4. Ishda tasvirlangan davlat organlari o'rtasidagi hamkorlikni amalga oshirishning huquqiy mexanizmi qanday bo'lishini tushuntirishga harakat qiling.
Kazus 7 3-may kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Shahar hokimi 2022-yil yakuniga ko‘ra, Koreya va Toshkent o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 412 million dollarni tashkil etganini bildirib, poytaxt va Seul o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan aloqalarini kengaytirish va shaharlarning birgalikdagi rivojlanish rejalarini amalga oshirish, Koreya biznesidagi yutuqlarni O‘zbekiston va Toshkentda qo‘llash ahamiyatli bo‘lishini ta’kidladi.
Elchi Kim Xi Sang qabul uchun minnatdorlik bildirib, hozirda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Koreya kompaniyalarining 50 foizdan ortig‘i Toshkentda ishlayotganligini qayd etdi. Suhbat davomida Toshkentdagi Seul bog‘ini rekonstruksiya qilish masalasi alohida muhokama etildi.
Shuningdek, elchi Koreya investitsiyasi asosida ishga tushishi mo‘ljallangan markaz faoliyatining tashkiliy-huquqiy masalalarini bayon etdi.
Shavkat Umurzoqov Seul bog‘ini qayta ta’mirlash ishlari boshlanguniga qadar bog‘ni tartibga keltirish ishlari amalga oshirilishi va rekonstruksiya jarayonida ham zarur amaliy yordam ko‘rsatilishini bildirdi. Tomonlar amaliy muloqotlar davom etishini bildirishdi.
Savollar: 1. Shahar ma'muriyati bilan uchrashuv o'tkazish xorijiy davlat elchisining huquqiy munosabatlarimi? Ha bo'lsa, huquqiy munosabatlarning qanday tasnifi qo'llanilishini ko'rsating. 2. “Toshkentdagi Seul bog‘ini rekonstruksiya qilish masalasi”ning huquqiy mexanizmini oydinlashtirishga harakat qiling. 3. “Tashkiliy-huquqiy masalalar” doirasiga nimalar kirganligini tahlil qiling. 4. Toshkentdagi istirohat bog‘ining rekonstruksiya qilinishi Koreya tomoni uchun qanchalik foydali? Va bu manfaatlar qonuniymi?
Kazus 8
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Taklif etilgan qonun loyihasida dastlabki taqdim etilgan loyihadagi bir qancha imtiyozlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Ayrim deputatlar loyiha haqida e’tirozlarini bildirdi.
Qonun loyihasida quyidagilar taklif etilmoqda:
pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishini kafolatlash maqsadida sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etish;
pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilishni taqiqlash;
ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktirish;
davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tishi;
pedagog xodimning kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta’minlanishi;
o‘quv qurollari bilan bepul ta’minlash;
ellik olti ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til berish.
Majlisda ayrim deputatlar ushbu qonun loyihasini yana ham takomillashtirish kerakligini qayd etdi.
Bundan tashqari, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Zafar Xudoyberdiyev qonun nomini qayta ko‘rib chiqish haqida fikr bildirdi. Uning, qayd etishicha, 1-may kuni qabul qilingan yangi Konstitutsiyaning 52-moddasida pedagog xodimni emas, o‘qituvchining sha’ni va qadr-qimmati davlat tomonidan himoya qilinishi keltirib o‘tilgan.
Deputatning savollariga Adliya vazirligi vakili javob berib, qonun nomidagi pedagog so‘zi keng ma’noda ekanligi, ta’lim sohasining barcha jabhalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni anglatishini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu norma Konstitutsiyaga zid emas. Vazirlik vakili davlat budjetidan talab qiladigan mablag‘lar hisobini qonun loyihasining ikkinchi o‘qishida ma’lum qilinishini aytdi.