16
1.2. Davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash usullari va
uning o‘ziga xos xususiyatlari
Bilamizki, har bir sohada tadqiqot o‘tkazish, sohaga yangilik kiritish yoki
takomillashtirish zarurati paydo bo‘lganda, uni ta’minlash usullari ko‘rsatib o‘tiladi.
Ushbu prinsipdan kelib chiqqan holda, davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini
ta’minlash sohasini takomillashtirishdagi olib borayotgan
tadqiqotimizni amalga
oshirish usullari xususida tahlil qilib ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasida davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash
usullarini “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 11-moddasida
davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari
quyidagilardan iborat
, jumladan:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi
axborotni e’lon qilish (chop etish);
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi
axborotni ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish va yangilab borish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi
axborotni hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalarga va joylarga joylashtirish hamda
yangilab borish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi
axborotni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida
axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish;
axborotdan foydalanuvchilarning so‘rovi
asosida ularga davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida og‘zaki va yozma
shaklda (shu jumladan elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etish
12
12
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining
ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni
17
Ushbu usullardan dastlabkisi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish). Bunda davlat boshqaruvi
organlari faoliyatiga doir axborotlarni qanday tartibda va qanday vositalar orqali
e’lon qilishi haqida ma’lumot olishimiz mumkin. Xususan,
davlat boshqaruvi
organlarining faoliyatiga doir axborotni har bitta davlat boshqaruvi organlarining
rasmiy nashrlari, rasmiy veb-saytlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari orqali
e’lon qiladi hamda faoliyatiga doir axborotlarni o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida
joylashtiradi va yangilab boradi. Bu haqda biz
navbatdagi usulimiz orqali
ma’lumotga ega bo‘lamiz, jumladan, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi sohasidagi qanday turdagi axborotni e’lon
qilish va qancha muddatda
yangilab borish haqida yuqoridagi qonunimizning 13-moddasida keltirib o‘tilgan va
bir qator turdagi axborotlar (
Ma’lumot uchun: rahbarlar to‘g‘risidagi
ma’lumot;davlat boshqaruvi organlarining tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining ish
tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning telefon raqamlari hamda pochta
manzillari, va hakozo.) e’lon qilinishi mumkinligi keltirib o‘tilgan. Albatta,
yuqoridagi axborotlar qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan
axborotlardan tashqari joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotlardir. Shuningdek,
ushbu axborotlarning yangilab borish masalasi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak,
moddaning
ikkinchi qismida, davlat boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir
axborotlarni rasmiy veb-saytlarda joylashtirish va ularni yangilab borish davlat
boshqaruvi organlari
tomonidan belgilanishi, lekin haftasiga bir martadan kam
bo‘lmasligi kerakligi haqida ma’lumot keltirib o‘tilgan. Bundan shunday xulosa
chiqarishimiz
mumkinki, davlat boshqaruvi organlari o‘z faoliyatiga doir
axborotlarni doimiy ravishda rasmiy veb-saytlarda e’lon qilib borish va ularni
doimiy tarzda yangilab borish majburiyatiga egadirlar.
Dostları ilə paylaş: