Nazorat uchun savollar:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini tartibga soluvchi huquqiy-
m e’yoriy aktlam i sanab bering.
2. 0 ‘zbekistonda «Davlat xaridi to ‘g ‘risida» qonunni qabul qilishining
zarurati nimada?
3. 2010- yil 11- noyabrda O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
qabul qilingan «Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga
kichik biznes subyektlarini jalb qilishni kengaytirish to ‘g ‘risida»gi
PQ-1475 sonli qarori mohiyatini tushuntirib bering.
4. Yunsitral nima?
5. Yunsitral tomonidan «Tovarlar va xizmatlami sotib olish to ‘g ‘risida»
qonun nimani o'zida aks ettiradi va uning asl mohiyati nimada?
6. Xalqaro savdo tashkilotida davlat xaridi b o ‘yicha shartnomadan
ko'zlangan maqsad nima?
§ 3. Davlat xaridinini tashkil etish modellari
Davlat xaridini tashkil etish bo‘yicha rivojlangan va rivojla-
nayotgan mamlakatlar tajribasini o'rganib, quyidagi 1-chizmadan
uning turli modellari mavjud ekanligini ko'rish mumkin.
1-chiz/na. Davlat xaridini tashkil etish modellari.
Markazlashgan model —
bunda xarid uchun buyurtm alami
joylashtirish maxsus tashkilot yoki ijroiy hukum atning yagona
tarkibiy bo'linmasi - xaridni tashkil etuvchi tom onidan amalga
oshiriladi.
M arkazlashgan m odel b archa tarm o q va b o 'lim la rd a n
tushadigan xarid arizalari jamlanadigan xarid markazini tashkil
etishni nazarda tutadi. Agar, markazlashish darajasi yuqori bo'lsa,
barcha turdagi xaridga javobgar b o ‘lgan maxsus idora (yoki yirik
kompaniyalarda xarid departamenti) shakllantiriladi.
Markazlashmagan (taqsimlangan) model
— bunda davlatning
buyurtmachisi o ‘z ixtisosligi bo‘yicha xaridga buyurtmani alohida
amalga oshiradi. Taqsimlangan modelda kompaniyaning har bir
bo'limi (vazirlik, departament va h.k.) o‘z ehtiyojlari uchun xaridni
mustaqil tarzda amalga oshiradi.
Shu maqsadda, uning tarkibida xaridni amalga oshiruvchi
maxsus tuzilma, bo‘lim tashkil etilgan.
Ikkala m odelning ham yutuq va kam chiliklari mavjud:
taqsimlangan model ancha egiluvchan, ammo ko‘p xarajat talab
etadi.
0 ‘z navbatida, markazlashgan model yirik hajmdagi ulgurji
xarid tufayli past baholami ta’minlaydi, ammo egiluvchan emas
va har doim ham tovarlar hamda xizmatlaming arizada ko'rsatilgan
xususiyatlarini o ‘zida aks ettirmasligi mumkin.
Qisman markazlashgan modelda
esa, xaridga buyurtm ani
joylashtirish vakolati davlat buyurtm achisi va ixtisoslashgan
tashkilot bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Har qanday mamlakatda ham, davlat xaridini tashkil etishning
huquqiy asoslarini shakllantirish va uni doimiy tarzda takomil-
lashtirib borish, davlat moliya tizimining muhim strategik vazifa-
laridan hisoblanadi.
Davlat xaridini tashkil etish jarayoni, uning tashkiliy shakllarini
aniqlab olishdan boshlanadi.
Xalqaro va milliy qonunchilikda o‘matilgan me’yorlar asosida
xaridning qaysi shakli qo'llanilishi aniqlanadi va zaruriy-me’yoriy
jarayonlar buyurtmachi tomonidan boshqarilib boriladi.
O'zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etish xalqaro
va milliy qonunchilik asosida tartibga solinadi.
Davlat xaridi tizimini boshqarish bir-biri bilan uzviy bog‘langan
to 'rtta elem entni o ‘z ichiga oladi (2-chizma). Bu elementlar
kompleks tusga ega bo‘lib, har bir elementni muvofFaqiyatli amalga
oshirish, davlat xaridini samarali bo'lishini ta ’minlovchi omil
hisoblanadi.
Davlat xaridini rejalashtirish —
keyingi davr uchun byudjetni
tuzish va qisman yoki to‘liq davlat mablag'lari hisobidan moliya-
lashtiriladigan investitsiya dasturini tuzish jarayonida amalga
oshiriladi. Bu jarayon o‘z ichiga:
— byudjet so£rovnomalarini shakllantirish va uni moliya organ-
lariga taqdim etish;
— davlat byudjetini tasdiqlash va byudjet ajratmalari hajmini
byudjet mablag‘lari oluvchilarga yetkazish;
— xarajatlar smetasini sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar
guruhlari buyicha ro‘yxatdan o ‘tkazishni qamrab oladi.
2-chizma. Davlat xaridini tashkiliy elementlari.
Bugungi kunda, 0 ‘zbekistonda davlat xaridini rejalashtirish
amaliyotini o'rganadigan bo'lsak, davlat organlari va tashki-
lotlarning tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talabi haqida axborot
oqimining «pastdan-yuqoriga» mexanizmining qonunchilikda
k o 'z d a tu tlis h ig a q a ra m a sd a n , u sh b u e h tiy o jla rn i m o -
liyalashtirish hajm larini aniqlash b ir to m o n la m a tartibda
«yuqoridan-pastga» ko‘rinishda amalga oshirilishini guvohi
bo‘lamiz.
Bu davlat organlari va tashkilotlarining ehtiyojlar ro'yxatidan
«muhim bo'lm agan», «ortiqcha» va «asoslanmagan» xarajat
b o ‘lim larin i ch iqarib tashlash (qisqartirish) orqali am alga
oshiriladi.
Bunday ko‘rinishdagi rejalashtirish mexanizmi asosida, byudjet
mablag‘larini taqsimlovchilar ehtiyojlarini hamda unga yetarli
miqdordagi moliyalashtirish hajmlarini aniqlashning m e’yoriy-
xarajat usuli qo'llaniladi.
Byudjetni shakllantirishda asosiy mezon bo'lib, byudjetning
eng yuqori imkoniyatlarini aniqlash, ya’ni tovar va xizmatlarga
bo‘lgan aniq talabni inobatga olmasdan, xarajatlaming yuqori
limitini belgilashdir. Boshqacha qilib aytganda, ajratiladigan
moliyaviy mablag‘lar real ehtiyojlarga nisbatan yetarli miqdorda
emas.
Shundan kelib, chiqadigan bo'lsak, moliya yil oxirida yuzaga
keladigan profisit davlat organlarining moliyaviy ehtiyojlarini to'la
qondirilganligini va ushbu resurslar ortiqchaligini bildirmaydi.
Davlat xaridini rejalashtirish mamlakat byudjetini tayyorlash
jarayonida amalga oshiriladi (investitsion dasturni tayyorlash
jarayoni bundan mustasno bo ‘lib, u Vazirlar Mahkamasining
2003- yilning 12- sentabrida 395-sonli qaroriga asosan tayyor-
lanadi). D avlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan tovar va
xizm atlar, d av lat organlari va tashkilotlarining xarajatlar
bo‘limlarida mos ravishda aks ettiriladi. Ushbu xarajatlar va ular
uchun zaruriy moliyaviy manbalar choraklar bo‘yicha taqsim-
langan holda rejalashtiriladi.
Byudjetni shakllantirish pastdan-yuqoriga, ya’ni tumandan
respublika darajasiga byudjet so'rovnom alarini taqdim etish
(tuzish) va un i umumlashtirish orqali birlamchi byudjet loyihasini
tuzish bilan amalga oshiriladi.
Shundan so‘ng, byudjet loyihasini tuzishda chegaralovchi
omillar qo'llaniladi. Eng asosiy chegaralovchi omil — kelgusi yil
uchun davlatning iqtisodiyotga xarajatlarining makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlari va davlat byudjeti daromadlari ma’lumotlaming
so‘ralgan xarajat moddalarini moliyaviy ta’minlash imkoniyatlari
hisoblanadi (1-diagram m a). M a’lum ki, ushbu mezonlarning
qo‘llanilishi, byudjet loyihasida xarajatlami qisqartirishga qaratilgan
sezilarli tuzatish kiritishga olib keladi.
Bunday qisqartirish xarajatlarni m aqsadga muvofïqligini
baholash orqali amalga oshiriladi:
— davlat byudjetining xarajatlar qismida u yoki bu moddalami
saqlab qolish;
- u yoki bu xarajat moddalarini so‘ralgan hajmlarda moliya-
lashtirish, hamda boshqa mezonlar.
l-diagramma. Davlat byudjetiga ta’sir etuvchi omillar1.
Xarajatlarni qisqartirish, birinchi navbatda, quyidagi yo'llar
bilan amalga oshiriladi:
— o‘tgan yildan qolgan va to‘la tugallanmagan hamda kelgusi
moliya yilida davlat ustuvor yo‘nalishlar dasturida bo'lm agan
loyihalami moliyalashtirishdan voz kechish;
— h ar yil u ch u n tuziladigan d a v la t ustu v o r d astu rig a
kirmaydigan yangi loyihalami moliyalashtirishdan voz kechish;
— xarajat moddalarining tarkibiga tegm agan holda, uning
umumiy summasini qisqartirish.
10 проблемах управления государственными закупками в Респуб
лике Узбекистан и направлениях совершенствования. Аналитическая
записка. 1Ж Б Р . Ташкент — 2008.
Dostları ilə paylaş: |