Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
Mahsulot nomi1
Bahosi (sum)
Un
xxxx
0 ‘simlik yog'i
XXX
Sariyog*
xxxx
Non
xxxx
Kartoshka
xxxx
Piyoz
xxxx
Sabzi
xxxx
Guruch
xxxx
Go‘sht
xxxx
Baholar monitoringining ahamiyati debitor va kreditor qarzdor- 
likka chek qo‘yish, hisobotlami soddalashtirish, byudjet tashkilotlari 
xarajatlar smetasida tasdiqlangan xarajatlarini byudjet tasnifi buyicha 
xarajat kilinishi nazorat kilish, byudjet tashkilotlari uchun olina- 
digan yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tuziladigan shartno- 
malarni qonuniy tuzilishi, tovarlar yoki xizmatlar sifatli bo‘lishi 
uchun tenderlar va tanlovlar orqali shartnomalar tuzish, byudjet 
mablag‘ini aniq maksadlarga sarflanishini nazorat qilishlilik yuqori 
samara berishidan dalolatdir.
Byudjetdan mablag* oluvchilar tom onidan xarid etiladigan 
boshqa turdagi mahsulotlar baholarini nazorati 2009- yil 16- 
sentabrda ro‘yxatgan olingan 2007-sonli «Davlat byudjetining 
g‘azna ijrosi qoidalari»ga binoan hamda boshqa manbalardan
1 ushbu mahsulotlar soni xarid baholari nazorat etish uchun yangidan 
kiritiladigan mahsulotlar hisobiga ortishi (kamayishi) mum kin.


olingan o ‘rtacha bozor baholari1 bilan solishtirish orqali amalga 
oshiriladi.
B a h o la r m anito rin g in i o ‘tkazishdan ko ‘zlangan asosiy 
m aqsad — bu asoslanmagan debitorlik va kreditorlik qarz- 
dorligining yuzaga kelishini oldini olish, byudjet mablag'laridan 
maqsadli foydalanishni (tasdiqlangan smetalar asosida, byudjet 
klassifikasiyasi m oddalariga mos ravishda) t a ’m inlashdan 
iborat.
Mahsulotlar (xizmatlar, ishlar)ni xarid etish bo‘yicha shart- 
nom alar tender yoki konkurs (tanlov) savdolari orqali amalga 
oshiriladi va bundan ko‘zlangan asosiy maqsad optimal baholardan 
sifatli mahsulotlami xarid etishdan iboratdir.
B aholar optim alligi va byudjet mablag‘laridan maqsadli 
foydalanishni nazorat etish, amalga oshiriladigan xaridning yuqori 
samarasini ta ’minlovchi muhim omil hisoblanadi.
Tadqiqotlar natijasida baholar monitoringi tizimidagi mavjud 
muammolar sifatida quyidagilar aniqlandi:
— tovarlar va xizmatlar bahosi to‘g‘risida tizimlashgan tarzda 
axborot olishning yetishmasligi (ayniqsa, respublika hududlari 
bo‘yicha);
— mavjud baholar monitoringi tovarlarning assortimenti (sifati, 
texnik va boshqa muhim tavsiflari)ni hisobga olmaydi;
— baholar monitoringi amalga oshirishda transport xarajatlarini 
hisobga olishni tartibga soluvchi mexanizm yetishmaydi;
— ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha Antimonopoliya 
qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan baholar, joylarda o'matiladigan 
baholar bilan keskin farqlanadi.
Kapital qurilish sohasida davlat xaridini tashkil etishda baholar 
monitoringi 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiq- 
tisodstat vazirligi va Davarxitektqurilish qarori bilan tasdiqlangan
1 A m aliyotda turli xildagi m ahsulotlam ing o'rtacha bahosi ixtisos- 
lashtirilgan axborot manbalari (reklama jurnallari, gazeta va boshqalar), 
shuningdek, mas’uliyatli manbalar (mahalliy hokimiyatlarning iqtisodiyot 
bo‘linmalarining m a’lumotlari, o ‘xshash mahsulotlaming bozor baholari 
haqidagi m ahalliy bozorlar m a’m uriyati tomonidan taqdim etiladigan 
m a’lum otlar va boshqalar) asosida aniqlanadi.


«Buyurtmachilar va pudrat tashkilotlari tomonidan davlat byudjeti 
m ablag'lari va hukumat k afolati ostidagi kreditlar hisobiga 
moliyalanadigan qurilish obyektlari uchun xarid qilinadigan 
uskunalar, binokorlik materiallari va konstruksiyalarining eng 
yuqori baholarini belgilash tartibi to ‘g‘risida»gi N izom i bilan 
tartibga solinadi.
Mazkur Nizom 0 ‘zbekiston Respublikasi Yazirlar M ahka- 
masining 2000- yil 5- avgustdagi 305-son qaroriga muvofiq ishlab 
chiqilgan va buyurtmachilar ham da pudrat tashkilotlari tom onidan 
davlat byudjeti mablag‘lari va hukum at kafolati ostidagi kreditlar 
hisobiga moliyalanadigan qurilish obyektlari uchun xarid qili­
nadigan uskunalar, binokorlik materiallari va konstruksiyalarining 
eng yuqori narxlarini belgilash tartibini nazarda tutadi (bundan 
keyin binokorlik materiallari).
Nizom qurilishi tender savdolarisiz o ‘tadigan ham da davlat 
byudjeti mablag'lari va hukum at kafolatlari ostidagi kreditlar 
hisobiga moliyalashtiriladigan o ‘tuvchi obyektlar bo‘yicha barcha 
buyurtmachilar va pudrat tashkilotlari tomonidan qo‘llanilishi 
kerak.
Binokorlik materiallarining eng yuqori narxi Vazirlar M ah- 
kamasining 2000- yil 5- avgustdagi 305-son Qaroriga m uvofiq 
ishlab chiqargan korxonaning ulguiji sotish narxi (yoki im port 
mahsulotining xarid qiymati)dan kelib chiqib, transport xara- 
jatlarin i ham da ularga n isb atan q o ‘llaniladigan eng yuqori 
tayyorlash-ombor va vositachilik ustamalarini hisobga olgan holda, 
vositachilar sonidan qat’i nazar, 20 foizdan yuqori bo ‘lmagan 
miqdorda shakllantiriladi.
Import mahsulotining xarid qiymati 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi, Markaziy banki, Makroiqtisodiyot va statistika 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan Buxgalteriya hisobi, 
statistika va boshqa hisobotlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalami 
aks ettirish tartibining (3.06.2000- yil, ro‘yxatga olish raqam i 931) 
3.9-bandiga muvofiq belgilanadi.
Binokorlik materiallariga hisob-kitob hujjatlari (yuk xatlar, 
hisobvaraq-fakturalar va boshqalar)ni rasm iylashtirayotganda


vositachilar quyidagi q o ‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rsatishlari 
shart:
— transport xarajatlarini hisobga olib, ishlab chiqargan korxo- 
naning ulguiji sotish narxi yoki import m ahsulotining xarid 
qiymati;
— respublikada tayyorlangan binokorlik materiallarini ishlab 
chiqaradigan korxona yoki import mahsulotlarini bojxonadan 
o ‘tkazish punktining nomi;
— respublikada tayyorlangan binokorlik materiallarini ishlab 
chiqaradigan korxonaning ularni chiqarish sanasi yoki import 
mahsulotini bojxonadan o'tkazish sanasi;
— qo'llaniladigan savdo ustamasi (qo'shim cha haq) miq- 
dori.
Vositachi tomonidan respublika hududidagi boshqa vositachi- 
lardan binokorlik materiallari xarid qilinganida, ularning nomi va 
savdo ustamasi (qo'shimcha haq) ko'rsatiladi.
Ishlab chiqargan zavodning ulguiji sotish narxi oshgan va 
buyurtm achilar hamda pudrat tashkilotlari tom onidan vosita- 
chilarga bo‘nak to'lovlari amalga oshirilmagan bo‘lsa, ularni sotish 
chog'ida binokorlik materiallarining eng yuqori narxi vositachilar 
tomonidan ularni ishlab chiqargan zavodning ulguiji sotish narxi 
darajasiga yetkazilishi mumkin.
Mazkur Nizomga rioya etilmaganda, buning uchun javobgarlik 
qonunda belgilangan tartibda buyurtmachilar va pudratchiJarning 
birinchi rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Istiqbolda, baholar monitoringini amalga oshirish, sifatini 
oshirish maqsadida, g'aznachilikning dasturlar kompleksi bilan 
tovarlar va xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlar to'plovchi vakolatli 
tashkilotlaming (idora, agentlik) axborot bazalari, hamda tovarlar 
va xizm atlar bahosi t o ‘g ‘risida m a’lum otlarga ega m as’ul 
tashkilotlar axbortlar (birjalar, elektron axborotlar) bazasini integ- 
rasiyalash imkoniyalari ko‘rib chiqilmoqda.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin