72
— so‘z va birikmalarni ma’nodoshlari —
tasviriy ifo-
dalar, frazeologik iboralar va boshqa badiiy tasvir vosi-
talari bilan almashtirish;
– sodda gapni qo‘shma gapga, qo‘shma gapni alo-
hida
sodda gaplarga ajratish;
– asosiy fikrni ifodalovchi gapga qo‘shimcha fikr,
izoh bildiruvchi sintaktik parallel gaplarni mantiqiy
izchillikda bog‘lab kiritish;
— matnning kirish, xulosa qismlarini o‘z
qarash-
lari, mulohazalari, ilovalari bilan to‘ldirish.
44- mashq. Matnning tushirib qoldirilgan o‘rinlarini o‘z
so‘zlaringiz bilan to‘ldiring. O‘z fikringizni
matnning asosiy mazmuniga bog‘lovchi vosita-
larni ajratib ko‘rsating.
Hayot go‘zal, yashash maroqli. Biroq inson uchun.... Shu
bois bo‘lsa kerak, inson borki,
hamma vaqt imkon qadar bu
dunyoning go‘zalliklaridan ko‘proq bahra olishga, u ... intilib
yashaydi. Bu istak esa ba’zida odamzodga baxt keltirsa, .... In-
soniyatning
eng zaif tomoni ham shunda, menimcha ... . U
amal qilayotgan ko‘plab zararli odatlarning oxir-oqibatini
bilsa-da, ....
Bugun yoshlar orasida ommalashib borayotgan chekish
odati ham ayni yuqoridagi fikrimizga dalil. E’tibor bergan
bo‘lsangiz, yoshlarimiz ruju qo‘yayotgan sigareta tutunlari ...
singari tobora farzandlarimizning katta qatlamini o‘z
iskan-
jasiga olmoqda.
Yurtimizda ... e’tibor berilayotgan bir paytda kelajagimiz
vorislari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning bu qadar o‘zlarini za-
har-lashlariga nima sabab bo‘lmoqda? Aytish joizki, farzand-
larimizning har qanday illatga ruju qo‘yishlarida, avvalo ...
bosh omil bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: