74
Nutqda ishlatilish doirasi ma’lum kasb-hunarga ko‘ra
chegaralangan so‘zlar
kasb-hunarga oid so‘zlar hisobla-
nadi. Bunday so‘zlar qaysi hududda yashashidan qat’i
nazar, bir xil kasb egalariga tushunarli bo‘ladi. Masa-
lan,
daska (kulollar xom
idishlar ichini dasmollashda
suv quyib ishlatadigan sopol idish),
jo‘sha (tog‘dan
olinadigan qizil kesak),
volash (loyni ochib-yorib to-
zalash) kabi so‘zlar kulollargagina tushunarlidir.
Kasb-hunarga xos so‘zlarning
asosiy qismini shu
sohaga oid atama (termin)lar tashkil etadi.
Atamalar
fan, texnika, madaniyat kabi sohalardagi aniq chega-
ralangan tushunchalarni ifodalaydigan bir ma’noli so‘z
va so‘z birikmalaridir. Atamalar qo‘shimcha ma’no
jilolariga ega emas. Atamalarning ko‘pchiligi boshqa
tillardan o‘zlashgan so‘zlardan iborat.
Masalan: advokat,
argon, dialog, debitor, grant, modul, metr, test, tormoz, mar-
keting kabilar.
Dostları ilə paylaş: