Davlat va huquq nazariyasi


o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/40
tarix10.06.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#128200
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Boyquvvatov O. BMI 19.05.2023 so\'nggi

o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini 
har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo`ymoqda
51
- deb 
ta’kidlashlari ham bu borada ishlar yuqori darajada olib borilayotgandan dalolat. 
Albatta ushbu masala juda muhim, demak, davlat boshqaruv organlarining 
ochiqligi tushunchasiga, bir qator adabiyotlarda quyidagicha tushuntirish berilgan, 
jumladan, davlat boshqaruvi organlarining ochiqligi borasida tadqiqot o‘tkazgan 
olim F.Belozor tomonidan jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni 
demokratik jihatdan ishtirok etish, shuningdek, davlat siyosati, davlat va munitsipal 
boshqaruv qarorlarini shakllantirishda, ularning bajarilishini nazorat qilishda 
ishtirok etish uchun huquqiy va faktik imkoniyatlarni yaratib berish shart deb davlat 
boshqaruvining ochiqligiga ta’rif berib o‘tgan. Bunda biz davlat boshqaruvi 
organlarining ochiqligida fuqarolik jamiyati vakillari davlat boshqaruvi organlari 
faoliyati to‘g‘risida maksimal, qonuniy kafolatlangan va ishonchli ma’lumotlarga 
ega bo‘lishlari kerakligini anglab olishimiz mumkin. 
Yuqoridagilarga asoslanib, ushbu tushunchaga quyidagicha ta’rif beramiz, 
ya’ni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligi bu – jismoniy va yuridik 
shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi 
axborotni olish, undan foydalanish va ushbu axborotni tarqatishdagi huquqining 
ta’minlanishidir. 
51
Mirziyoyev Sh.M “Milliy taraqqiyot yo`limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko`taramiz”. – 
Toshkent: “O`zbekiston”NMIU, 2017. – B 114. 


63 
Bundan tashqari davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlashni 
takomillashtirish uchun olib borilgan tadqiqotimizda, xorijiy davlatlar qonunchiligi, 
amalga oshirgan ishlari, ushbu sohani takomilashtirish uchun joriy qilgan yangicha 
yondashuvlarni va olimlarning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy tadqiqotlari, yozgan 
ilmiy qo‘lyozmalari va o‘quv adabiyotlarini o‘rganib chiqdik. Jumladan,ushbu 
tadqiqotimiz davomida o‘rganilgan Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya, 
Germaniya Federativ Respublikasi va AQSh kabi davlatlarning tajribasini o‘rganib 
chiqish davomida, ushbu davlatlarning Open Government Partnerships tashkilotiga 
a’zo davlatlar ekanligi, ushbu davlatlarning tadqiqotimiz mavzusi hisoblangan 
davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash masalasida bir yoki ikki yil 
uchun mo‘ljallangan “Milliy Rejasi”ni ishlab chiqishi va belgilangan yil yakunlari 
bo‘yicha hisobot maqolasi chop etishi, agarda “Milliy Reja” da belgilangan 
vazifalarni bajara olmasa yuqoridagi tashkilot tomonidan ogohlantirish xati olishi, 
bu bilan tashqi siyosatdagi o‘rniga zarar еtishi mmumkinligi haqida ma’lumotlarga 
ega bo‘ldik. 
Koreya Respublikasi tomonidan “Aqlli Hukumat” (Smart Government) 
dasturi, zamonaviy texnologiyalar orqali fuqaro bilan muloqot qilishni hamda 
jamoatchilik fikrini inobatga olib qonunlar ishlab chiqishni hayotga tadbiq etishi 
orqali bugungi kundagi rivojlangan Koreya davlatini shakllantirdi.
Bundan tashqari Germaniya Federativ Respublikasining ushbu sohani 
takomillashtirish borasidagi amalga oshirgan ishlarini tahlil qilib chiqdik. Tahlil 
qilish davomida shuni guvohi bo‘ldikki, Germaniyada jamoatchilik nazorati ancha 
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ekan.
Xuddi Germaniya singari Buyuk Britaniyada ham jamoatchilik nazorati va 
qabul qilingan qonunlarning ijrosini ta’minlash ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ekan. 
Davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlashni takomillashtirish borasida 
ushbu davlatlar olib borgan ishlari va amaliyotga tadbiq etgan yangiliklaridan milliy 
qonunchiligimizda va hayotimizga еtarli darajada o‘zlashtirsak bo‘lar ekan.


64 
Ochiq hukumat dasturining ijodkori hisoblanadigan AQSh davlatining ushbu 
sohani takomillashtirishga joriy qilgan tajribasini o‘rganish davomida, biz davlat 
organlarining hisobdorligi, faoliyatini shaffof tarzda olib borishi va jamiyat rivoji 
uchun qabul qilinayotgan qonunlar jamoatchilik fikrini inobatga olib qabul qilinish 
haqidagi maa’lumotlarga ega bo‘ldik.
Shuningdek, amaldagi qonunchilikda uchraydigan kamchiliklarni tahlil qilib 
chiqish natijasida ularga еchim bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli xil taklif va tavsiyalar 
berib o‘tdik.
Davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik 
hujjatlarining rivojlanishi quyidagi to‘rtta bosqichga bo‘lib tahlil qilib berildi: 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin