67
Burni hech bir munaqqidg‘a berishmaslik mutanosib, har
zamon uyalish tabassumiga hozir turg‘an
nafis irinlarining
yuqorig‘i qismida sezilar-sezilmas tuklar ko‘kargan edi. Yuzi
cho‘ziq ham emas, oy kulcha ham deb bo‘lmas, kishiga kulib
qarag‘anda qizil olma ostlarida ikkita
zamma ravishlik shakl hosil
bo‘lar, go‘yo bizga chin ra’no guli ochilg‘an holatda ko‘rinar
edi. Sochlari juda quyuq, sanoqsiz kokillar Ra’noning orqa,
o‘ngini tutib yotar, qaddi uzunliq bilan qisqaliqning o‘rtasi,
do‘ndiq barmoqlarining jimjilog‘ida
xina gullari, har holda
bu qiz yolg‘iz Qo‘qonningg‘ina emas, umuman, Farg‘onaning
kuylarga qo‘shulib maxtaladirgan go‘zallaridan edi.
A. Qodiriy, «Mehrobdan chayon» romanidan.
b) savollarga javob bering:
1. Matn qanday nutqiy vazifani bajarishga qaratilgan?
2. Matndagi uyushiq va ajratilgan gap bo‘laklari nimaga
xizmat qilgan?
3. Matnda qanday tasviriy vositalar qo‘llangan?
4. Nima uchun matnda belgi-xususiyatni ifodalovchi so‘zlar
ko‘proq?
5. Matnda modal so‘zlar qanday maqsadda qo‘llangan deb
o‘ylaysiz?
Dostları ilə paylaş: