22
(2002), “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi
to‘g‘risida”gi (2014), «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi (2015), “Jamoatchilik
nazorati to‘g‘risida”gi (2018) qonunlari hamda O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi 4947-sonli Farmoni
bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazkur sohani isloh qilish
masalalarini belgilab berilgan. Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifasi
ijrosi yuzasidan, quyidagi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash
hamda
mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4273-son Qarori
16
, 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli
O‘zbekiston – 2030” stratyegiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6079-son, 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari
va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik
nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF–6247-son va 2022-yil 14-iyundagi “Davlat
organlari va tashkilotlari
faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–154-son farmonlarida va mavzuga doir boshqa
qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu tadqiqot
ishi еtarli darajada xizmat qiladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan qonunlar bilan bir qatorda bosh qomusimiz
hisoblangan Konstitutsiyamizda ham ushbu sohani tartibga soladigan normaning
mavjudligi, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash
masalasi dolzarb mavzuligicha qolganligini yaqqol ko‘rsatib bermoqda. Xususan,
2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston
Respublikasi referendumida
umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston
16
www.lex.uz
23
Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasida Davlat organlari va tashkilotlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari har
kimga o‘z huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar,
qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shartligi
belgilab o‘tilgan.
17
Davlat boshqaruvi organlarida ochiqlikni ta’minlash
borasidagi asosiy
qonun
Konstitutsiyamiz
hisoblanadi
,albatta.
Shuningdek,
O‘zbekiston
Respublikasining 1997-yilda 24aprelda -aprelda qabul qilingan “Axborot olish
kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonun bilan fuqarolarning axborot olishga doir
huquqlari va qonuniy manfaatlari keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari, agarda, davlat
organlarining, fuqarolarning huquq va manfaatlarini buzgan mansabdor shaxs yoki
davlat organi ustidan sudga shikoyat qilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu
qonunning asosiy maqsadi qilib, har kimning axborotni moneliksiz va erkin izlash,
olish, uzatish, tadqiq etish, hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga
oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish qilib
belgilangan.
18
Ushbu modda bilan har bir fuqaroning axborot olishga doir huquqlari
va qonuniy manfaatlari belgilab berildi. Ushbu qonun bilan yana bir muhim masala
o‘z еchimini topdi. Bu – murojaatchi tomonidan qanday shaklda davlat organlariga
axborot olish uchun murojaat etishi mumkinligi va ushbu murojaatga davlat organi
mansabdor shaxsi tomonidan qancha muddatda javob berilishi. Qonunning 6-
moddasida murojaatchi tomonidan og‘zaki va yozma hamda axborot tizimi orqali
elektron shaklda murojaat etishi mumkinligi va ushbu murojaatga qonunchilikda
boshqa norma keltirilmagan bo‘lsa, murojaat qabul qilingandan boshlab o‘n besh
kun ichida, og‘zaki murojaatga esa, imkoniyatga qarab darhol javob qaytarilishi
shartligi belgilangan. Yozma va elektron murojaatlar ro‘yxatdan o‘tkazilishi shatligi
haqida ham ma’lumot keltirib o‘tilgan, albatta. Agarda murojaat qilinayotgan davlat
17
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
18
O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi
Qonunning
1-moddasi
24
organi murojaatchi tomonidan so‘ralayotgan axborotga ega bo‘lmasa, ushbu axborot
mavjud emasligi haqida еti kundan kechiktirmay murojaatchiga ma’lum qilishi va
ushbu ma’lumotga ega davlat organi va mansabdor shaxsning nomini ma’lum qilishi
shartligi belgilangan.
Ushbu qonun davlat organlarining faoliyaning ochiqligini ta’minlash
masalalarini tartibga solishga qaratilgan bir qancha qonunlar va qarorlar ishlab
chiqilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil
12-dekabrdagi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi
Qonunining qabul qilinishi, axborot, axborot resurslari, axborot borasidagi
xavfsizlik, maxfiy axborot va axborot erkinligining asosiy prinsiplariga ta’rif
berilgan. Shuningdek, yozma so‘rovga qo‘yilgan
talablar, shaxs, jamiyat va
davlatning axborot borasidagi xavfsizligi nima ekanligiga aniqlik kiritilgan.
Jumladan:
axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar,
predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Dostları ilə paylaş: