42
Bundan tashqari qonunda arizani ko‘rib chiqish muddatini 30 kun qilib
belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, federal komissar lavozimi ham joriy qilingan va
uning vazifasi ham belgilab o‘tilgan. Agarda axborot olishda ma’lumotlargga kirish
huquqi buzilganda ushbu federal komissarga murojaat qilish mumkin.
Qonunning 11-moddasida davlat organlariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni
rasmiylar e’lon qilib borishi haqidagi norma shakllantirilgan,
rasmiylar tegishli
ma’lumotlardan elektron foydalanish imkoniyatini yaratish majburiyati yuklatilgan.
Qonunimizning so‘nggi moddalarida hisobot va baholash normasi keltirilgan
a bunda, Federal hukumat ushbu Qonunning amal qilish muddati tugashidan ikki yil
oldin Germaniya Bundestagiga hisobot beradi. Germaniya Bundestagi qonunni amal
qilish muddati tugashidan bir yil oldin ilmiy asosda baholaydi
38
.
Bundan tashqari Germaniyada davlat boshqaruvi organlarining ochiq va
shaffof ishlashida jamoatchilik nazorati ham katta rol o‘ynaydi. Germaniya
qonunchiligida o‘ziga xos jihatidan biri jamoatchilik
nazoratining mavjudligi,
ko‘pincha aniq belgilangan intizomiy chegaralar mavjudligi, nemis xalqining
madaniyatiga bog‘liqligi bilan belgilanadi. O‘zboshimcha
va samarasiz usullarni
amalga oshirish jamoatchilik nazoratidan ko‘ra, o‘z fikrini bildirishdagi va uni talab
etishdagi intizomlar foydali deb hisoblanadi.
Jamoatchilik nazorati: Bundestag qoshidagi Jamoatchilik Qo‘mitasi.
Bundestag qoshidagi Jamoatchilik Qo‘mitasi 2004-yilda tashkil etilib
alohida organ hisoblanadi. Jamoatchilik Qo‘mitasining 20 nafar a’zosi bor,
jamoatchilik kengashi umumiy saylovlari asosida lavozimlariga tayinlanishadi.
Bundestagga Qo‘mita tomonidan kelib tushadigan iltimoslar va shikoyatlarni ko‘rib
chiqishi shart hisoblangan a’rizalari bo‘yicha qo‘mitaga ma’lumotlar taqdim etish
majburiyati yuklatilgan. Mazkur Qo‘mitaning shikoyatlarini tekshirish bo‘yicha
vakolatlari federal qonun asosida tartibga solinishi belgilab o‘tilgan.
38
https://www.bundesbank.de/en/homepage/freedom-of-information-act/freedom-of-information-act-619002
43
Shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasining 2011-yil 20-sentabrda
AQShning o‘sha vaqtdagi Prezidenti Barak Obama tashabbusi bilan Braziliya,
Indoneziya,
Janubiy Afrika Respublikasi, Meksika, Norvegiya, Fillipin,
Buyuk
Britaniya davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro shartnoma asosida tashkil etilgan
39
va hozirda
dunyoning 79 davlati a’zo hisoblanadigan “The Open Government Partnerships”
(OGP) ya’ni “Ochiq Hukumat Hamkorligi” tashkilotiga 2016-yilda a’zo davlat
sifatida qo‘shilishi ham ochiq hukumat va uning shaffoflik, hamkorlik, ishtirok etish
va hisobdorlik ustunlarini targ‘ib qilish bo‘yicha o‘z oldiga har kelgusi yil uchun
davlat dasturi ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.
Tadqiqotimiz davomida quyidagi davlatlarning davlat boshqaruvi
organlarining ochiqligini ta’minlashdagi
tajribasini, qonunchiligini hamda amalga
oshirgan ishlarini tahlil qilib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: