Davlat va huquq nazariyasi


Davlat tushunchasi,uning mazmun-mohiyati



Yüklə 327,12 Kb.
səhifə3/7
tarix23.05.2023
ölçüsü327,12 Kb.
#121048
1   2   3   4   5   6   7
Davlat va huquq nazariyasi

1.2.Davlat tushunchasi,uning mazmun-mohiyati.
Jamiyat - bu insonlarning manfaatlari va ehtiyojlarini hondirish maqsadida, ularning o‘zara birlashuvi va kishilar o‘rtasida iqtisodiy, ahloqiy, diniy va ma’naviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning yig‘indisidir.
Kishilik jamiyatining taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi kuchlar quyidagilardan iborat;
1. Iqtisodiy kuch- bunga jamiyatdagi ishlab chiqarish hurollari, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari kiradi.
Siyosiy kuch - bunga jamiyatdagi siyosiy, huquqiy va ma’naviy asoslar kiradi.
3. Mafkuraviy kuch - jamiyatdagi barcha hoyalar, harashlar yig‘indisidir. Jamiyatning sub’ekti bo‘lib fuqarolik, millat, elatlar, sinflar,guruhlar va tabaqalarlar qatnashadi. Jamiyatda biologik qonunlar emas, ijtimoiy qonunlar harakat qiladi. Jamiyatning asosini kishilarning ma’lum jamiyatga birlashtiruvchi uning iqtisodiy tuzilishi (moddiy) asosimni tashkil etadi. Bundan quyidagi 3 ta holat kelib chiqadi.
Birinchidan kishilik jamiyati turli ijtimoiy iqtisodiy bosqichlarga (quldorlik, feodal, kapitalistik, sotsialistikka) bo‘linadi.
Ikkinchidan ijtimoiy turmush iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy kabi muhim sohalarga bo‘linadi.
Uchinchidan ijtimoiy munosabatning sub’ektlari shahs, oila, millat, elatlar, sinf va turli tabaqalar unda ishtirok etadi.
Jamiyatda ijtimoiy va siyosiy hokimiyat mavjud. Ijtimoiy hokimiyat bu ibtidoiy jamoa tuzimi davlatsiz jamiyatga taalluqlidir. Ibtidoiy jamoa tuzimining tuzilish tarqibini urug‘ fratriya va qabila tashkil qilgan. Uruh bu kishilarning uon va til jihatidanhh yaqin bo‘lgan ittifoqidir. Bir necha urug‘ birlashib fratriyani (lotincha uyushma), bir necha fratriya birlashib qabilani tashkil qilidi. Bularning urug‘, fratriya va qabilani umumiy yigilishida saylab qo‘yilgan, hayot tajribasiga ega bo‘lgan va jamoa a’zolarining hurmatiga loyik bo‘lgan oksoqollar kengashi boshqaorgan. Ibtidoiy jamoa tuzimida kishilarning tenglik , ozodlik va kardolik, demokratik qoidalari mavjud bo‘lib, ular tenglik, ozodlik va kardoshlik demokratik qoidalari mavjud bo‘lib, ular tenglik, ozodlik va birodorlik asosida tartibga solinar edi. Bu turmush qoidalari barcha jamiyat a’zolarining manfaatiga mos bo‘lib, ular tomonidan ongli ravishda bajarilgan.
Jamiyatda ijtimoiy ishlab chiqarishning taraqqiyoti, hususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va bu bilan bo‘g‘liq byuulgan jamiyatning qarama -qarshi sinflarga bo‘linishi jamiyatni davlat orqali boshqarish-siyosiy hokimiyat shakliga olib keladi..
Kishilik amiyatning taraqqiyotining keyingi bosqichi bu davlati jamiyatdir. quldorlik davlat ekspulatatsiyaga asoslangan birinchi davlatdir. Bu davlat hukmron sinf quldorlar sinfini manfaatlarini imoya qiladigan siyosiy hokimiyatdir. quldorlar ishlab chiqarish vositalar, ishlab chiqarish mahsulotlari va ishlab chiqaruvchi kuch hisoblangan mazlum sinf qo‘llairga hususiy mulk tarikasida egalik qilgan.
Jamiyatning ma’lum tarixiy sharoitida quldorlik ishlab chiqarish usuli taraqqiyot talablariga javob bermay qoldi, u feodal ishlab chiqarish usuli bilan almashdi. quldorlar davlati o‘rniga feodal davlati paydo bo‘ldi. Feodal jamiyatining asosiy sinflari hukmron sinf feodallar, haram sinf krepostnoy dehhonlardir. Feodallar ishlab chiqarish hurol va vositalariga to‘la , ishlab chiqarash kuch hisoblangan krepostnoy dehkonlar esa kiman egalik qilgan. Demak feodal yerini tekinga ishlab berishga, o‘z yerida yetishtirilgan hosildan soliq to‘lashga majbur bo‘lgan2.
Kishilik jamiyatnin ma’lum tarixiy sharoitda feodal ishlab chiqarish usuli kapitalistik ishlab chiqarish usuli bilan bu usul esa sotsialistik usul bilan almashadi. Demak kishilik jamiyati 5 ta ijtimoiy iqtisodiy bosqichlarga bo‘linadi (ibtidoiy jamoa tuzimi, quldorlik, fedal, kapitalistik va sotsialistik). Shulardan davlatsiz jamiyat(quldorlik, feodal, kapitalistik va sotsialistik) dir.
Davlat ibtidoiy jamoa tuzimida ishlab chiqarish qurollari rivojlanib mehnat taqsimotini paydo bo‘lish ya’ni ovchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va sovdagarchilikni ajralishiga olib keladi. Bu hol avval hukm surib kelgan ko‘p oilalikka barham berib, jamiyatda ayollar hukmronligi inkirozga uchrab yakka oylalikka erkaklar hukmronligigiga olib keldi. Bu oilalar qo‘lida ishlab chiqarish qurollari va mahsulotlar tuplanadi. Natijada ibtidoiy jamo tuzimidagi umumiy mulk o‘rnida hususiy mulk paydo bo‘lib bu bilan jamiyat qarama - qarshi sinflarga bo‘linib davlat paydo bo‘ldi. Davlat jamiyatdan paydo bo‘lib, u ishtimoiy hodisa bo‘lib, ob’ektiv qonuniyatdir.
Davlat jamiyatdagi barcha sinf, millat, elat, tabora va xalqning iqtisodiy siyosiy va goyaviy jihatdan hukumronlik qiluvchi siyosiy tashkilotdir. Fanda dastlabki davlatlar Yvropa kitasida paydo bo‘lgan degan fikrlar mavjud. Aslida esa dastlabgi davlatlar bizning eramizga qadar bo‘lgan 4-3 ming yillarda sharqda Messonotomiya, qadimgi Misrda, Hindiston, Hitoy va Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan.
Quldorlik va feodal tipdagi davlatlar faqat yevropada amal qilgan (Z.I.Islamov) bo‘lib, qolgan dunyoda esa – Osiyo, Afrika, Amerikada ahamiyatan boshqa ko‘rinishdagi davlatlar bo‘lgan, bu o‘z navbatida davlatlar tipiga sinfiy yondashuvdan farqli sharqiy yondashuvni ham borligini bilish imkoniyatini beradi. xaqiqatan, ularni bunday ajratib kursatishga asos bo‘lgan. Sababi qadimgi davlatlar (Egipet, Vavilon, Xindiston, Xitoy va b.) sug‘oriladigan yerlar zonasida bundan 5 ming yil oldin paydo bo‘lishgan. Ularning paydo bo‘lish sabablaridan bittasi sug‘orish tizimlarining qurilishi natijasida ishlab chiqarishning birdaniga o‘sishi bo‘ladi. Ishlab chiqarish yoki qishloq xo‘jaligining bunday harakteri qabilalarning saqlanib holishini belgilab beradi, chunki bitta oila sug‘orish inshootlarining qurilishini va ekspluatatsiyasini boshqara ololmas edi. Shuning uchun ham ularda yerga nisbatan xususiy mulkchilik vujudga kelmadi, ishlab chiqarish qurollariga nisbatan sinfiylik bo‘lmadi3.


Yüklə 327,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin