108
qatnasha boshladi. Universitet «Zukkolar klubi» a’zosi sifa-
tida talabalar o‘rtasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbir-
larni o‘tkazdi. U ingliz tilini yaxshi biladi, erkin gaplasha
oladi. Bu tildagi ilmiy ma’ruzalari bilan chet mamlakatlarda
o‘tkazilgan ikkita anjumanda qatnashdi. «O‘zbekiston
Respub-
likasi mustaqilligining huquqiy asoslari» mavzusidagi
ma’ruzasi Buyuk Britaniyaning Manchestr universiteti rah-
bariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
U — yaxshi sportchi. Milliy kurash bo‘yicha bir qancha
musobaqalar sovrindori.
Akbar Rasulov o‘z ustida tinmay ishlaydi, a’lochi
va iqti-
dorli talaba sifatida universitet talabalari orasida yaxshi obro‘ga
ega.
U doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy-ma’naviy va hu-
quqiy saviyasini oshirish ustida qat’iyat bilan ishlaydi.
A. Rasulov — kamtarin, to‘g‘riso‘z, do‘stlarga nisbatan
g‘amxo‘r va mehribon.
Tavsifnoma «Is’tedod» jamg‘armasi
tashkil etgan Buyuk
Britaniyaning Manchestr universitetiga talabalikka yubo-
rish uchun o‘tkazilayotgan tanlov tashkiliy hay’atiga taqdim
etildi.
93- topshiriq. a) xodim (
talaba)ning ish (
o‘qish)ga munosabati-
ni ifodalovchi quyidagi so‘z va so‘z birikmalarini o‘z misollarin-
giz bilan to‘ldirib, daftaringizga ko‘chiring.
Vijdonli,
mehnatsevar, tashabbuskor, ishni o‘z vaqtida
bajaradigan, ongli, dunyoqarashi keng, siyosiy yetuk, o‘zi
va o‘rtoqlariga talabchan, o‘z ishini yaxshi biladigan, inti-
zomli, hozirjavob, mas’uliyatli ....
b) ushbu so‘z va qoliðlashgan so‘z birikmalaridan foydalanib,
guruhdoshingiz (o‘qituvchingiz)ning o‘z ishiga munosabatini
yorituvchi tavsifnoma matnini tayyorlang.
74- mashq. Zarur so‘z va so‘z birikmalarini qo‘shib,
gaplarni
to‘ldiring. Fe’l shakllarining qo‘llanishiga e’tibor
bering.
1. Men Ilhom Shokirov... 2010- yildan ... taniy... . 2. Shu lit-
sey... ingliz tili guruhi... birga o‘qiy... . 3. I. Shokirov intizomli...,
www.ziyouz.com kutubxonasi
109
..., ...., talaba... tanilgan. 4. Litseyimizning jamoat ishlari...
faol qatnash... . 5. U sport ... muntazam shug‘ullana..., shu
yilgi respublika festivalida stol tennisi... faxrli uchinchi o‘rin...
egal... . 6. U ingliz til......biladi, erkin so‘z... ola... . 7. Ingliz tili-
dagi ko‘plab badiiy kitob ... mustaqil o‘qiy... . 8. Shun... ko‘ra,
men Ilhom Shokirovni Mirzo Ulug‘bek nom... sti pendiyani
olish ... tanlovda qatnashish... tavsiya eta....
94- topshiriq. O‘qish va jamoat ishlarida ijobiy ishlari bilan o‘zini
ko‘rsata olgan guruhdoshingizni biror mukofot bilan taqdirlani-
shi uchun tavsiyanoma yozing.
Dostları ilə paylaş: