Davlat uzb p65



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/124
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#40493
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   124
o1sxqvVxxOZJF33atSYulmTRkg87qXDyAlhHSHgi

38- mashq. Dialogda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning uslubiy
ma’no va vazifalarini aniqlang. Gaplarni tuzilishiga
ko‘ra guruhlab yozing.
— Siz... qochqoqsiz, — dedi.
— Siz...
— Men?
— Siz quvloqsiz.
— Ajab qilaman, — dedi Kumush va shapalog‘i bilan eri-
ning yuziga sekingina urib qo‘ydi.
— Bu yoqqa ham...
— U yoqqa Zaynab ursin.
— Zaynabning... urishga haqqi yo‘q.
Kumushning ko‘zida haligacha ko‘rulmagan bir shodlik
o‘ynadi:
— To‘g‘ri aytasizmi?
— To‘g‘ri aytaman!
— Mana bo‘lmasa, — dedi Kumush. Otabekning ikkinchi
yuzini ham silagandek qilib qo‘ydi. Yana kulimsirashib, ter-
mulishib qoldilar...
— Biravning g‘amida kuyib qaridim, — dedi Kumush.
— Bekor aytasiz... Meni aytsangiz to‘g‘ri.
— Siznimi? — dedi Kumush.
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar» romanidan.
54- topshiriq. a) matnni o‘qib, dialogdan qanday farqlanishini
ayting. Sifatlovchilarning ma’no va vazifasini izohlang.
... Ta’birimiz qo‘pol tushmasa bu go‘zal qiz och ra’no guli-
ning tusida yoki oq sariq tusda yaratilg‘an edi. A’zoda o‘skan
tuklarga ham haligi tusning ta’siri bo‘ladir. Ra’noning sochi
gungurt-qora, ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko‘rinsa ham qu-
yoshda bir oz sarg‘ish bo‘lib ko‘rinar edi. Shunga o‘xshash
Ra’noning ko‘zida ham buning asari ko‘ruladir: mudavvarga
moyilroq jodu ko‘zi kishiga qattiq qaraganda qoraliqdan
boshqacha yana bir turluk nur sochar erdi. Kiðraklari ostida
nafis bir surma doirasi bor edi.
Qoshi tutash kabi ko‘rinsa ham ko‘ndalang yotqan ikki
qilich orasini nafis bir quyulib ko‘tarilish ajratib turar edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


67
Burni hech bir munaqqidg‘a berishmaslik mutanosib, har
zamon uyalish tabassumiga hozir turg‘an nafis irinlarining
yuqorig‘i qismida sezilar-sezilmas tuklar ko‘kargan edi. Yuzi
cho‘ziq ham emas, oy kulcha ham deb bo‘lmas, kishiga kulib
qarag‘anda qizil olma ostlarida ikkita zamma ravishlik shakl hosil
bo‘lar, go‘yo bizga chin ra’no guli ochilg‘an holatda ko‘rinar
edi. Sochlari juda quyuq, sanoqsiz kokillar Ra’noning orqa,
o‘ngini tutib yotar, qaddi uzunliq bilan qisqaliqning o‘rtasi,
do‘ndiq barmoqlarining jimjilog‘ida xina gullari, har holda
bu qiz yolg‘iz Qo‘qonningg‘ina emas, umuman, Farg‘onaning
kuylarga qo‘shulib maxtaladirgan go‘zallaridan edi.
A. Qodiriy, «Mehrobdan chayon» romanidan.
b) savollarga javob bering:
1. Matn qanday nutqiy vazifani bajarishga qaratilgan?
2. Matndagi uyushiq va ajratilgan gap bo‘laklari nimaga
xizmat qilgan?
3. Matnda qanday tasviriy vositalar qo‘llangan?
4. Nima uchun matnda belgi-xususiyatni ifodalovchi so‘zlar
ko‘proq?
5. Matnda modal so‘zlar qanday maqsadda qo‘llangan deb
o‘ylaysiz?

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin