28
ballgacha bo‘lganlar -
“sariq” va 55 balldan past ko‘rsatkich qayd etganlar -
“qizil”
toifalarga
25
kiritilishi belgilangan.
Ushbu baholash tizimida umumiy, ulardan 21
ta vazirlik, 14 ta mahalliy
davlat hokimiyati organlari, 32 ta davlat ishtirokidagi tashkilotlar hamda 19 ta
qo‘mita va agentliklardan iborat 86 ta vazirlik, idora va muassasalar qamrab olingan.
Quyidagi jadvallarda davlat organlarining Ochiqlik indeksi bo‘yicha 2022-yilda
qanday baholanganligini va qanday natija ko‘rsatganligini ko‘rishimiz mumkin.
Jadval 1.
25
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va
tashkilotlarining faoliyati
ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi Farmoni
31
Yuqoridagi jadvallar va keltirib o‘tilgan ma’lumotlar
natijasida shunday
xulosaga kelishimiz mumkinki, har bitta davlat organlari faoliyatiga doir
axborotlarni har bir shaxs erkin va moneliksiz foydalanishi uchun o‘z vaqtida e’lon
qilishi va haftada kamida bir martta yangilab borish majburiyatiga egaligi haqida
ma’lumot oldik. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib
sariq
va
qizil toifaga kiruvchi davlat organlarining javobgarligi masalasida va “Davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun va
yuqorida keltirib o‘tgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini
ta’minlamaganligi va bajarmaganligi uchun qonunchiligimizda qanday jazo chorasi
qo‘llanilishi haqida ma’lumot keltirib o‘tamiz. Jumladan O‘zbekiston
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215
7
-moddasida
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzganlik, jumladan, Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladigan va
ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatida belgilab o‘tilgan
ma’lumotlarni e’lon
qilmaslik, to‘liq e’lon qilmaslik, e’lon qilish muddatlari va
tartibiga rioya etmaganligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatganlik holatlari
aniqlansa mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash
miqdorining uch baravaridan
besh baravarigacha miqdorda jarima solishga, ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo
chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, mansabdor
shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solish uchun asos bo‘lishi keltirib o‘tilgan.
(Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga
kiritilayotgan mazrkur o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash,
shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-6247-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida
ishlab chiqilgan)
26
.
26
32
Ushbu vazifani O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risida”gi kodeksining 245
10
-moddasida keltirib o‘tilganidek, O‘zbekiston
Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas’ul mansabdor
shaxslari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishi hamda
282-moddasiga binoan belgilangan tartibda sudga
yuborish huuquqiga egaligi
keltirib o‘tilgan.