Davlat va huquq nazariyasi


III BOB. DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARINING OCHIQLIGINI



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/40
tarix10.06.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#128200
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Boyquvvatov O. BMI 19.05.2023 so\'nggi

III BOB. DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARINING OCHIQLIGINI 
TA’MINLASHNING XORIJIY VA MILLIY QIYOSIY TAHLILI 
3.1. Xorijiy tajriba Germaniya Federativ Respublikasi, Koreya 
Respublikasi, Buyuk Britaniya va AQSH misolida 
Mamlakat rivoji va uning xorijiy hamjamiyatda tutgan o‘rni uning milliy 
qonunchiligi qanchalik xalqaro normalar aks etgani bilan ham belgilanadi. 
Yurtimizda biror soha yo‘qki, unda xorijiy tajriba va undagi yutuq va 
kamchiliklar o‘rganilmagan bo‘lsa, jumladan yaqinda(30-aprel) qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda xorijiy tajribasida o‘z aksini 
topgan. 
Shunga ko‘ra, tadqiq etayotgan yo‘nalishimiz, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi soxasini yanada takomillashtirish 
uchun ham xorij tajribasiga murojaat qilish maqsadga muvofiq. 
Shuningdek, mamlakatimizda davlat boshqaruvi organlarining ochiqligi 
borasidagi huquq va majburiyatlari kafolatlarini ta’minlash bilan bog‘liq 
qonunchilikni takomillashtirish maqsadida quyidagi davlatlarning tajribasi 
o‘rganildi. Jumladan,
Germaniya Federativ Respublikasi. Germaniya Konstitutsiyasining 
17-moddasida har bir shaxs o‘zi va (yoki) boshqa shaxslar bilan birga iltimoslar yoki 
shikoyatlar bilan vakolatli davllat organlariga yoki xalq vakillik organlariga 
murojaat etishga haqli
34
ligi belgilangan. Shuningdek, Federal hukumat tomonidan 
2005-yil 5-sentyabrda “Axborot erkinligi to‘g‘risida”gi Qonuni
35
qabul qildi, va 
2006-yil 1-yanvarda Germaniyada federal darajadagi qonun sifatida amaliyotga 
tadbiq etildi. U davlat hujjatlari va ma’lumotlariga kirishni tartibga soldi. Shundan 
buyon, davlat organlari rasmiylar so‘rov bo‘yicha ma’lumot berishga majburligi va 
“rasmiy sir” amalda bekor qilindi. Shuingdek, ushbu Qonun bilan ichki 
maslahatlashuvlar bayonnomalari va ichki elektron pochta xabarlari so‘rov bo‘yicha 
34
 
https://www.britannica.com/place/Germany/Government-and society 
35
 
https://www.gesetze-im-internet.de/englisch_ifg/englisch_ifg.html#p0013
  


39 
ommaga e’lon qilinishi kerakligi, har bir shaxsga rasmiy federal maʼlumotlarga 
kirish uchun soʻzsiz huquq bergan hamda hech qanday yuridik, tijorat yoki boshqa 
turdagi asoslash shart emas
36
ligini kafolatlagan. Keyinchalik, Qonun 2013-yil 7-
avgustda yangilangan. Ushbu qonun 15 ta moddadan iborat bo‘lib, asosiy 
tamoyillari, maqsadi, jamoat manfaatlarini himoya qilish, intellektual mulk va 
biznes yoki tijorat sirlarini himoya qilish, ariza berish tartibi va shu kabi normalar 
mavjud.
Tadqiqot davomida ushbu Qonun bilan tanishib quyidagi qiziq 
ma’lumotlarga duch keldik, ya’ni har bir inson ushbu Qonun qoidalariga muvofiq 
federal hukumat organlaridan rasmiy ma’lumot olish huquqiga egaligi, federal 
organlar va muassasalarga nisbatan, ular davlat qonunchiligiga muvofiq ma’muriy 
vazifalarni bajarganlarida qo‘llanilishi, vakolat ma’lumot berishi, fayllarga kirish 
huquqini berishi yoki boshqa har qanday usulda ma’lumot berishi kerakligi 
belgilangan. 
Shuningdek, Ma’muriy protsessual qonun va Ijtimoiy kodeksda rasmiy 
ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha boshqa qonun hujjatlarining qoidalari ustuvor 
hisoblanishi ushbu qonunning asosiy tamoyillari sifatida keltirib o‘tilgan. Ushbu 
qonunning maqsadi esa quyidagicha 2 ga bo‘lingan: 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin