Davlat va huquq nazariyasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/40
tarix10.06.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#128200
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Boyquvvatov O. BMI 19.05.2023 so\'nggi

birinchidan, ommaviy axborot vositalari davlat organlari faoliyati bilan 
bog‘liq axborotni, ular tomonidan qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarini keng 
jamoatchilikka еtkazishda asosiy axborot tarqatuvchi sifatida maydonga chiqadi; 
ikkinchidan
demokratik 
islohotlar 
sharoitida 
ommaviy 
axborot 
vositalarining to‘g‘ri axborotni undan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida va sifatli 
еtkazishi bevosita davlat hamda uning organlari tomonidan qo‘llab- quvvatlanadi, 
ularning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratiladi; 
uchinchidan, ommaviy axborot vositalari davlat organlari tizimini 
demokratik asosda shakllantirish (referendum va saylovlar) jarayonlarida va mazkur 


36 
voqea-hodisalar to‘g‘risida keng jamoatchilikka axborot еtkazishda bevosita ishtirok 
etadi. 
Ushbu hamkorlik orqali davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash 
jismoniy va yuridik shaxslar davlat boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi 
axborotlarni olishdagi konstitusiyaviy huquqlari kafolatlarini ta’minlashga, axborot 
izlashni amalga oshirayotgan shaxslarning davlat boshqaruvi organlari faoliyatining 
ochiqligi to‘g‘risidagi axborotni oson topishga, shuningdek, davlat organlari hamda 
mansabdor shaxslarining qabul qilayotgan qarorlar uchun javobgarligini oshirishga 
xizmat qiladi. 
Bundan tashqari, davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlashda 
davlatimizda olib borilayotgan bir qator ishlar sirasiga, davlat organlarining 
“Ochiqlik indeksi” ni ham misol sifatida keltirib o‘tsak bo‘ladi. Davlat organlarining 
“Ochiqlik Indeksi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-
noyabrdagi “”Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga 
yo‘naltirilgan Kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida”gi
32
320-son Qarori 
ijrosini ta’minlash doirasida xisoblab chiqiladigan va davlat organlari faoliyatining 
"Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiqlik darajasining jamlovchi
ko‘rsatkich. Ochiqlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning 
samaradorligi va natijadorligini baholashni muvofiqlashtiruvchi organ sifatida
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi belgilandi.
Bundan tashqari, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash 
borasidagi ushbu hamkorlik natijasida, fuqarolarning shaxsiga doir ma’lumotlardan 
foydalanish yoki davlat organlariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat 
etishga, shuningdek, davlat organlari o‘z vakolatlarini amalga oshirishi munosabati 
bilan ular tomonidan boshqa davlat organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot 
32
 
www.lex.uz



37 
taqdim etishiga, shu bilan birga, taqdim etilishining o‘ziga xos xususiyatlari boshqa 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, davlat organlarining faoliyatiga taalluqli bo‘lgan 
axborotning ayrim turlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
33
Yuqorida keltirib o‘tilgan kamchiliklardan tashqari, har bitta davlat 
boshqaruvi organlarining mobil ilovasini yo‘qligini ham keltirib o‘tdik. Jumladan, 
rivojlangan davlatlarda davlat boshqaruv organida olib borayotgan faoliyati bilan 
ochiq tanishtirib borish maqsadida davlat organlarining mobil ilovalari mavjud 
ekanligini ma’lum qilishimiz mumkin (AQSh, Buyuk Britaniya va koreya 
Respublikasi kabi davlatlarda). Ushbu ilovaning ishlab chiqish orqali davlat 
organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash jarayonlarini yanada kengaytirish va 
aholiga davlat organlari bilan doimiy muloqotni yaxshilashga xizmat qilmoqda, 
davlat organlariga so‘rov yuborish, murojaat yo‘llash, faoliyatiga oid axborot olish, 
ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik 
ma’lumotlardan, shu jumladan, ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan masofadan 
foydalanishda qulayliklar yaratish imkonini beradi. 
33
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining 
ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun


38 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin