Davlat va huquq nazariyasining о`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 74,92 Kb.
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü74,92 Kb.
#178176
1   2   3   4   5
o\'quv fani sifatida davlat va huquq fanining tuZulishi

Huquqshunoslik fani — eng muhim ijtimoiy fanlardan biri. Chunki u kishilik jamiyatiga xos bо`lgan davlat va huquqni yaxlit ijtimoiy hodisa va voqelik sifatida о`rganadi.
Har bir fan obyektiv olamdagi narsa va hodisalarning u yoki bu tomonlarini о`rganishni о`z oldiga maqsad qilib qо`yadi.
Mustaqil fan bо`lmish davlat va huquq nazariyasi ham mavjud voqelikda yuz berayotgan davlat va huquqni ijtimoiy hodisa sifatida har tomonlama о`rganishni о`zining asosiy maqsadi deb biladi. Demak, mavjud voqelikda yuz berayotgan, davlat va huquqqa tegishli hodisa hamda jarayonlar davlat va huquq nazariyasi fanining obyektini tashkil etadi.
Davlat va huquq nazariyasi fanining predmetini davlat va huquqning kelib chiqishi, rivojlanishi va xarakatda bо`lishining eng umumiy qonuniyatlari tashkil etadi. “...Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning ayrim jihatlariga tegishli bо`lgan qandaydir alohida ijtimoiy qonuniyatlarni emas, balki aynan uyg`un birlikda olingan shu qonuniyatlar butun tizimining eng umumiy va mavhum kо`rinishda о`z doirasiga kiritadi, ya`ni о`rganadi. Shunday qilib, u barcha davlat va huquq hodisalari va jarayonlari uchun umumiy qonuniyatlarni о`rganadi, davlat va huquqni yahlit ijtimoiy hodisa sifatida tadqid etadi”1[1].
Davlat va huquq nazariyasi huquqiy amaliyot qonuniyatlarini aks ettiruvchi tajribani mantiqan umumlashtiradi, ular taraqqiyotining asosiy tamoyillarini aniqdab beradi. Davlat va huquq nazariyasi huquqiy amaliyot bilan uzviy bog`langan bо`lib, amaliyotga xizmat qiladi va amaliyotdan kelib chiqadi.
Davlat va huquq nazariyasi xayot tarixiy taraqqiyot jarayonida ilgari surgan vazifalar negizida о`z xulosa va takliflariga aniqliklar kiritadi, ularni boyitadi va rivojlantiradi. Davlat va huquq har bir jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining muhim kо`rsatkichidir. Demokratik huquqiy davlatni shakllantirishda shaxs, davlat va jamiyat huquqiy madaniyatini yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat va huquq nazariyasi — davlat va huquq taraqqiyotining umumiy qonunlari haqidagi fan bо`lib, uning predmetini davlat va huquqning mohiyati, kelib chiqishi, rivojlanish prinsiplari va qonuniyatlari tashkil etadi.
Har bir jamiyatdagi demokratik о`zgarishlar va islohotlar muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu jarayonlarga jahon, davlat va huquq tarakkiyoti ta-lablari, andazalari va tamoyillari nuqtai nazaridan qarash zarur. Bu, bir tomondan, О`zbekistondagi huquqiy islohotlarning yо`nalishlari va mezonlari, qadriyatlari va maqsadlarini aniq, belgilashga yordam bersa, ikkinchi tomondan mamlakatimizda davlat va huquq qachon paydo bо`lgan, qanday rivojlangan, qayoqqa qarab ketyapti, uning о`ziga xos jihatlari, rivojlanishining shakl va kо`rinishlari qanday, mezonlari bormi yoki dunyo-dagi mavjud huquqiy taraqqiyot о`zanidan ketyaptimi, degan savollarga javob topish imkonini beradi. Ana shu muammolar davlat va huquq nazariyasi fanining asosiy masalalarini tashkil etadi.
Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqda tegishli hodisa va jarayonlarining muhim, zaruriy, umumiy tomonlarini о`rgangan holda jamiyat taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlarini tushuntirib berish, uning ijtimoiy-siyosiy maqsadlarini belgilash va mavjud ijtimoiy munosabatlarni davlat va huquq yо`li bilan boshqarish mexanizmlarini ochish, ularning rivojlanish istiqbollarini kо`rsatib berish bilan shug`ullanadi. Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi faniga quyidagicha ta`rif berish mumkin:

Yüklə 74,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin