11
YOZMA NUTQ SAVODXONLIGI VA NUTQ
MADANIYATI ASOSLARI
♦
Yozma nutq
♦
Imlo qoidalari
♦
Nutq madaniyati
♦
Nutq odobi
♦
Nutq madaniyatini egallash omillari
8- topshiriq. Matnni o‘qing va yozma
nutqning mohiyatini ochuv-
chi so‘z, atamalarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.
Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatda, ya’ni nutq si-
fatida kishilar o‘rtasida aloqa, fikrlashish, so‘zlashishni amalga
oshirishda yaqqol ko‘rinadi. Nutq
faoliyati kishilarning bir-
birlariga tushunarli bo‘lgan til vositasida o‘zaro fikr alma-
shishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda
amalga oshadi: og‘zaki tarzda va yozma tarzda.
Yozma nutq og‘zaki nutqdan so‘ng yozuv ta’sirida paydo
bo‘lgan bo‘lib, adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy
qonun-qoidalariga bo‘ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir. Yoz-
ma nutqning mazmuniy bo‘laklari, gaplar,
ularning qismlari
turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko‘rsatiladi. Yozma nutq
og‘zaki nutq kabi kishilar o‘rtasidagi bevosita aloqa vositasi
emas, balki u boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda)
yashovchi kishilar bilan aloqa bog‘lash vositasidir. Yozma
manbalar orqali biz o‘tmish tariximizni o‘rganamiz va bun-
dan kelajak avlod foydalanishini ta’minlaymiz.
Yozma nutq doirasiga ilmiy nutq, badiiy nutq,
shuningdek,
hujjatlar, ommaviy axborot vositalari uchun tuzilgan yozma
matnlar kiradi. Yozma nutq savodxonligi har bir kishidan
o‘z fikr-qarashlarini tilning imloviy-grammatik qoidalariga,
adabiy til me’yorlariga rioya qilgan tarzda ifodalashni talab
qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
12
5- mashq. Gaplarni o‘qing. Yozma nutqqa xos atamalarni ko‘chirib
yozing va lug‘aviy ma
’
nolarini izohlang.
1. Yozma adabiy tilning madaniyligi, adabiy me’yorlari
alifbo va imlo qoidalarining
mukammal va puxtaligiga ham
bog‘liq. 2. Yozma matnning mazmuni, ma’no qirralari, sin-
taktik va grammatik munosabatlarini aniqlashda tinish belgi-
lari muhim o‘rin tutadi. 3. Mustaqim Mirzayev fidoyi til-
shunos sifatida har kuni ikki-uch soatlik ish vaqtlarini gazeta
va jurnallar tilini o‘rganish, ulardagi adabiy me’yor buzi-
lishlarini
aniqlash, bunday xatolarni guruhlash va bartaraf
etish choralari bo‘yicha tavsiya yozishga sarflar, bu ishdan
hech erinmas edi. 4. Nutq madaniyatining saviyasi tilning
talaffuz va imlo, grammatik, leksik va uslubiy me’yorlaridan
to‘g‘ri foydalana bilish darajasi bilan belgilanadi. 5. Fikr-
dagi qusur, so‘zdagi
xatolarni vujudga keltiradi, so‘zdagi
kemtiklar esa ishdagi xatolarni keltirib chiqadi (
D. Pisa-
rev). 6. Qalam — eng yaxshi muallim, qalamdan chiqqan
nutq hozirgina o‘ylanganidan ko‘p yaxshiroqdir (
Sitseron).
7. Daryodagi gavhar o‘z jilvasini g‘avvos tufayli namoyish
qilganiday, til ham o‘z qudrati va nafosatini nutq ahli vosi-
tasida zuhur etadi (
A. Navoiy).
To‘g‘ri yozish qoidalari tilshunoslar tomonidan tu-
ziladi va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Imlo
qoidalari hukumat tomonidan tasdiqlanadi.
Kishilar
o‘zaro yozishmalarida, rasmiy ish yuritishda, ta’lim
jarayonida, madaniy-ma’rifiy faoliyatda tilning imlo
qoidalariga amal qilishga majburdirlar.
So‘z va qo‘shimchalarning yozilishi ma’lum bir qoi-
dalarga asoslanmasa, yozuvda
har xillik yuzaga chiqa-
di, natijada bir-birini tushunish imkoniyati yo‘qoladi.
Shuning uchun ham o‘zbek tilining imlo qoidalarini
har bir bo‘limi bo‘yicha puxta o‘zlashtirish lozim. 1995-
yilning 24- avgustida tasdiqlangan «O‘zbek tilining asosiy
imlo qoidalari»da
«Harflar imlosi», «Asos va qo‘shimchalar
imlosi», «Qo‘shib yozish», «Chiziqcha bilan yozish», «Ajratib
yozish», «Bosh harflar imlosi» va
«Ko‘chirish qoidalari» nomli
bo‘limlar bor.
www.ziyouz.com kutubxonasi