Nazorat uchun savollar:
l.A Q S h d a davlat xarajatlarining byudjetlar o'rtasida taqsimlanish
darajasi qanday ?
2. AQShning davlat xaridi sohasidagi faoliyatini umumiy m uvofiq-
lashtirish organlari kimlar?
3. AQShda boshqa mamlakatlar amaliyotida uchramaydigan xaridni
soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish usuli qanday?
4. AQShda xarid sohasiga tegishli bo ‘Igan barcha qonunchilik qanday
kategoriyalarga ajratiladi va ulam i tushuntirib bering.
5. A Q Sh da d a vlat xaridini am alga oshirishda qanday elek tro n
texnologiyalar qo'llaniladi?
6. E l darajasida davlat ehtiyojlari uchun xaridni yagona shartlar asosida
amalga oshirishni ta ’minlovchi huquqiy aktlami sanab bering.
7.
Elda davlat xaridini amalga oshirish qaysi tamoyillarga asoslanadi.
8. Xalqaro moliya institutlarining jam iyat mablag ‘lari hisobidan xaridni
amalga oshirish tajribasini tushuntirib bering.
§ 8. Davlat xaridini tashkil etishda
korrupsiya va unga qarshi kurash
Davlat xaridi tizimi sohasidagi korrupsiya uzoq davrlardan
beri mavjud bo‘lgan va milliy chegara bilmaydigan muammolardan
biri hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashga ko‘plab tadqiqotlar
bag‘ishlangan va dunyo mamlakatlari bo‘ylab davlat va nodavlat
dasturlari amalga oshirilmoqda, ammo ushbu tadbirlardan hali
sezilarli natijalarga erishilgani yo‘q.
Davlat xaridi tizim ida korrupsiyaning mavjudligi faqatgina
moliyaviy zarar bilan chegaralanmaydi. Davlat xaridini joylashtirish
jarayonida mavjud korrupsiyadan davlat va jamiyat ko‘radigan
zarami shartli ravishda to ‘rt turga bo‘lish mumkin:
1. Moliyaviy yo‘qotish — shartnomalami davlat va jamiyat
uchun moliyaviy zararli shartlarda tuzish. Buni sotib olinayotgan
tovarlar narxini amaldagi bozor bahosidan yuqori narxlarda sotib
olish, davlat shartnomlarida to‘lovlarni kechiktirish emas, balki
oldindan to'lovni amalga oshirish shartlarini kiritish va boshqa
ko'rinishlarda ko‘rish mumkin.
2. Miqdoriy yo'qotish — yetkazib berilayotgan tovarlar va
xizmatlar hajmini keragidan ortiq yoki kam miqdorda bo‘lishi;
tovarlar va xizmatlarni davlat ehtiyojlari uchun emas, balki mas’ul
amaldorlarning shaxsiy maqsadlari uchun xarid etish va boshqalar.
3. Sifat y o ‘q otish — sifatsiz tovarlar yetkazib berish va
xizmatlar bajarish kabi zaruriy texnik talablami buzgan holda
shartnomalami tuzish; kafolat muddati va kafolat muddatidan
so‘ngi shartlarni bajarilishining noqulay shartlari; bajariladian
ishlar va xizmatlar sifatini tekshirish uchun yetarli nazoratning
talab etilmasligi va hakozolar.
4. Siyosiy yo‘qotish — mamlakatda investitsion muhitning
yomonlashuvi, fuqarolar tomonidan davlat va davlat tuzilmalariga
bo'lgan ishonchning y o ‘qolishi, mamlakat iqtisodiy-moliyaviy
tizimining izdan chiqishi, erkin raqobat tamoyillarining buzilishi
va boshqalar.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, davlat xaridini tashkil etishda
korrupsiyani butunlay yo‘qotishga hali hech bir mamlakatda
muvaffaq bo'linmagan, ammo bu holat korrupsiyaning mavjud
darajasini pasaytirish uchun olib boriladigan chora-tadbirlarning
samarasiz yoki natijasiz ekan degani emas.
Xarid tizimi sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurash davlat
sektorida yoki tijorat sektorida amalga oshiriladimi, unga kompleks
yondoshuv bo'lishini talab etadi. Xalqaro amaliyotda mazkur
muammo echimida o‘z samarasini isbotlagan to ‘rtta yondoshuv
mavjud:
— Psixiologik usullar
— Texnik usullar
— Tartibga soluvchi jarayonlar
— Jazo chora-tadbirlari.
Psixiologik usullar korrupsiyaning birlamchi sababi bo‘lgan —
xizmatchining ish beruvchi (ushbu holatda davlat hisobidan, ya’ni
butun ftiqarolar mablag‘lari) hisobidan noqonuniy boyishini oldini
olishga ta ’sir etish im konini beradi. Psixiologik usullarga
quyidagilar kiradi:
Vazifaga nomzodning anketa m a’lum otlarini, uning biog-
rafiyasi va oldingi ish joyidan tavsifnomani tekshirish. Ushbu
usul oldingi ish joyidan korrupsion faoliyati yoki jinoyati uchun
ishdan bo‘shatilgan, sudlangan shaxslami korrupsiya imkoniyati
mavjud vazifalarga tayinlanishini oldini olishda keng qollani-
ladigan oddiy usuldir.
Hozirda barcha davlat organlarida vakant o ‘rinlar uchun
nomzodlami tekshirishda yuqoridagi kabi tekshiruvlar xodimlar
bilan ishlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Nomzodlarni ishga olishda maxsus chuqurlashtirilgan testdan
o‘tkazish (hattoki «yolg‘onni aniqlaydigan detektorlar» — polig-
raf)dan ham foydaliniladi.
Juda ko'plab mavjud maxsus testlar va kom pyuter dasturlari
ish b e ru v c h ig a n o m z o d n in g a n iq p s ix io lo g ik ra sm in i
gavdalantirish, shuningdek, uning ish beruvchi hisobidan boylik
orttirishga b o ‘lgan potensial intilish darajasini aniqlashiga imkon
beradi.
Ushbu turdagi psixologik testlardan tijorat sektori korxonalari
va harbiylashgan tuzilmalarda ham keng foydalaniladi. Shuni ham
ta ’kidlash lozim ki, ishga qabul qilishda poligraf («yolg‘onni
aniqlaydigan detektorlar»)dan foydalanish ko‘pchilik hollarda
insonning konstitutsion huquqlarini paymol etishi to ‘g‘risidagi
asosli qarshiliklariga ham sabab bo‘ladi.
Xodimlami vaqti-vaqti bilan sadoqatligini tekshirib turish va
bunda provakatsion usullardan ham foydalanish tijorat sektorida
keng tarqalgan. Aybdorlarni «ko‘rgazma» holda fosh etish va
jazolash yuqori samarali anti-korrupsion tadbirlardan hisoblanadi.
Bosim ostidagi psixologik muhit va xodimlaming yuqori darajadagi
ko‘chishi, ushbu usulning qarama-qarshi ta ’siri sifatida namoyon
bo‘ladi.
Ayrim holatlarda, davlat xizmatida mazkur usuldan kor-
rupsiyaga qarshi profilaktik tadbir sifatida emas, balki raqobatchi-
amaldomi yo‘q qilish uchun qo‘llaniladigan «g‘irrom» kurashda
foydalaniladi.
Xodimlaming o‘z-o‘zini nazorat qilish tizimini tashkil etish
(talabgor x ab ar etkazuvchilar). U shbu usuldan yirik tijorat
tuzilmalarida maxsus tashkil etilgan usul sifatida keng foydalaniladi.
Q anchalik noqulay bo'lishiga qaram asdan ushbu usul ju d a
samarali hisoblanadi.
Davlat sektorida har doim ham qo‘llanilavermaydi, ammo
o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘ladi. Ko‘pchilik holatlarda davlat
korxonalari tizimida talabgor xabar etkazuvchilar tizimi rasmiy
reglamentga ega emas va u ayrim olingan rahbarlar uchun axborot
manbai hisoblanadi.
Xodimlaming samarali motivatsiyasi nafaqat xaridni amalga
oshiruvchi amaldorlami moliyaviy rag‘batlantirishni bildiradi, balki
u xodimni ish beruvchi bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish
xohishini rag‘batlantiruvchi, masalan, tashkilotda o‘z professional
karerasini amalga oshirish kabi, maxsus dasturlardan tashkil
topadi. Evropa mamlakatlarida, davlat xaridi uchun javobgar
amaldor, maxsus kategoriyali xodim sifatida boshqa kasbdoshlariga
nisbatan yuqori pul mukofoti — vijdonan faoliyat yuritganligi
uchun o'ziga xos tarzdagi mukofot oladilar.
Buyurtmani joylashtirish Komissiyasi a’zolarini doimiy rotasiya
qilish, amaldorlami mol yetkazib beruvchilar bilan til biriktirish-
larini oldini oladi.
Korrupsiyaga befarq bo‘lmaydigan korporativ etikani shakl-
lantirish (kasbiy kodeks va qiziqishlar to'qnashuvini boshqarish
kodeksini ishlab chiqish, maxsus o ‘quv dastu rlarin i amalga
oshirish), xorijiy m am lakatlarda korrupsiyaga qarshi kurash
strategiyasining muhim elementi hisoblanadi.
H ar qanday yirik xalqaro kompaniyada etika kodeksi — har
bir xodimning hayot tarzi va axloqini reglamenti hisoblanadi.
Kodeksda xodimlaraing axloqiy etikasi va qoidasi, qiziqishlar
to‘qnashuvi natijasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklami hal
etish yo‘llari o ‘z ifodasini topgan. Ba’zi holatlarda, etika kodeksi
mehnat shartnomasining tarkibiy qismi hisoblanadi, unga amal
qilmaslik xodimni ishdan bo'shatilishga olib kelishi ham murnkin.
Xorijiy mamlakatlar davlat xizmati tizimida korrupsiyani oldini
olishga qaratilgan etika kodekslaridan keng foydalaniladi. Amaliy
tajriba shuni ko'rsatadiki, etika kodekslari tashkilotning barcha
xodimlari uchun majburiy va doimiy trening dasturlari tashkil
etilgandagina o‘z funksiyasini to ‘la bajaradi.
Texnik usullar bitim ishtirokchilarini bir-birlari bilan uchrashish
imkoniyatini yo‘qotib yoki korrupsionerni qo‘lga tushib qolish
riskini oshiradi, sotib oluvchi bo'linmalar va sotuvchilar o'rtasida
til biriktirishlarni oldini oladi va ushbu im koniyatni sezilarli
darajada pasaytiradi. Bunday usullar sirasiga:
Xarid bilan shug‘ullanuvchi xodimning m uzokoralar olib
boruvchi xonalarini nazorat tizimi va videokuzatuv uskunalari
bilan jihozlash. Ushbu tizim ning analogi sifatida AQSh yo‘l
polisiyasida qo‘llaniladigan antikorrupsion tizim n i keltirish
mumkin. Ya’ni unga ko‘ra, yo‘l polisiyasi xodimining qoidabuzar
bilan munosabati, faqatgina patrul xizmati mashinasida o ‘matilgan
maxsus Videokamera qarshisida amalga oshirilishi lozim.
Xizmat pochta yozishmalarini monitoringi, tijorat sektori tuzil-
malarida keng qo'llaniladi va asosan, ushbu funksiya ichki xavf-
sizlik b o ‘linmasining vazifasiga kiradi. Ushbu usuldan davlat
xizmatida foydalanishning yuridik jihatdan qanchalik muvofiqligi
bahsli mavzu bo‘lib qolmoqda.
Z am o n o v iy inform asion texnologiyalardan foydalanish
(elektron savdolar tizimi, in tern et-d o ‘kon va elektron savdo
m aydonlari) xaridni amalga oshiruvchi xodim va sotuvchini
bevosita uchrashish imkoniyatini pasaytiradi va ushbu usuldan
ham davlat sektori, ham tijorat tuzilmalari keng foydalanadilar.
Shuni ham ta ’kidlash lozimki, ayrim obyektiv sabablarga ko‘ra
xaridni tashkil etishning bu turi hajmi unchalik katta emas va
kichik hajmdagi xaridni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Mavjud tijorat yoki maxsus shakllantirilgan kataloglar asosida
xaridni tashkil etish ham tijorat, ham davlat sektorida keng
qo'llaniladi.
Bunga yorqin misol sifatida barcha federal bo‘linmalarni joriy
ta ’m inot (material-texnik ta ’m inot) masalalarini hal qilish bilan
shug'ullanuvchi AQShning Umumiy xizmatlar Devoni tajribasini
keltirish mumkin.
Devon doimiy tarzda turli xildagi tovarlar-xizmatlar uchun
konkurs e ’lon qiUb turadi va uning natijalari (baholar, yetkazib
berish muddatlari va boshqa shartlar) maxsus kataloglarga kiritiladi.
AQShdagi biror davlat bo'linm asi «standart» mahsulotni xarid
etish zarur b o ‘lganda, um um iy xizmatlar Devoni tom onidan
jo ‘natilgan katalogdan zaruriy tovar-xizmatni topib, uni hech
qanaqa ortiqcha jarayonlarsiz katalogda ko‘rsatilgan shartlar asosida
sotib oladilar.
Tartibga soluvchi usullarni q o ‘llash — korrupsiyani yuzaga
kelish riskini pasaytirishga qaratilagan barcha rasmiy ichki qoida
va jarayonlarga amal qilish orqali xaridni amalga oshirishni bildiradi.
U shbu holatda korrupsiyaga qarshi turuvchi chora-tadbirlar
kompleksi ikki xil yo‘nalishda amalga oshiriladi:
1. D avlat buyurtmasini joylashtirishning potensial jihatdan
korrupsiyani keltirib chiqaruvchi jarayonlarini tartibga soluvchi
samarali qoidalar tizimini shakllantirish.
2. Ushbu qoidalarga amal qilishni nazorat etishning aniq mexa-
nizm larini shakllantirish. D avlat buyurtm asini joylashtirish
jarayonlarida, korrupsiyani yuzaga kelishi riskini pasaytiruvchi
qoidalar tizimida mustaqü (dastlabki va so'ngi) nazoratni amalga
oshirishga imkon beruvchi nazorat nuqtalarini (xarid jarayonlariga
bevosita aloqador bo‘lmagan bo'linm alar bilan oldindan kelishib
olish va boshqalar) mujassamlashtirish lozim.
Jazo chora-tadbirlarini qo‘llashdan maqsad davlat buyurtmasini
joylashtirishga masu'l bo'lgan shaxslarning kormpsion faoliyatining
«foydasiz« qilib qo‘yadigan muhitni shakllantirish.
Shuni ta ’kidlash lozimki, yuqorida sanab o'tilgan usullarni
amaliyotda qoMlash har bir usulning xususiyatidan kelib chiqib
chegaralangan va davlat tomonidan qo'shimcha moliyaviy resurslar
ajratilishini talab etadi. Masalan:
1. Psixiologik usullarning qo £llash samarasi quyidagilar bilan
tavsiflanadi:
— ushbu yo‘nalishga jalb etiladigan mutaxassisning kvali-
fikasiya darajasi: suhbat olib borish m ahorati, nom zodlarni
psixiologik testdan o ‘tkazish, nom zodlar va xodim lar haqida
shaxsiy m a’lumot to ‘plash va uni tahlil etish, maxsus asboblardan
foydalanish (poligraf, suhbat va yozishmalami nazorat etish va
boshqalar);
— baholash va xulosa berishning subyektivligi: xodimni yoki
m a’lum vaziyatni baholash, chora-tadbirlar ishlab chiqishda
ushbu sohada ekspert sanalgan mutaxassisning xulosasi k atta
rol o ‘ynaydi. Shuning uchun xato qilish (yoki bilib turib) ehti-
moli mavjud;
— xaridni amalga oshiruvchi boMinma xodimlariga (shu-
ningdek, vijdonan faoliyat yuritadigan xodimlarga ham ) ushbu
usullarning q o ‘llanilishi, u larn in g huquqlarini chegaralashi
mumkinligi bilan yoqmasligi mumkin.
2. Texnik usullarni qo ‘llashning chegaralanganligi, sotib
olinadigan tovar va xizmatlarning xususiyati va potensial mol
yetkazib beruvchilarda texnik vositalarning qanchalik keng
tarqalganligi bilan tavsiflanadi:
— birjadagi standartlashgan va o'lchash oson bo'lgan tovarlar
hamda xizmatlarga (masalan, neft mahsulotlari, ko‘mir, don,
metall va boshqalar) nisbatan qo'llash oson va samaralidir;
— ushbu usulni o'ziga xos xususiyatga ega b o ‘lgan aniq
o‘lchamlarga ega bo'lm agan tovarlar va xizmatlar uchun qo'llab
bo‘lmaydi. Bunday holatlarda, iste’molchi va sotuvchi tovar hamda
xizmatlaming texnik xususiyatlarini o‘zaro kelishib, aniqlashtirib
olishlari lozim bo'ladi. Misol tariqasida loyihalashtirish, maslahat
va qidiruv ishlari kabilami keltirish mumkin.
3. Tartibga solish usullarining qo'llanilishi samaraliligiga
faqatgina tartibga solishni to ‘la va aniq bajargandagina erishish
mumkin. Shunday qilib, ushbu usul zaruriy qoida va jarayonlar
u s tid a n n azo rat m ex an izm larin in g sam arali o ‘rnatilishiga
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri bogiiq.
4. Agar «jazodan qochib qutulib bo‘lmaslik» mexanizmlari
etishmasa, jazo chora-tadbirlarini qo‘llashning amaliylik va biror
natija berishi unchalik ham katta bo'lmaydi.
Davlat xaridi jarayonlarida korrupsiya darajasini pasaytirishga
faq atg in a kom pleks y o n d o sh u v , y a’ni xaridning barcha
bosqichlarida uning b arch a usullaridan balanslashgan holda
foydalanish orqali erishish mumkin. Alohida olingan usullar yoki
sohalar bilan chegaralanib qolish orqali faqatgina qisqa muddatli
natijalarga erishish mumkin. Ammo, m a’lum vaqt o'tgandan so‘ng,
noqonuniy daromad topishning ko‘rinishi va mexanizmi o'zgaradi
ham da nazorat qamrab olm agan sohalarga o 'tad i. Natijada,
korrupsiya natijasida yo‘qotiladigan zararlar oldingi miqyosiga
chiqib oladi hattoki uning ko‘lami yanada kengayishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |