So‘z tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
— so‘zning lug‘aviy ma’nosini bilgan holda tanlash;
— tanlangan so‘zni aniq talaffuz eta olishni nazarda
tutish;
— so‘zning suhbatdoshlarga tushunarli bo‘lishini
hisobga olish;
— so‘zning ma’no xususiyatlariga asoslanib, uni nutq
maqsadiga muvofiq tarzda tanlash;
— so‘zni matn mazmuniga mos tarzda tanlash;
— baynalmilal atamani adabiy tilning leksik me’yo-
riga muvofiq holda tanlash;
— so‘z, atamani matnning uslubiy xususiyatiga mos
ravishda tanlash.
47- mashq. Gaplarni diqqat bilan o‘qing. Noto‘g‘ri qo‘llangan
so‘zlarni aniqlab, ma’nosiga ko‘ra mos so‘z bilan al-
mashtirib, gaplarni ko‘chiring.
1. So‘zlovchining o‘z fikrini qisqa va batafsil ifodalab, ting-
lovchiga yetkazishi ham o‘ziga xos san’atdir. 2. So‘zga benazir
kishi mayda bir maqsadni uzoq so‘zlab bayon qiladi. 3. Nojo‘ya
so‘z yurak ko‘zgusini parchalashi, tag‘in insonni vayron qi-
lishi mumkin ekanligini yodda tuting. 4. Nutqi asal kishining
mehribon odamizodi ham ko‘p bo‘ladi. 5. Shirin so‘z, go‘zal
til inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha, achchiq
so‘z, beso‘naqay gap inson dilini shunchalik noxush qiladi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
76
dil piyolasini parchalaydi. 6. Mashq sababli so‘zlash qobili-
yatini, nutq madaniyatini, notiqlik san’atchiligini odamlar
olqishlaydigan saviyada egallash mumkin. 7. Tilda uni nom-
lovchi suxan bo‘lmasa, bunday so‘zni hamsoya tildan olish
mumkin. Ammo tilda turgan so‘zlar o‘rnida boshqa suxanni
qo‘llash falokatdir.
60- topshiriq. Quyidagi so‘z, atama va so‘z birikmalarining qaysi
uslubga xosligini aniqlang. Rasmiy-idoraviy uslubga xos bo‘lganlari
ishtirokida gaplar tuzing.
Xalq sayili, bo‘linmas fond, kirim, zarurat tufayli, taf-
tish, so‘zga chiqdi, infrastruktura, mehnat bitimi, ko‘chmas
mulk, topshirig‘ingizga binoan, tebranish, hosila, sug‘urta,
zimmasiga yuklatilsin, elektromagnit maydoni, modellash-
tirish.
48- mashq. Matnlarni o‘qing, ulardagi ixtisoslikka oid so‘zlarni
ajratib ko‘chiring va matnlarda qanday uslubiy vazi-
fani bajarayotganligini qiyoslab tushuntiring.
I. Rivojlangan davlatlarda auditni boshqarishda davlat faol
ishtirok etadi, shuning uchun siyosat elementi bilan har bir
audit firmalari davlat siyosatiga javob berishi va audit kom-
paniyasi shu siyosatga muvoflqlashtirilishi kerak.
Davlat audit kompaniyalari majburiyatlarini belgilashda,
iqtisodiy hamda moliyaviy qiyinchiliklarni hal qilishda, au-
dit va auditorlar talablarini (ma’lumotini, klassifikatsiyasi,
imtihon topshirish tartiblarini va h.k.) belgilashda o‘z ta’sirini
o‘tkazadi.
Yunusobod tumani tijorat banki
boshqaruvi raisi A. Rahmonovga.
Auditor S. Jumayevdan.
II.
BILDIRISHNOMA
Sizning ko‘rsatmangizga binoan men kassir-nazoratchi
S.Olimov bilan shu yil 15–18- noyabr kunlari «Lazzat» kor-
xonasida audit tekshiruvini o‘tkazdim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
77
Korxonaning 3- choragidagi daromad ko‘rsatkichi qoni-
qarli, soliqlar o‘z vaqtida to‘langan. Lekin mehnatni tashkil
etishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Bu to‘g‘rida ilova
qilinayotgan ma’lumotnomada batafsil yozilgan.
Auditor (imzo)
S. Jumayev.
2010. 20.11.
61- topshiriq. O‘zingiz tanlagan fan yo‘nalishidagi darslikdan
biror matn parchasini o‘qing, so‘ng undagi ixtisoslik atama-
larini boshqa ma’nodoshlari bilan almashtirib, mustaqil ra-
vishda matn yarating. Asl va ijodiy matn o‘rtasidagi farqni izoh-
lang.
Ixtisoslikka oid matn tuzishda quyidagilarga e’tiborni
qaratish lozim:
— matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakligini
oldindan bilish;
— ixtisoslikka oid so‘z va shartli belgilarni to‘g‘ri tanlay
olish va o‘rinli joylashtirish;
— so‘z va atamalarni imlo me’yorlariga rioya qilgan
holda yozish;
– kasbdoshlarga unchalik tanish bo‘lmagan yoki faol
qo‘llanmaydigan atama, shartli belgi yoki qisqartma-
larga qavs ichida izoh berish;
— ixtisoslikka oid atamalarni boshqa tillardan o‘zlash-
tirish va so‘z yasashda milliy tilning tabiatini nazarda
tutish;
— kasb-hunar so‘zlari va atamalarining o‘rinsiz tak-
rorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning ta’sirchanligini
oshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sino-
nimiya imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va boshqalar.
49- mashq. Berilgan gap qurilishlarini leksik, morfologik, sin-
taktik sinonimiya imkoniyatlaridan foydalanib o‘z-
gartiring va ko‘chiring.
1. Qish taraddudini ko‘rishga to‘g‘ri keladi. 2. O‘zbo-
shimchalikka yo‘l qo‘yilmasin. 3. Xalq shevalarini jiddiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
78
o‘rganish va tavsiflash lozim. 4. Ishda yo‘l qo‘yilgan xatolar
uchun xayfsan bilan ogohlantirishni taklif qilaman. 5. Saylov.
Hamma o‘z nomzodlarini tanishtirish bilan mashg‘ul. 6. Qabul
vaqti tugadi. Ertaga kelasiz. 7. Ma’lum bo‘lishicha, litsey
o‘qituvchisi tumanimizda ekologik muhitni yaxshilash ustida
izlanishlar olib bormoqda ekan.
62- topshiriq. Litseydagi o‘quv xonangizni qayta jihozlash yoki
« Eng yaxshi kitobxon» ko‘rik-tanlovini o‘tkazish yuzasidan o‘z
fikr-mulohazangiz va takliflaringizni yozing.
Matn tuzishdan oldin uni kimning nomiga yozishingizni,
qanday fikrlar bildirishingizni, bu fikrlarni qaysi dalil bilan
moslash mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Qoralama tayyor bo‘l-
gach, matnni qayta o‘qing, ortiqcha so‘zlarni qisqartiring,
ayrimlarini ta’sirchan so‘zlar bilan almashtiring, so‘ng xa-
tolarini yana bir bor tekshirib chiqing.
50- mashq. A. Oriðovning quyidagi she’rini nasriy matnga aylan-
tirib yozing. Matn mazmunini o‘z so‘zlaringiz bilan
to‘ldiring.
Dunyo bir gulzordir keng va betimsol,
Yulduzlar g‘unchadir uning ichida.
Qo‘g‘irchoq ichida qo‘g‘irchoq misol
Gullar o‘stiramiz xona ichida.
Dunyo bir boladir sho‘x va betimsol
Uning axtargani shodlik va kulgu.
Qo‘g‘irchoq ichida qo‘g‘irchoq misol
Unga ermak bo‘lib qolmasak bo‘ldi.
63- topshiriq. Ixtisoslikka oid lug‘atdan 10 ta so‘z, atamani
daftaringizga ko‘chirib oling. Tanlagan so‘zlaringiz qarshisiga ular-
ning ma’nodoshlari yoki unga uyadosh so‘zlarni topib yozing.
So‘ngra 4 tasidan foydalanib, uslubiy jihatdan farqlanuvchi
gaplar tuzing.
Namuna: ro‘yxatlash — ro‘yxatdan o‘tkazish.
www.ziyouz.com kutubxonasi
79
1. Nazoratchi murojaat etayotgan kishilarni ro‘yxatlashga
kirishdi. 2. Shaxsiy avtomobilimni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni
so‘rayman.
51- mashq. Hujjat matnini o‘qing, undagi ko‘makchi va fe’llarni
sinonimlari bilan almashtirib ko‘chiring.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR
MAHKAMASINING QARORI
1995- yil 24- avgust 339- son Toshkent shahri
Dostları ilə paylaş: |