü276,5 Kb.
#120960
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Hajmy analiz usullari yordamida sizot suvlari tarkibidagi kalsiy va magniy ionlarini miqdorini aniqlash

MAVZUNING DOLZARBLIGI. Dunyoda aholi sonining tez o’sishi va urbanizatsiya jarayoni, sanoatning rivojlanishi, qishloq xo’jaligi ekin maydonining, asosan sug’oriladigan yerlarning kengayishi natijasida chuchuk suvga bo’lgan talab ortib, suv havzalari ifloslanib borishiga sabab bo’lmoqda. Shu sababli suv resurslaridan foydalanishning yangidan-yangi yo’llarini tezkorlik bilan izlab topish, suv resurslarini ifloslanishdan saqlash va qayta tozalash chora – tadbirlarini ko’rish sifatini tekshirish ustidan qattiq nazorat o’rnatish hozirgi davrning talabidir.
Suv – eng bebaho ne’mat bo’lib, tabiatda juda ko’p tarqalgan modda hisoblanadi va tiriklik manbaidir. Adabiyotlardan ma’lumki planetamizda taxminan 1,8 milliard km3 suv mavjud bo’lib, shundan 1330 mln.km3 dunyo okeanlariga to’g’ri keladi. Ammo bu suvlar eritmalar hisoblanib, unda tuzlar, gazlar, kalloidlar va ko’pchilik ionlar erigan bo’ladi. Shu sababli, suvning kimyoviy tarkibini o’rganish va tavsiflash, uning yaroqliligini yoki zararligini ba’zi bir foydali qazilma boyliklarini qidirishda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi davrga kelib, butun dunyoda ichimlik suv bilan aholini ta’minlash global masala bo’lib turgan paytda, yangi suv resurslarini topish va uning tarkibini o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi.
Gidrogiologiya va gidrologiyaning muhim qismi bo’lgan gidrokimyo oldida yangi toza suv manbalarini izlash, tabiiy suvlarni ichishga yaroqligini, tez va oson, kam mablag’ sarf qilish usullarini ishlab chiqish masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Bundan tshqari shifobaxsh, texnik maqsadlarda ishlatiladigan, chorvachilikka yaroqli qishloq xo’jaligida sug’orishga yaroqli suvlarni izlash va uning ximiyaviy tarkibini o’rganish, gidroximiyaning kun tartibiga qo’yilgan.
Yuqorida ta’kidlangan masalalarni hal etish, kelajak avlodga toza suv va havoni qoldirish har birimizning yuksak burchimizdir.
MALAKAVIY ISHNING MAQSADI. Hajmiy (titrimetrik) analiz yordamida juda katta ilmiy masalalarni hal etib bo’lmasada, lekin analiz natijalari tez talab etiladigan labaratoriyalarda, dala labaratoriyalarida keng qo’llanib kelinmoqda. Shunga asosan, talabalarda titrlash mahoratini oshirish, analiz uchun kerak bo’ladigan eritmalarni tayyorlash mahoratini oshirish, analiz uchun kerak bo’ladigan namunalarni olish va alikvat eritmalar olish texnikasini mukammalroq o’rganish bitiruv malakaviy ishining maqsadi hisoblanadi. Kalsiy va magniyni titrimetrik usulda aniqlashda kompleksonlardan foydalanganligimiz sababli, ularni nazariy jihatdan o’rganish va amaliyotda qo’llanishi sohasini o’rganish va shuning asosida yer osti suvlari tarkibini asosini tashkil etuvchi kalsiy va magniyni miqdorini aniqlash, olingan natijalarni esa PHiga, solishtirma og’irligiga, quruq qoldiqlar nisbatan qiyosiy o’rganish ham bitiruv malakaviy ishining maqsadidir.

Yüklə 276,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin