24
organi murojaatchi tomonidan so‘ralayotgan axborotga ega bo‘lmasa, ushbu axborot
mavjud emasligi haqida еti kundan kechiktirmay murojaatchiga ma’lum qilishi va
ushbu ma’lumotga ega davlat organi va mansabdor shaxsning nomini ma’lum qilishi
shartligi belgilangan.
Ushbu qonun davlat organlarining faoliyaning ochiqligini ta’minlash
masalalarini tartibga solishga qaratilgan bir qancha qonunlar va qarorlar ishlab
chiqilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil
12-dekabrdagi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi
Qonunining qabul qilinishi, axborot, axborot resurslari, axborot borasidagi
xavfsizlik, maxfiy axborot va axborot erkinligining asosiy prinsiplariga ta’rif
berilgan. Shuningdek, yozma so‘rovga qo‘yilgan talablar, shaxs, jamiyat va
davlatning axborot borasidagi xavfsizligi nima ekanligiga aniqlik kiritilgan.
Jumladan:
axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar,
predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Dostları ilə paylaş: