Nazorat uchun savollur:
1. Davlat xaridini tashkil etishda intemet-texnologiyalami joriy etish
a n ’anaviy usullardan qaysi jihatlari bilan ustuvorlikka ega?
2. Jahon bankining elektron xarid tizimini shakllantirish bo ‘yicha texnik
yordamini tavsiflab bering.
3. Davlat xaridini tashkil etishda strategiyani tanlash qaysi omillar
bilan aniqlanadi?
4. Ochiq savdolar samradorligini oshirish talablari tushuntirib bering.
5. Tender savdolarining umumlashtirilgan modeli nima?
6. Davlat xaridini elektron tizimini ishlab chiqish bosqichlarini tushun
tirib bering.
7.
0 ‘zbekistonda raqamli imzo va PKI texnologiyasidan foydalanish
imkoniyati qanday?
8. O ‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini elektron tarzda tashkil
etishning qanday huquqiy bazasi mavjud?
§ 10. Davlat xaridi tizimini boshqarish orqali kichik biznes
subyektlarining rivojlanishiga ta’sir etish
0 ‘zbekiston hukumati davlat xaridi instrum entidan turli
ko‘rinishlarda foydalanib kelmoqda. Masalan, o'rta maxsus ta ’lim
tizimini islohotlar nafaqat o‘quv binolari sonini ortishiga olib keldi,
balki respublikada kapital qurilish sohasining rivojiga katta turtki
berdi. 2000- yil boshlarida qurilish kompaniyalari nochor ahvolda
bo‘lgan bo'lsa, hozir ular qurilish-montaj va loyihalaming turli
tumanligi va sifati bo'yicha xorijiy kompaniyalar bilan raqobat
qilishmoqda.
Shuning bilan bir vaqtda, 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan
qurilish materiallarining turlari ham kengaydi. Kapital-qurilish
sohasiga davlat buyurtmasi aholi bandligini oshirishda m uhim roi
o‘ynadi. Xuddi shunday misolni mebel ishlab chiqarish sanoatiga
nisbatan ham keltirib o‘tish mumkin.
Davlat xaridini iqtisodiyotning m a’lum sohalarida am alga
oshirish orqali, o ‘sha sohalar rivojiga va aholi bandligi ham da
daromadlari darajasiga ijobiy ta ’sir etadi1:
— ochiq tenderlami e’ion qilish orqali raqobatni rivojlantirishga
ta’sir etadi;
— sotib olinayotgan tovarlaming sifat talabini xalqaro andoza
talablarga tenglashtirish orqali, milliy ishlab chiqaruvchi korxonalar
mahsulot sifatini oshirishga ta ’sir etish mumkin;
— kichik biznes vakillari tom onidan ishlab chiqarilayotgan
tovar va xizmatlarni sotib olishda tanlov jarayonlarini joriy etish
orqali, kichik biznesni va raqobatni rivojlantirishga ta ’sir etish
mumkin.
Yuqorida sanab o'tilgan holatlar faqatgina mamlakat darajasida
davlat xaridini boshqarishning samarli mexanizmlari mavjud b o ‘lgan
Burxanov U.
Davlat xaridi. Q‘quv qo‘Uanma.infoCom.uz. — T.: 2010.
sharoitda, ya’ni xaridni rejalashtirish va uning iqtisodiyotga ta’sirini
baholash orqali erishish mumkin.
Kichik biznes subyektlarini davlat xaridi tizimi orqali qo'llab-
quw atlash bo‘yicha respublikamiz Prezidentining 2011- yil 7-
fevralidagi PQ-1475-sonli «Davlat xaridlari tizimini muqobil-
lashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni
kengaytirish to ‘g‘risida»gi Qarori, aynan shu soha vakillarini
d av lat b u y u rtm alarin i o lish im koniyatlarini kengaytirish,
raqobatni yanada rivojlantirish hamda davlat xaridlarini amalga
oshirishda ochiq-oydinlikni ta ’minlash maqsadlarini ko‘zlaydi.
M azkur Qarorga asosan O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar
M ah k am asi h u z u rid a d a v lat xaridlari b o ‘y ich a H ukum at
komissiyasi tuzilishi va ushbu komissiyaning asosiy vazifalari
etib quyidagilar begilangan:
— davlat tovar xaridi uchun yo'naltirilgan davlat byudjeti mab-
lag‘lari va boshqa markazlashtirilgan manbalardan maqsadli va
oqilona foydalanish, shuningdek, davlat xaridlari sohasidagi qonun-
chilikka rioya etilishi yuzasidan muntazam nazorat olib borish;
— davlat xaridlarini amalga oshirish samaradorligini doimiy
tarzda kuzatib borish, ulam i takomillashtirish bo ‘yicha zarur
choralam i ishlab chiqish va qabul qilish;
— davlat xaridlari jarayoniga kichik biznes subyektlarini faol
va keng qamrovda jalb etish uchun qulay shart-sharoitlam i
yaratish;
— tender savdolarida qatnashuvchi barcha subyektlar vakilla-
rining malakasini oshirishga, umumiy qabul qilingan xalqaro
m e’yorlar va standartlaming joriy etilishiga yordamlashish.
D avlat byudjeti m ablag‘lari va boshqa markazlashtirilgan
m a n b alar hisobidan m oliyalashtiriladigan, narxi 500 m ln.
so‘mgacha bo‘lgan obyektlami qurish va rekonstruksiya ishlarini
bajarish uchun pudratchi tashkilot faqat kichik biznes subyektlari
orasidan tanlanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, ro ‘yxati D avlat xaridlari bo ‘yicha Hukumat
komissiyasi tomonidan belgilanadigan, har bir shartnoma bo‘yicha
narxi 300 dan 100 ming AQSh dollari ekvivalentidagi alohida
turdagi tovarlar bo'yicha davlat xaridlari 0 ‘zbekiston Respublikasi
tovar-xomashyo biijasi tom onidan tashkil etiladigan elektron
savdolar vositasida amalga oshirilishi alohida ta’kidlangan.
Yuqoridagi Qarorda Respublikasi Moliya Vazirligi, O'zbekiston
Respublikasi tovar-xomashyo biijasi bir oylik muddat ichida Kichik
biznes subyektlari mahsulotlarini qo ‘llab- quw atlash M arkazi
haqidagi N izom ni o ‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish k o 'z d a
tutilgan.
Moliya Vazirligiga, Iqtisodiyot vazirligiga, O'zbekiston Respub
likasi Savdo-sanoat palatasiga, O'zbekiston Respublikasi tovar-
xomashyo birjasiga — birja qoshida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik vakillarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish
vazifasi yuklatilgan.
Kichik biznes subyektlari u c h u n moliyaviy b o 'n ak p u li
miqdori savdoga qo'yiluvchi tovarlar boshlang'ich narxining
uch foizidan oshm asligi, O 'zb ek isto n Respublikasi to v a r-
xomashyo biijasining komission yig'im i miqdori esa — har b ir
tomondan bitim summasining 0,05 foizidan oshmasligi ta ’kidlab
o'tilgan.
Ushbu ta’kidlab o'tilgan qulaylik va imtiyozlar respublikamizda
kichik biznes subyektlarini rivojlanishiga va ularning davlat buyurt-
malarini olish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rag 'b at
hisoblanadi.
K ichik b iz n es su b y ek tlarid an x a rid etilad ig an d a v la t
ehtiyojlari uch u n buyurtm alarni kengaytirish orqali, in n o -
vatsiyalar va raqobatning oshishi, buning natijasida iqtisodiy
o'sishga ta ’sir etish mumkinligini xorijiy mamlakatlar tajribasi
tasdiqlaydi.
Shuningdek, kichik biznes mahalliy muhitga ham ijobiy ta ’sir
etadi. Tenderlarda kichik biznes subyektlarining ishtiroki natijasida
ko'proq taklifning tushishi, baholaming pasayishiga hamda tovarlar
sifatining yuqori bo'lishi bilan buyurtmachilarga qisqa va uzoq
muddatli foyda keltiradi.
Mamlakatimizda davlat xarid strategiyasini shakllantirishda,
kichik biznesni ishtirokini ta ’m inlashning xorijiy tajribasini
o'rganish muhim hisoblanadi. D avlat uch u n tovarlar (ishlar,
xizmatlar)ni kichik biznes subyektlaridan xarid etish davlat,
jamiyat uchun qanchalik foydali bo‘lmasin, ushbu jarayonlarda
yuzaga chiqishi m um kin bo'lgan ayrim ortiqcha xarajatlarni
baholash muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |