Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52
Nazorat uchun savollar:
1. D avlat xaridini ta sh k il etishda korrupsiyaning qanday zararli
oqibatlari mavjud?
2. D avlat xarid i ja ra yo n la rid a korrupsiyadan davlat va ja m iya t
ko ‘radigan moliyaviy zarar siyosiy zarardan qanday farqlanadi?
3. Korrupsiyaga qarshi kurashda qo ‘llaniladigan psixiologik usullar
nima?
4. Korrupsiyaga qarshi qo ‘llaniladigan usullarning ijobiy va salbiy
jihatlarini tushuntirib bering.
5. Etika kodeksining mohiyatini tushuntiring.


IV bob. DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISH
STRATEGIYALARI
§ 9. Davlar xaridini elektron tizimini ishlab chiqish
strategiyalari
O'zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etishning 
yaqin kelajakdagi asosiy istiqbolli yo'nalishi bu — internet va 
zamonoviy texnologiyalarga asoslangan elektron xarid hisoblanadi. 
Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilot mutaxassislari davlat 
xaridini elektron tarzda tashkil etish loyihalari buyicha rivojlangan 
va rivojlanayotgan mamlakatlaming tajribalari haqida m a’Iumotlami 
to‘plab, uni tizimlashtirmoqdalar.
Davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish va uni rivojlantirish, 
dunyo miqyosida savdoni elektron tarzda tashkil etish an ’anasining 
tabiiy davomi hisoblanadi.
Zamonoviy tarmoq texnologiyalaridan davlat xaridini tashkil 
etishda foydalanish, xaridni qog'ozli hujjat aylanmasiga asos­
langan a n ’anaviy tarzda tashkil etishga nisbatan bir qancha 
yutuqlarga ega. Tanlov hujjatlarini «qog‘ozli» tashkil etish, tanlov 
haqida matbuotda e’lon nashr etish, tovar yetkazib beruvchilar 
bilan muloqot, tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni to ‘plash 
kabi texnologiyalarni ideal tarzda tashkil etilganda ham, ushbu 
jarayon davlat buyurtmachisidan ancha kuch va vaqt talab etadi. 
Agar hujjatlarga tuzatish va aniqlik kiritish talab etilsa, unda 
barcha jarayonlarni deyarli boshdan qayta boshlash kerak bo‘ladi. 
A n’anaviy usulda xaridni tashkil etishda tovar va xizm atlar 
yetkazib beruvchilarga ham ancha noqulayliklar mavjud, masalan, 
tanlov haqida ma’lumot topish, hujjatlar to ‘plamini sotib olish, 
uni aniqlashtirish va to‘ldirish, arizalarni taqdim etish zarur.
Internet-texnologiyalarni joriy etish, savdoni o ‘tkazishga 
tayyorgalik jarayonlarini va tanlov savdolarini samaradorligini 
sezilarli darajada oshiradi, tanlovda ishtirok etishni soddalashtirish 
va uning shaffofligini oshirish hisobiga tovar va xizmatlar yetkazib


beruvchilar sonini ortishiga olib keladi. Davlat buyurtmasini 
jo y la s h tiris h b o ‘y ich a sav d o larg a m am lak atn in g chekka 
hududlaridagi kichik va o ‘rta korxonlar ham ishtirok etish 
im koniyati oshadi. Natijada raqobat kuchayib, ancha foydali 
takliflar yuzaga chiqadi.
Jahon banki dunyodagi yirik xalqaro moliya instituti sifatida, 
bugungi kunda ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarga davlat 
xaridini tashkil etishda elektron savdolar tizim ini joriy etish 
bo‘yicha ko ‘maklashmoqda. Mazkur yordam maslahat shaklida 
b o ‘lib, 
uning yo‘nalishlarini quyidagi 11-chizmadan ko‘rish 
mumkin.
Barcha materiallar Jahon bankining saytida (www, worldbank, 
org/eprocurem entforum ) nashr etiladi va barcha xohlovchilar 
undagi munozaralarda ishtirok etishi mumkin. Odatda, ushbu 
materiallami tayyorlash va undagi muammolar buyicha bahslarda, 
dunyoning turli mamlakatlaridan elektron davlat xaridi tizimi bilan 
shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishtirok etadilar. lshchi guruh 
rahbarlari o ‘z mamlakatlarida bajarilishi ko‘zda tutilgan strategik 
lo y ih a la r, tak tik qadam lar, jarayonda yuzaga chiqayotgan 
m uam m olam i vebsayt foydalanuvchilariga taqdim etadilar.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin