Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52
X
о
<
cc
=3
>-
13
m
i
о
>
=3
ОС
ш
CD
00

>-
ОС
2
О
13-chizma. Tanlov asosida savdolami tayyorlash va tashkil
etishning uamunaviy modeli.
Qog'ozli nashrlar bilan bir vaqtda, tanlov e’lonlarini internetda 
joylashtirish, barcha potensial ishtirokchilar uchun axborot olishni 
ta ’minlovchi yechim hisoblanadi. Elektron e ’lonni har qanday 
mol yetkazib beruvchi, internetga ulangan holda o ‘z ofisidan turib 
tanishib chiqish imkoniyatiga ega.
Bundan tashqari, mol yetkazib bemvchini qiziqtirishi mumkin 
bo‘lgan tanlovlarni maxsus qidiruv dasturlari orqali avtomatik 
tarzda aniqlash mumkin.
Internetda nashr etish
deganda, odatda, davlat buyurtmachisi 
yoki unga tegishli idora vebsaytining elektron doskasida e’lon


berishga aytiladi. Nashr etish joyini markazlashtirish yoki tanlovlar 
haqidagi e’lonni yagonalashtirish orqali samaradorlikni oshirish 
mumkin.
Bunday e’lonlarning prototipini alohida tayyorlash mumkin 
b o ‘lib, buyurtm achi faqatgina shablonda qoldirilgan bo‘sh 
maydonlami to'ldiradi.
Agar eionlarni tayyorlash va hujjatlami tayyorlashni tanlov 
materiallarini tayyorlash bo‘yicha yagona tizimga joylashtirilsa, 
unda tanlov hujjatlari maydonidagi m a’lum otlardan foydalanib, 
e’lon matnini avtomatik tarzda shakllantirish mumkin bo‘ladi. 
Buyurtmachi uchun faqat tanlov haqidagi e’lonni nashr etuvchi 
tugmachani bosish qoladi.
Tanlov hujjatlarini taqdim etish.
Odatda, tanlov hujjatlarini 
taqdim etish bir qancha mayda qadamlardan tashkil topgan bo'ladi 
va ular orasidan quyidagilami ajratib ko‘rsatish mumkin:
— buyurtmachi tomonidan tayyorlangan tanlov hujjatlarini 
tiraj etish;
— mol yetkazib beruvchini tanlov hujjatlarini olishi yoki sotib 
olishi.
Mol yetkazib beruvchilarni tanlov hujjatlarini sotib olish 
amaliyoti, afsuski, ko‘plab mamlakatlarda qo‘llanilgan va hamon 
qo‘llanilib kelinmoqda.
Bunda hujjatlar to'plam ining bahosi, uni tayyorlash va tiraj 
etish bilan bog‘liq xarajatlar yig‘in d isid an tashkil topadi. 
H ujjatlarni tayyorlashning avtom atlashgan tizim in i ishlab 
chiqish orqali, yuqoridagi xarajatlam ing birinchisini sezilarli 
miqdorda pasaytirish mumkin, hujjatlar to ‘plam ini intem etda 
joylashtirish orqali esa, ikkinchi turdagi xarajat m iqdorini 
pasaytirish mum kin.
Agar ushbu m a’lumotlar mol yetkazib beruvchi uchun qiziqarli 
bo‘lsa, unda u tanlov hujjatlari to ‘plamini o'ziga yozib oladi.
Tanlov shartlarini tushuntirish.
Bu bosqichda, odatda, ikki xil 
holat yuzaga keladi: yoki mol yetkazib beruvchiga nim adir 
tushunarsiz b o 'lib , u buyurtm achiga m u ro jaat etadi, yoki 
buyurtmachining o‘zi tanlov shartlari (hujjatlar to ‘plami)dagi ayrim 
holatlami tushuntirishni zarur deb topadi.


Birinchi holatda, tanlov b o ‘yicha mol yetkazib beruvchi 
savollariga buyurtm achi m utaxassislari tom onidan berilgan 
tushuntirishlami elektron xatlami barcha qiziquvchilarga jo‘natish 
orqali muam moni samarali tarzda hal etish mumkin.
Ikkinchi holatda, tanlovning barcha ishtirokchilarini operativ 
tarzda xabardor qilish uchun, oydinlik kiritilgan hujjatlar haqida 
vebsaytda e ’lon qilish, yoki ariza berganlar va qiziqish bildirgan 
barcha tomonlarga elektron pochta jo ‘natish zarur bo'ladi.
Internet tezlik va samaradorlik nuqtai nazaridan, xaridni tashkil 
etishda qolgan barcha mavjud variantlardan ustunlikka ega.
Tanlov arizalarini yig'ish va ro ‘yxatdan o ‘tkazish.
Avto- 
m atlashtirish nuqtayi nazaridan bu eng murakkab bosqich 
hisoblanadi. «Qog'ozli» savdolarda an ’anaviy hujjatlar to ‘p- 
lam ini, m ol yetk azib beru v ch i, h u jjatlard a mol yetkazib 
beruvchini aniqlovchi m uhr va imzo bilan buyurtm achiga 
jo'natadi. U shbu hujjatlar to ‘plami muhrlangan bo‘lib, muddati- 
dan oldin ochilmaydi.
Hujjatlami internet orqali jo ‘natishda esa imzo chekuvchini 
aniqlashga imkon beruvchi mexanizm ishlab chiqiJgan. Bu — 
elektron imzo turi bo'lib, «raqamli imzo» deb yuritiladi. Raqamli 
imzo texnologiyasi elektron hujjatni aynan kim imzolaganini 
aniqlash imkonini beradi.
Bunda qalbaki imzo qo‘yish imkoniyati umuman mavjud emas 
va hujjatni faqat kimga jo ‘natilgan bo‘lsa, o ‘sha o‘qishi mumkin 
bo'ladi (bu holatda tanlov tashkilotchilari). Ushbu holat ko‘plab 
mamlakatlarda raqamli imzoni, qo‘l orqali chekilgan imzo bilan 
bir qatorda foydalanishga imkon beruvchi qonuniy aktlami qabul 
qilishiga olib keldi.
Konvertlami ochish va g‘olibni aniqlash. Ushbu bosqichda 
avtomatlashtirish va internet-texnologiyalarni qo'llash orqali 
optimallashtirish mumkin bo'lgan ikkita qadamni ajratib ko‘rsatish 
mumkin:
— noto‘gcri tuzilgan arizalami bekor qilish;
— topshirilgan mezonlar bo‘yicha takliflami guruhlash.
Ammo maxsus avtomatlashtirilgan tizimni qo'llashning o ‘zi
ham tanlov hujjatlarini noto‘g‘ri to‘ldirishni oldini oladi. Takliflami


jadvallar ko‘rinishida turli guruhlarga ajratish yoki solishtirishni 
kompyuterda samarli tarzda amalga oshirish mumkin.
Bunday holatda, davlat buyurtmachisi eksperti oldiga tanlovga 
taqdim etilgan arizalarni tahlil etishda ijodiy tarzda yondoshuvni 
amalga oshirish qoladi xolos, barcha vaqt va kuch talab qiluvchi 
ishlar avtomatlashtirilgan tizim oraqli amalga oshiriladi.
Biz yuqorida talov natijalarini matbuotda e’lon qilishni alohida 
bo‘lim sifatida ko‘rib o‘tmadik, ammo shuni ta ’kidlash lozimki, 
natijalami intemetda nashr etish tezlik va samaralilik bo‘yicha 
«qog‘ozli» nashrdan ancha ilg‘or usul hisoblanadi.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin