68
55- topshiriq. O‘zingiz bilim olayotgan fan yo‘nalishini yoki
yoqtirgan mutaxassisligingizni ta’riflab matn yarating. Unda asos-
lar, dalillar keltirishni unutmang.
39- mashq. Matn parchalarini o‘qing, asosiy mazmunni ifo-
dalovchi gaplarni daftaringizning o‘ng
tomoniga, yor-
damchi, qo‘shimcha mazmun bildiruvchi gaplarni
chap tomoniga yozing va o‘zaro qiyoslang.
I. G‘azal nihoyatda ta’sirli. Ayniqsa, uch-to‘rt bolaning ovozi
juda yoqimli, ohangdor. Hammamiz jim tinglaymiz. Men sel
bo‘lib, erib ketaman. Fuzuliyning she’rlarini sevaman. She’rlari
nafis. O‘zim gul va mahbub haqida go‘zal she’rlarni bilaman.
Opam o‘rgatgan. (
Oybek, «Bolalik»dan).
II. Beixtiyor o‘zining ana shunday saodatli onlari, Hu-
moyun tug‘ilganda qalbini to‘ldirgan iftixor tuyg‘ulari
yodiga
tushdi. O‘g‘li Qobul arkida tavallud topgan edi. Viloyat yo‘q,
viloyat umidvorligi yo‘q, navkar parokanda, sargardon sar-
g‘ayib, Samarqand qamalida ochlikdan it etini, eshak etini
yegan miskinlar bilan
dahshatli uqubatlar chekib, Toshkan-
da va Andijonda mislsiz mashaqqat va xorliklar tortib, niho-
yat, Qobulda bir muddat qo‘nim va osoyish topgan kunlari
edi, shikasta ko‘nglini quvonchga to‘ldirib, Humoyun dunyoga
keldi. (
X. Sultonov, «Nuqta»dan).
40- mashq. Gaplarni o‘qing, uyushiq va ajratilgan bo‘lakli kirit-
malarni qavs ichida qoldirib ko‘chiring. Ko‘chirma
gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirib yozing. Asliya-
ti bilan siz o‘zgartirgan gaplar o‘rtasidagi
farqni
izohlang.
1. Har birimiz o‘z maktabimiz, sinfimizni esladik. 2. Bog‘-
ning turli joylarida har xil mevali daraxtlar: nok, o‘rik, jiyda
va hokazo anchagina. (
Oybek) 3. Bir vaqtlar siz ham, Temir
Akbarovich, xato qilishdan qo‘rqmaslik kerak, deb gapirar
edingiz (
P.Qodirov). 4. Navbat o‘ziga kelganda, ayvondan tu-
rib, mahdum baqirdi: Ra’no, akangning qo‘liga suv quy!
(
A.Qodiriy) 5. To‘g‘risini aytsam,
ustozimning nomlarini
eshitganimda, ko‘nglim ancha taskin topdi. 6. Aftidan, u bizni
ko‘rmadi, shekilli (
M.Ismailiy). 7. Ota kasbi ham qondan o‘tadi
www.ziyouz.com kutubxonasi
69
shekilli, — derdi Abdulla aka. — Otam temirchi edilar
(
S. Ahmad).
Dostları ilə paylaş: