Davlat xarid I


I bob. DAVLAT XARIDINING IJTIMOIY-IQTISODIY



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
I bob. DAVLAT XARIDINING IJTIMOIY-IQTISODIY
VA HUQUQIY AS OS LAR I
§ 1. Davlat xaridinini tashkil etishning
ijtimoiy-iqtisodiy amaüyati va uni iqtisodiyotga ta’siri
0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan 
dastlabki k u n lard an boshlab ijtim oiy yo'naltiriligan bozor 
iqtisodiyoti sari islohotlami bosqichma-bosqich amalga oshir- 
moqda.
Davlat tizixni va boshqaruv sohasidagi islohotlar natijasida 
xarajatlam i boshqarishning yangi huquqiy tizimi shakllantiril- 
m oqda. Bu o ‘z navbatida, davlat m ablag‘larini sarflanishi 
samaradorligini ta ’minlashga, uning zamonoviy boshqaruv mexa- 
nizmlarini amalda tatbiq etishga iinkon beradi.
Xalqaro miqyosda yuzaga kelgan yangi iqtisodiy vaziyat, davlat 
mablag‘lari hisobidan xarajatlami amalga oshirishda hukumatlar 
oldiga qo'yilgan vazifalaming muhimligini oshirmoqda.
M a’lumki, davlat o‘z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator 
xarajatlar qilishi zarur. Bu xarajatlar, eng awalo, mamlakat iqti- 
sodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga investitsiya 
qilishga, aholining turmush darajasini ko'tarishga, hamda ijtimoiy 
vazifalami bajarishga qaratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani 
ta’minlash kabi aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan 
xarajatlardan iborat bo'ladi. Umumdavlat xarajatlari, asosan, davlat 
byudjeti va davlatning boshqa markazlashtirilgan fondlari orqali 
moliyalashtiriladi.
D avlat byudjetining iqtisodiy tushunchasi, umumjamiyat 
miqyosida markazlashgan, davlat ishtirokida to‘plangan va sarfla- 
nadigan moiiyaviy resurslami anglatadi.
Davlat xarajatlarining muhim tarkibiy qismi sifatida davlat 
xaridi alohida o ‘ringa ega.
Tovar va xizmatlami xarid etish dunyo rivojlanish amaliyotida 
muhim o ‘rin egallaydi va fondlar hamda investitsiyani samarali


o'zlashtirishga yo‘naltirilgan uzluksiz jarayon hisoblanadi. 0 ‘zbek 
tilidagi «xarid« termini (inglizchada, procurem ent — prokyurment) 
«sotib olish» m a’nosi bilan bir m a’noda ishlatilib, zamonoviy 
tushunchalarda mahsulotlami, bajarilgan ishlarni yoki ko‘rsatilgan 
xizmatlarni m a’lum haq evaziga olish dem akdir (inglizchada, 
procurement of goods, works and services).
Davlat xaridi —
bu davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va 
xizmatlarni qisman yoki to ‘liq davlat mablag'lari evaziga sotib 
olishdir1.
Davlat xaridini boshqarishga tizimli yondoshuv to ‘g‘riroq 
bo'ladi. Shunday ekan, davlat ehtiyojlari uchun xaridni rejalash- 
tirish va amalga oshirish hamda nazorat etish bilan bog'liq barcha 
jarayonlar 
davlat xaridi tizimini
yuzaga keltiradi.
Davlat xaridi davlat infratuzilm asini m oddiy-m oliyaviy 
ta ’minlash uchun amalga oshiriladi. D avlat infratuzilmasini 
umumiy tarzda ikkita yirik tarkibiy qismiga ajratish mumkin:
— iqtisodiy infratuzilma (transport, maishiy xizmatlar, kundalik 
iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun birlamchi b o ig a n
infratuzilmalar);
— ijtimoiy infratuzilma (maktablar, shifoxonalar, kutubxonalar, 
yoki boshqacha aytganda, jamiyat kundalik hayoti uchun birlamchi 
infratuzilmalar). Ijtimoiy sohalarga Davlat xaridini amalga oshirish 
zarurati umumjamiyat manfaatlaridan kelib chiqadi. O'zbekistonda 
ijtimoiy sohalarga investitsiyalar va davlat xaridi mavjud qonuniy- 
me’yoriy aktlar orqali tartibga solinadi.
Davlat moliyasini boshqarishni isloh etish bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan o'zgarishlarning tarkibiy qism i sifatida, davlat 
xaridini tashkil etishni tubdan isloh etish, uni tartibga soluvchi 
huquqiy bazani shakllantirish, davlat xarajatlari samaradorligini 
oshirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Davlat xaridini boshqarish tizimini takomillashtirish uchun 
quyidagi elementlardan foydalanish samarali yo‘nalish hisoblanadi: 
davlat xaridini boshqarish yuzasidan ilg‘o r xorijiy tajribalardan

У. Бурханов.
Государственны е зак у п к и , h ttp ://e l.tf i.u z /p d f/ 
gos_zakup_ru. pdf


foydalanish; davlat xaridi siyosatini davlatning iqtisodiy siyosati 
maqsadlariga muvofiqlashtirish; davlat xaridi sohasidagi amalga 
oshirilayotgan siyosatni monitoring va baholashni tatbiq etish.
Davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish mexaniz- 
mining samarali b o ‘lishi, ko‘p jihatdan, davlat xaridi uchun qaror 
qabul qilayotgan davlat xizmatchilarining kvalifikatsiya darajasi, 
professional tayyorgarligi va haqqoniyligiga bog'liq. Ko‘pgina 
davlatlarda davlat xaridi bilan shug‘ullanadigan xodim larni 
tayyorlash va ular malakasini oshirish bevosita hukumatning 
zimmasiga yuklatilgan vazifasi hisoblanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yuqoridagi 
ko‘rsatilagan yo‘nalishlardagi muammolami bartaraf etishga katta 
e’tibor qaratilmoqda va davlat xaridini amalga oshirishda ishtirok 
etuvchi boshqa subyektlar ishtirokida, davlat xaridi jarayonining 
mexanizmlarini hamda uning huquqiy asoslarini takomillashtirish 
bo‘yicha faol ish olib borilmoqda.
Xususan, davlat xaridi tizimini boshqarish bo'yicha tizimU 
yondoshuvga b o ‘lgan talab hamda davlat xaridining iqtisodiyotning 
ayrim sohalariga b o ‘lgan ta ’sir etuvchi mexanizm sifatida 
foydalanish strategiyalari shakllantirilmoqda.
0 ‘zbekistonda davlat xaridining hajmi YalMning 11 foizini 
tashkil etgani holda, uni iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi muhim 
omil ekanligini ko‘rsatadi. Davlat xaridi YalMni shakllanishiga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta ’sir ko'rsatadi1. Bularni inobatga ohb davlat 
xaridini amalga oshirish sohasida olib borilgan oqilona siyosat 
makroiqtisodiy siyosatga jiddiy ta ’sir etuvchi instrument sifatida 
yuzaga chiqadi:
— davlat xaridini iqtisodiyotning m a’lum sohalarida amalga 
oshirish orqali, o ‘sha sohalar rivojiga va aholi bandligi hamda 
daromadlari darajasiga ijobiy ta’sir etadi;
— ochiq tenderlam i e’lon qilish orqali raqobatni rivojlantirishga 
ta’sir etadi;
10 проблемах управления государственными закупками в Респуб­
лике Узбекистан и направлениях совершенствования. Аналитическая 
записка. 1Ж О Р . Таш кент 2008.


— sotib olinayotgan tovarlaming sifat talabini xalqaro andoza 
talablarga tenglashtirish orqali, milliy ishlab chiqaruvchi korxonalar 
mahsulot sifatini oshirishga ta ’sir etish mumkin;
— kichik biznes vakillari tomonidan ishlab chiqarilayotgan 
tovar va xizmatlami sotib olishda tanlov jarayonlarini joriy etish 
orqali, kichik biznesni va raqobatni rivojlantirishga ta ’sir etish 
mumkin.
Yuqorida sanab o ‘tilgan holatlar faqatgina mamlakat darajasida 
davlat xaridini boshqarishning saxnarli mexanizmlari mavjud bo'lgan 
sharoitda, ya’ni xaridni rejalashtirish va uning iqtisodiyotga ta’sirini 
baholash orqali erishish mumkin.
0 ‘zbekiston hukum ati davlat xaridi instrum entidan turli 
ko‘rinishlarda foydalanib kelmoqda. Masalan, o ‘rta maxsus ta ’lim 
tizimini islohotlar, nafaqat, o ‘quv binolari sonini ortishiga olib 
keldi, balki respublikada kapital qurilish sohasining rivojiga ham 
katta turtki berdi.
2000- yillar boshida qurilish kompaniyalari nochor ahvolda 
bo'lgan bo‘lishsa, hozir ular qurilish-montaj va loyihalaming 
turli-tum anligi va sifati bo'yicha xorijiy kom paniyalar bilan 
raqobat qilishmoqda.
Shuning bilan bir vaqtda, 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 
qurilish materiallarining turlari ham kengaydi. Kapital qurilish 
sohasida davlat buyurtmasi aholi bandligini oshirishda ham muhim 
rol o ‘ynadi. Xuddi shunday misolni m ebel ishlab chiqarish 
sanoatiga nisbatan ham keltirib o‘tish m um kin1.
0 ‘zbekiston Respublikasida 
davlat xaridining subyektlari
quyidagilar hisoblanadi:
Davlat buyurtmachilari:
byudjet m ablaglarini oluvchilar va 
byudjet hamda byudjetdan tashqari fondlar mablag‘larini taqsim- 
lovchilar:
— byudjet mablag‘lari oluvchi tashkilotlar;
— byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning ijroiy direk- 
siyalari;

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin