Davlat va huquq nazariyasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/40
tarix10.06.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#128200
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Boyquvvatov O. BMI 19.05.2023 so\'nggi

So‘nggi usulimiz axborotdan foydalanuvchilarning so‘rovi asosida ularga 
davlat boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida yozma va og‘zaki shaklda 
hamda elektron hujjat shaklida axborotlarni taqdim etish. Bu usul orqali biz davlat 
boshqaruvi organlari faoliyatiga doir axborotlarni olishda qanday tartibda so‘rov 
yuborishimiz, so‘rovga qo‘yilgan talablar, davlat boshqaruvi organi tomonidan 
so‘rovni ko‘rib chiqish muddati va tartibi hamda uni rad etish asoslari va tartibi 
haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Yuqoridagilarning barchasi “Davlat hokimiyati 
va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunining 18-20-moddalarida belgilangan bo‘lib, ushbu usulni 
axborotdan foydalanuvchining (jismoniy va yuridik shaxslar) davlat boshqaruvi 
organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etish haqida ushbu organlarningning 
mansabdor shaxslarihamda davlat organiga yo‘llanadigan og‘zaki va yozma hamda 
elektron hujjat shaklidagi
13
.talabdir 
Demak, murojaat etish uch shaklda amalga oshirish mumkin, ya’ni og‘zaki, 
yozma va elektron shaklda, bu jihatdan bu murojaat shakllariga o‘xshasada, biroq 
bunda murojaatdan farqli o‘laroq umumiy muddatda so‘rov ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqilishi, Ommaviy axborot 
vositasining davlat boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir 
hamda mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘pi 
bilan еtti kunichida ko‘rib chiqilishi belgilangan. 
Shuningdek, ushbu so‘rovga tegishli talab ham qo‘yilgan bo‘lib, bu 
Qonunning 20-moddasiga binoan Jismoniy shaxslarning so‘rovida familiyasi, ismi, 
otasining ismi, yashash joyi to‘g‘haqidagi ma’lumotlar hamda so‘rovning mohiyati 
bayon etilgan bo‘lishi kerak, yuridik shaxslarning so‘rovida yuridik shaxsning to‘liq 
13
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 
ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni


20 
nomi, uning joylashgan yеri va pochta manzili haqidagi ma’lumotlar va so‘rovning 
mohiyati bayon etilishi kerak. 
Bundan 
tashqari 
so‘rovning 
yozma 
shaklida 
axborotdan 
foydalanuvchilarning shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanishi kerakligi, agar shaxsiy imzo 
bilan tasdiqlashning imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, u qo‘shimcha ravishda 
tuzuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi qo‘yilishi va imzosi bilan 
tasdiqlanishi
14
kerakligi keltirib o‘tilgan. 
Yana bir muhim talablardan biri axborotdan foydalanuvchilarni 
identifikatsiyalash imkonini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatish hamda faqat shu 
tartibdagi so‘rovlar ko‘rib chiqilishi, ushbu talabga tushmagani esa, anonim 
hisoblanib ko‘rib chiqilmasligi belgilangan. 
Ushbu paragrafda umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak, davlat boshqaruvi 
organlarining ochiqligini ta’minlash usullari milliy qonunchilikda 6 ta ya’ni, 
axborotni e’lon qilish va chop etish, ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish va 
yangilash;barcha kirishi mumkin bo‘lgan xonalarga va joylarga joylashtirish hamda 
yangilab borish, axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish,
15
organlarning ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir 
bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish, so‘rovga asosan tegishli axborot taqdim etishdir. 
Ushbu usullar Qonun bilan belgilanishi esa, ushbu huquqni yanada 
mustahkamlanganidan dalolat beradi. 
 
14
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 
ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni
15
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 
ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni


21 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin