Davlat va huquq nazariyasi


 Davlat boshqaruvi organlari tomonidan ochiqlik siyosatini amalga



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/40
tarix10.06.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#128200
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Boyquvvatov O. BMI 19.05.2023 so\'nggi

2.2. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan ochiqlik siyosatini amalga 
oshirishni takomillashtirish asoslari 
Ochiqlik siyosati bugungi kunning ajralmas va asosiy mezonlardan 
hisoblanadi, zero, fuqaro sifatida o‘z vakili orqali davlat boshqaruvida ishtirok 
etadigan fuqarolar ularning ayni qanday faoliyat yuritish va ularning kelajakda nima 
qilish kerakligini bilib turishi lozim, bunda esa, eng avvalo ommaviy axborot 
vositalarining roli kattadir.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 81-
moddasida Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib 
borishi, davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning 
axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari 
amalga oshirilishini kafolatlashi, ommaviy axborot vositalari o‘zi taqdim etadigan 
axborotning ishonchliligi uchun
27
javobgar ekanligi belgilangan. 
Shuningdek, 82-moddasida Senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi, ommaviy axborot 
vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq 
javobgarlikka sabab
28
bo‘lishi belgilandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-son 
Farmoni bilan tasdiqlangan Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-
tadbirlar dasturining 17-bandida Ommaviy axborot vositalari faoliyatining 
erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan 
huquqlari amalga oshirilishini doimiy ta’minlash choralarini ko‘rish
29
vazifasi 
belgilanib, bunda, Fuqarolarning so‘z va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy 
huquqlarining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarining 
professional faoliyat chegarasidagi mustaqilligi va erkinligini har jihatdan qo‘llab-
quvvatlash, ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-
27
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
28
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
29
 
www.lex.uz



34 
kutubxona faoliyatini rivojlantirish, Davlat organlari va boshqa tashkilotlar 
faoliyatida ochiqlikni ta’minlashda, davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari 
bilan ochiq muloqot hamda o‘zaro hamkorlik qilish madaniyatini
30
singdirish kabi 
mexanizmlarni amalga oshirish belgilandi. 
Yuqoridagi ka’bi takomillashtirish asoslaridan biri bolgan OAV va boshqa 
asoslar xususida so‘z yuritamiz. 
Demak, Davlat boshqaruvi organlari tomonidan yuqorida keltirib o‘tgan 
ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash esa, fuqarolar oldidagi burchi va majburiyati 
desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Hozirda barcha davlat organlari 2019-yil 17-yanvardagi Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni
31
ijrosini ta’minlash 
borasidagi bajariladigan ishlarning bir qismi sifatida o‘zlarining rasmiy veb-saytini 
tashkil etdi va bu fuqarolar davlat organlariga bevosita elektron murojaat qilish 
imkoniyatini yaratadi. Ammo, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini 
ta’minlashda va fuqarolarning axborotdan foydalanish borasida bir qancha 
kamchiliklar mavjud. Xususan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 
(my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan 348 ta davlat xizmatlaridan bor-yo‘g‘i 38 
tasidangina elektron raqamli imzosiz foydalanish mumkinligi, davlat organlari 
tomonidan o‘zining faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlarini doimiy ravishda 
takomillashtirib borilishi еtarli emasligi. Shu jihatidan, Normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalari muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) jamoatchilik muhokamasi 
uchun e’lon qilingan hujjat loyihasiga fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni 
ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ularning qabul qilganligi yoki qabul 
qilinmaganligi to‘g‘risida muallifni xabardor qilish tizimini, shuningdek, davlat 
organining mobil ilovasinining mavjud emasligi. 
30
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim 
hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan 
deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni
31
 
www.lex.uz



35 
Yuqoridagi kamchiliklarni inobatga olgan holda, bir qancha taklif va 
tavsiyalar beramiz. 
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal o‘z faoliyatini 2016-yildan 
boshlagan va ushbu Yagona portalni tashkil qilish "Elektron hukumat to‘g‘risida"gi 
O'zbekiston Respublikasi Qonuni asos bo‘lib xizmat qildi. Ammo ushbu Yagona 
portaldan jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishi uchun elektron raqamli 
imzo kerak. Bu ushbu Yagona portalga murojaat qiluvchilarga bir qancha 
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Jumladan, ushbu portalga murojaat qiluvchilarda 
elektron raqamli imzo bo‘lishi zarur, ammo ushbu tizimning o‘rniga, davlat 
xizmatlari ko‘rsatishga Face-ID tizimini joriy qilish maqsadga muvofiq. Bu 
murojaat qiluvchiga ancha qulaylik yaratadi, vaqtini tejashga yordam beradi va hech 
qanday mablag‘ sarflamaydi. (Ma’lumot uchun: bugungi kunda elektron raqamli 
imzo olish BHMning 0.7 foizi (23 100 so‘m)ni tashkil qiladi. 
Davlat organlari tomonidan o‘z faoliyatiga doir axborot tizimlarinidoimiy 
ravishda o‘z vaqtida takomillashtirib bormasligi. Ushbu holatning yеchimi sifatida, 
ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni oshirish va takomillashtirish kerak 
degan taklifni ilgari suramiz. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligini 
ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining ishtirokini chuqur tahlil qilish 
natijasida, quyidagi xulosalarga keldik: 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin