Davlat va huquq nazariyasi


 Amaldagi qonunchilik istiqbollari



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/40
tarix10.06.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#128200
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Boyquvvatov O. BMI 19.05.2023 so\'nggi

3.2. Amaldagi qonunchilik istiqbollari 
Davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari deb 
nomlangan tadqiqot ishida nodavlat notijorat tashkilotlari davlat organlari faoliyati 
ochiqligini ta’minlashda “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 
7-moddasida ko‘rsatilgan huquqlaridan to‘liq foydalangan holda ishtirok etishi 
kerak degan fikrni ilgari surishimiz mumkin.
Shuningdek, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasidagi nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat 
organlariga faoliyatiga doir axborot taqdim etish to‘g‘risida so‘rovini ko‘rib chiqish 
va javob berishning “o‘ttiz kunlik” muddatini “Davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga 
muvofiqlashtirish maqsadida “o‘n besh kunlik” muddatga o‘zgartirish maqsadga 
muvofiq, degan taklifni ilgari surishimiz mumkin. Ushbu taklif natijasida, kelajakda 
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qonunchilikdagi kolleziyalarning oldini olishimiz 
mumkin. 
Ushbu tadqiqotimiz davomida, davlat organlari faoliyatining ochiqligini 
ta’minlash quyidagi 6 ta usul orqali amalga oshirilishi tahlil qilingan: 
davlat organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish (chop 
etish); 
davlat organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni ularning rasmiy
veb-saytlarida joylashtirish va yangilab borish; 
davlat organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni hamma kirishi mumkin 
bo‘lgan xonalarga va joylarga joylashtirish hamda yangilab borish; 
davlat organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va 
arxiv fondlari orqali taqdim etish;
davlat 
organlarining 
ochiq 
hay’at 
majlislarida 
axborotdan 
foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish; 


58 
axborotdan foydalanuvchilarning so‘rovi asosida ularga davlat 
organlarining faoliyati to‘g‘risida og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan 
elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etish. 
Davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari deb 
nomlangan tadqiqotimizda, xorijiy davlatlar qonunchiligi, xalqaro ilmiy adabiyotlar 
bilan bir qatorda milliy qonunchilik hujjatlari va ilmiy adabiyotlarni tadqiq qilish 
natijasida, qonunchilik hujjatlarini yanada aniq tartibga solish maqsadida quyidagi 
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi hamda 
ularni hayotga tadbiq qilinishi yuzasidan takliflarni ishlab chiqdik:
a) “Davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni rasmiy nashrlar
rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish 
(chop etish) tartibi”; 
b) “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni 
ularning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish hamda yangilab borish tartibi”; 
v) “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni 
hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylar va xonalarga joylashtirish hamda yangilab 
borish tartibi”; 
g) “Davlat organlari va tashilotlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni
arxiv fondlari va axborot-kutubxona orqali taqdim etish tartibi”. 
Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashni takomillashtirish 
istiqbollari deb, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasidagi 
xorijiy davlatlar tajribasi va xalqaro standartlar tahlili hamda davlat organlari 
faoliyatining ochiqligini ta’minlash jarayonini takomillashtirishning ustuvor 
yo‘nalishlari tadqiq etiladi. 
Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasida xorijiy 
davlatlar (Germaniya Federativ Respublikasi, Korea Respublikasi, Buyuk Britaniya 
va AQSH) qonunchiligi va tarixi o‘rganilgan. Jumlada, 1766-yil 2-dekabrda 
“Matbuot erkinligi to‘g‘risida”gi qonun bilan Shvetsiya fuqarolarga axborot olish 
huquqini kafolatlash va ochiqlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi qonunchilik qabul 


59 
qilindi degan ma’lumotga duch keldik. Ammo, izlanishlarimiz natijasida 1710-yil 
10-aprelda Buyuk Britaniyada qabul qilingan “Mualliflik huquqlari to‘g‘risida”gi 
Qonun dastlabki fuqarolarning axborot olish huquqini kafolatlash va ochiqlikni 
ta’minlashga xizmat qiluvchi hujjat ekanligi o‘z isbbotini topdi. 
Bundan tashqari, AQSh Konstitutsiyasiga dastlabki 10 ta tuzatish kiritishni 
tasdiqlovchi hujjat hisoblanadigan “Huquqlar to‘g‘risida Bill”ning 3-moddasida 
so‘z va matbuot erkinligining belgilab qo‘yilishi ham ushbu tadqiqot mavzumizning 
tarixdan rivojlanib kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan norma desak mubolag‘a 
bo‘lmaydi. 
Shuningdek, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assableyasi tomonidan 
1948-yilning 10-dekardagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, 1950-
yilning 4-noyabrdagi “Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish 
to‘g‘risidagi konvensiya”, 1966-yil 16-dekabrdagi “Fuqaroviy va siyosiy huquqlar 
to‘g‘risida xalqaro pakt” larning qabul qilinishi hamda o‘z ichiga har bir shaxsning 
axborotni erkin izlash, olish va tarqatish huquqi kafolatlanganligi haqidagi 
normaning mavjudligi hamda ushbu qoidaning dunyo miqyosida prinsipial 
ahamiyati belgilab berilganligini ancha ahamiyatli. 
So‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslar 
bo‘yicha o‘rnini tahlil qilgan holda quyidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tishimiz 
mumkin. Jumadan, 2021-2022-yilllarda keltirib o‘tilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 
Global innovatsiyalar indeksida (GII) 132 ta mamlakat orasida 82-o‘rinni, Jahon 
mamlakatlari demokratiyasi indeksining 2021 yildagi reytingida 150-o‘rinni, 
“Corruption Perceptions Index” 2022-yilgi holatiga ko‘ra 180 mamlakat ichida 126-
o‘rinni va boshqa reytinglarda ham natijalarimiz еtarli darajada yaxshi deb bo‘laydi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan va boshqa xalqaro reytinglarda o‘rnimizni yaxshilash 
uchun quyidagi takliflarni hayotimizga tadbiq etishimiz darkor. Xalqaro ochiqlik 
tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish, “Ochiq Hukumat 
Hamkorligi” tashkiloti bilan aloqalarni yaxshilash va ushbu tashkilotning ochiqlik 
tizimidagi asosiy prinsip va maqsadlarini joriy etgan holda, Milliy Harakat dasturini 


60 
ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish maqsadida “Corruption 
Perceptions Index”ning qoidalarini qonunchiligimizda aks ettirish, sshuningdek, 
“Xalqaro budjet hamkorligi” (International budget partnership) tashkiloti 
reytinglarida O‘zbekistonning ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-
tadbirlarni ko‘rish lozim. 
Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunga qadar davlat organlari 
faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan maxsus davlat dasturlari qabul 
qilinmagan. Shu sababli, Germaniya Federativ Respublikasi, Korea Respublikasi
Buyuk Britaniya va AQSH davlatlarining tajribasini o‘rgangan holda, davlat 
organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan “Milliy Harakatlar 
Rejasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash, sud tizimida ochiqlikni ta’minlash borasida 
esa, taraflar rozi bo‘lgan hollarda fuqarolarning huquq va erkinliklari bilan bog‘liq, 
aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish, jamoat tartibini saqlash, ekologiya, yo‘l transport 
hodisalari, 
aholini 
ijtimoiy 
muhofaza 
qilish, 
korrupsiya 
sohasidagi 
huquqbuzarliklarga oid ishlar bo‘yicha ochiq sud majlislarini yozib olish va uni 
www.sud.uz
veb-saytiga tegishliligi bo‘yicha joylash yoki jonli efirga uzatish 
amaliyotini yo‘lga qo‘yish, davlat boshqaruvi organlarida jamoatchilik rolini 
oshirishda esa, davlat boshqaruvi orgaanlarida ochiqlikni ta’minlash borasidagi 
ishlar ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda “Jamoatchilik nazorati 
to‘g‘risida”gi Qonunda keltirib o‘tilgan jamoatchilik monitoringini kuchaytirish va 
jamoatchilik subyektlarining vakolatlarini kengaytirish lozim. 
Bitiruv malakaviy ishimiz yuzasidan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi. Ushbu 
so‘rovnoma natijalarini ilovada keltirib o‘tamiz.
50
Yuqorida keltirib o‘tilgan, davlat boshqaruvi organlarining ochiqligi 
borasidagi kamchiliklar yuzasidan keltirilgan ma’lumotlar hamda ularni yеchimi 
sifatida keltirib o‘tilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda, davlat 
50
https://docs.google.com/forms/d/1LFtDgWadf1LY_v_LYP7mIzLZjr6ACXw6wQKMJkTvHX
Q/edit#responses



61 
boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash usullari vatizimini takomillashtirish 
darkor. 


62 
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda, davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini 
ta’minlash masalasi bugungi kunda dolzarbligicha qolmoqda. Shu sababli, 
mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash 
masalasida olib borilayotgaan islohotlar, ishlab chiqilayotgan yangiliklar va qabul 
qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar natijasida ushbu soha tartibga solinmoqda. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 
islohotlarning inson manfaatlariga xizmat qilishi borasida “Bugun hayotimizning 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin