Davlat va huquq nazariyasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/40
tarix10.06.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#128200
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Boyquvvatov O. BMI 19.05.2023 so\'nggi

yillar, uchinchi bosqich 2017-2021-yillar, to‘rtinchi bosqich 2022-yilda 
boshlanib, hozirda davom etayotgan davr. 
2. Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga doir 
tashkiliy huquqiy asoslarni takomillashtirish va zamonaviy axborot 
kommunikasiyalarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar: 
2. Davlat boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarini yanada 
takomillashtirish, fuqarolarning davlat organlari taqdim etayotgan faoliyatiga doir 
axborotlarni sifati, foydaliligi va dolzarbligini baholash uchun har bitta davlat organi 
veb-saytida “Fuqaro taklifi” deb nomlangan yangi funksiya qo‘shish hamda ushbu 
funksiyani O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 
tomonidan online nazorat qilinishini ta’minlash. 
3. Bugungi kunda, O‘zbekistonda davlat organlariga murojaat qilish 
huquqiga ega shaxslarning har birida elektron raqamli imzoning mavjud emasligi 
hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatiladigan xizmatlarning 
katta qismiga shaxsiy elektron raqamli imzo kerakligini inobatga olib, “shaxsiy 
kabinetorqali 
www.my.gov.uz
portalidagi barcha xizmatlardan foydalana olish 
imkoniyatiga ega bo‘ladigan qilib takomillashtirish. 
4. Bugungi kunda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan 
barcha normativ-huquqiy hujjatlar ham jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmaydi 
52
O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksi


66 
yoki jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan normativ-huquqiy hujjatlarga fuqarolar 
tomonidan berilgan takliflar natijasi, taklif qabul qilinganligi yoki rad etilganligi 
bo‘yicha javob qaytarish texnikasi yеtarli darajada ishlamasligi sababli 
www.regulation.gov.uz
 portalini takomillashtirish kerak. 
5. Davlat organlarida ochiqlik indeksining joriy qilinganligi davlat 
boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlashga yaxshi xizmat qilmoqda. Shu 
sababli “Ochiqlikni baholash indeksi”(OBI) veb-platformasi hamda mobil 
ilovasini yaratish zarur. 
6.  Davlat boshqaruvi orgganlarining ochiqligini ta’minlashda jamoatchilik 
nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolarning faolligini oshirish maqsadida “Aqlli 
Hukumat” respublika tanlovini e’lon qilish. 
7. Taraflarning roziligi bilan boshqa fuqarolarning huquqlari va erkinliklari 
bilan bog‘liq, aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish, jamoat tartibini saqlash, ekologiya, 
yo‘l transport hodisalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, korrupsiya sohasidagi 
huquqbuzarliklarga oid ishlar bo‘yicha ochiq sud majlislarini yozib olish va uni 
sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi bo‘yicha 
www.sud.uz
 veb-saytiga joylash 
yoki jonli efirga uzatish amaliyotini yo‘lga qo‘yish tizimini ishlab chiqish kerak. 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin