64
MATN TURLARI VA TARKIBI
♦
Matn turlari
♦
Dialogik matn
♦
Tavsifiy matn
♦
Matnni qisqartirish yo‘llari
♦
Matnni kengaytirish yo‘llari
♦
Matnga xos so‘zni tanlash
♦
Matn tuzish
52- topshiriq. Matn namunalarini o‘qib, mazmuni va tuzilishiga
ko‘ra farqlanishini tushuntiring.
I. – Bizga yuborgan kitoblaringizni oldik, —
dedi Navoiy-
ga Badiuzzamon. — Iltifotingiz uchun tashakkur. Sizning
ash’oringiz va Jomiy hazratlarining asarlari mutolaasidan
ko‘nglimiz safoga to‘ldi.
– Inson ruhi
uchun haqiqiy zavq mutolaadir, — dedi
Navoiy qiziqib. – Ammo yolg‘iz ash’or o‘qimoq kifoya qil-
mas. Tarix! Tarixni ko‘zdan kechirmadingizmi?
– Ko‘ngil ash’orga ko‘proq moyil bo‘ldi. Fursat bo‘lsa,
tarixni ham boshlagumdur,— javob berdi Badiuzzamon.
– Men sizga tarixga oid kitoblarni qasddan ko‘p yubor-
gan edim.
Balki xabaringiz bordir, otangiz podshoh hazrat-
lariga ham hamma vaqt tarix o‘qimoqni tavsiya qilamen. Dav-
latning butun mas’uliyati sizlarning zimmangizdadir. Obo-
donlik yoki inqiroz sizlarning tadbir va harakatingizga bog‘liqdir.
Shuning uchun siz tarix oynasiga qarab turmog‘ingiz kerak...
Oybek, «Navoiy» romanidan.
II. «Buyuk xizmatlari uchun» ordenini qo‘limga olib qaray-
man. «Buyuk» so‘zini o‘qiganimda yetmish yetti yillik g‘ubor-
larim tarqab ketgandek bo‘ldi. Ko‘rgan
jabr-u jafolar tumandek
g‘oyib bo‘ldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
65
5 – Mahmudov N.
Jez konlari tagida mis kukunlarini yutib, o‘pkasi zanglab
olamdan o‘tgan, jasadlari zanglagan tuproqqa qo‘yilgan
yurtdoshlarim haqqi, Sibirning
qahraton sovuqlarida muzlab
qolgan, umrini o‘rmonlarda poyoniga yetkazgan beqiyos
dono ustozlarimiz haqqi, senga ta’zim qilaman, O‘zbe-
kistonim!
Shu og‘ir yo‘llardan meni
omon qaytargan sening meh-
ring, sening issiq bag‘ring, mening e’tiqodim, Tangrining
beadad mehridir.
S. Ahmad, «Yo‘qotganlarim va topganlarim» kitobidan.
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) bera-
digan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil
topgan
nutqiy butunlik matn hisoblanadi.
Matn og‘zaki yoki yozma nutqqa xos bo‘lishidan
qat’i nazar, ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va
monologik.
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbat-
doshning turlicha mazmundagi
fikr-axborot alma-
shinuvidan iborat.
Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq
savol-javob,
Dostları ilə paylaş: