Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
eng yaxshi narxni ta k lif etgan
mamlakatimiz korxonasi, ishlab chiqaruvchisi 
tender g'olibi
deb 
aniqlanadi».
Yoki: «...mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari bilan 
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri m uzokaralar natijalariga ko‘ra, qo‘shimcha 
qiymat solig‘i summasiga qo‘shib hisoblagan holda ko‘rsatilgan 
eng yaxshi narxdan oshmaydigan narxni taklif etish mumkin 
bo'lm agan taqdirda, im port tovarlar yetkazib berish (ishlami 
bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha 
eng yaxshi narx taklif etgan
tender ishtirokchisi tender g‘olibi deb e’lon qilinadi».
Shunday qilib, to varlar yetkazib berish b o ‘yicha tender 
savdolari bo‘yicha xulosa eng past baholar asosida chiqarilib, u 
mol yetkazib beruvchi arizasidagi baholar (baho omili), hamda 
baholashning boshqa koeffisiyent ko‘rsatkichlari va tuzatish 
summasini (sifat omili) inobatga oladi.
Baho va sifat ko'rsatkichlari o‘rtasidagi nisbat, buyurtmachi 
mamlakat shart-sharoitlari, sotib olinayotgan tovar xususiyatlari 
va qator boshqa holatlam i inobatga olib, ko‘pchilik hollarda 80— 
70 (baho) va 20—30 (sifat) nisbatda bo‘ladi.
Tovarlar sotib olish bilan bog‘liq tenderlami tashkil etishda
ishtirokchi ta lo b g a rla r taklifini baholashda faqatgina ular 
tom onidan, tovar yetkazib berishning arizada ko'rsatilgan 
qiymatlariga tayanib qolmaslik zarur.
Bajariladigan (pudrat)
ishlarining kompleks tusga ega ekanligi, 
qator noma’lum va o'zgaruvchan o‘lchamlarning mavjudligi sabab- 
dan, ushbu ishlami batafsil ifodalash ancha murakkab holatdir. 
Pudrat ishlari savdolari bo‘yicha tender hujjatlari ancha katta 
hajmda bo‘ladi va bir nechta bo‘limlami tashkil etadi. Ushbu 
hujjat to ‘plami — tenderda ishtirok etuvchi talobgarlar uchun 
yo'riqnoma, loyiha echim i (chizmasi), ishlar bajarilishining texnik 
shartlari, smeta va boshqa hujjatlardan tashkil topadi.
Savdolarga tayyorgarlik paytida bunday katta hajmdagi 
hujjatlarni tayyorlash ancha katta hajmdagi mehnat, qimmat 
turuvchi va uzoq m uddatga cho'ziluvchi jarayon hisoblanadi.


Shunga qaramay, bahoga asoslangan tanlovga imkon beradigan 
savdolarni tashkil etish maqsadida, buyurtmachilar bajarilishi talab 
etiladigan ishlami iloji boricha batafsil ifodalashga ancha mablag* 
sarflaydilar.
Jahon bankining yuqorida qayd etilgan yo‘riqnomasining 2.52 
punktida: «....bajariladigan ishlar bo‘yicha shartnomalar uchun 
takliflami baholash faqatgina pul ko'rinishida amalga oshiriladi....», 
— deb aniq keltirib o‘tilgan.
Va keyingi 2.58 punktda: « ...b u y u rtm ach i, o ‘rn a tilg a n
standartlarga mos imkoniyatlar va resurslarga ega bo‘lgan savdo 
ishtirokchisi bilan shartnoma tuzadi. Bunday taklif: 1) savdo 
hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga javob berishi; 2) eng past 
baholash qiymatiga ega bo‘lishi zarur 
».
Bu yerda ham biz eng p ast b a h o (bah o lash q iy m a ti) 
tushunchasiga to 'q n ash kelam iz. A m m o, Jahon ban k in in g
ishlarni xarid qilish bo'yicha tender namunaviy hujjatlarining 
(Standard Bidding Documents — procurem ent o f works) 31 
punktiga («Takliflarni solishtirish va baholash») e ’tibor berilsa, 
eng p ast b a h o , bu yerda p u d r a tc h i to m o n id a n a r iz a d a
ko'rsatilgan baho, arifmetik xatolar, ko'zda tutilmagan xarajatlar 
kabilarni ko‘zda tutuvchi tu zatish larn i hisobga olish b ila n
aniqlanadi.
Bu ta ’rif, pudratchi tomonidan taklif etilishi mumkin bo‘lgan 
sifat omilini inobatga olish haqida ko'rsatm a bermaydi.
«Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) tom onidan 
moliyalashtiriladigan xarid loyihalari uchun qoida va prinsiplar» 
(Procurement Policies and Rules for Projects financed by the 
European Bank for Reconstruction and Development) hujiatining 
3.30 moddasida shunday deyiladi: «... o ‘z tanlov arizasiga k o ‘ra, 
baholashning aniq mezonlari nuqtai nazaridan, tanlov hujjatlarida 
o'rnatilgan talablarga javob beradigan, hamda iqtisodiy tejam kor 
va shuning bilan birga, shartnomani to ‘liq bajarishga qodir bo‘lgan 
tanlov ishtirokchisi bilan shartnoma tuziladi». Yo‘riqnomaning 
mazkur moddasining e’tiborli tom oni shundaki, unda nafaqat 
baho mezoni, balki tanlov ishtirokchisining pudrat ishlarini bajara 
olish imkoniyati ham baholanadi.


Ya’ni, baholovchilar pudratchi taklifining texnik jihatlarini 
(ish jadvali va uni tashkil etish, asbob-uskunalarning mavjudligi 
va holati, boshqaruv personalning tajriba va kvalifikasiyasi va 
boshqalar) tahlil etishi lozim. Xalqaro savdolar amaliyotida bunday 
tahlil texnik tahlil sifatida m a’lura bo‘lib, bunday tahlil sifat 
ko‘rsatkichlarini solishtirishdan iborat va u baho omiliga aloqador 
emas.
Yevropa K om issiyasining 1999- yildagi «Komissiyaning 
uchinchi m am lakatlar bilan hamkorlik qilish maqsadida ishlar, 
tovarlar va xizm atlar yetkazib berish uchun tuziladigan shartno- 
malari» (M anual o f Instructions. Contracts for works, supplies 
and services c o n c lu d e d for th e purposes o f C om m unity 
cooperation with th ird countries), yo ‘riqnom alar to ‘plami 
Yevropa Komissiyasining rivojlanayotgan davlatlarda amalga 
oshirayotgan loyihalarida keng qo‘llaniladi.
Mazkur hujjatning 20.10.1 moddasida: «iqtisodiy jihatdan 
eng foydali taklif«ni taqdim etuvchi, ya’ni texnik baholash paytida 
texnik talablarga mos deb topilgan, boshqa takliflardan qimmat 
boMmagan taklif beruvchi muvoffaqiyatli talabgor deb tushu- 
niladi».
Bu yerda biz, Jahon bankining hujjatlarida uchramaydigan, 
tender takliflarining texnik baholash haqidagi ko‘rsatmaga duch 
kelamiz.
Savdolarda, shuningdek, injener-maslahatchilar xalqaro fede- 
ratsiyasining (F ed e ra tio n Internacionale des Ingenieurs — 
Conseils) «Tender jarayonlari» (tendering procedures) nomli 
hujjati keng qo‘llanilib, ushbu hujjat ishlami xarid etish savdolarini 
o'tkazish tartibini belgilab beradi.
Mazkur hujjatning 11.0 moddasi «Takliflami baholash» deb 
nomlanib, u talabgor taklifini moliyaviy, texnik va shartnomaviy- 
adminstrativ baholashni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, 4 modda 
«Taqdim etiladigan hujjatlar»ni tushuntirib, unda asosiy taqdim 
etiladigan hajjatlar bilan bir qatorda: subpudratchilar va ular 
bajaradigan ishlar hajm i haqida axborot, ishni bajarishga jalb 
etiladigan asbob-uskunalar va pudratchining asosiy personali haqida 
m a’lumotlar pudratchi tomonidan ko‘rsatilishi kerak.


Bu turdagi barcha ma’lumotlar sifat ko‘rsatkichlari bo'lib, 
ular tender takliflarini baholashda, taJabgorning baho taklifi bilan 
bir qatorda e’tiborga olinadi.
Shunday qilib, Jahon bankining tegishli yo‘riqnomalarida baho 
ko‘rsatkichi asosida pudratchilar taklifini baholash haqida tavsiya 
berilsada, boshqa xalqaro hujjatlarda texnik, ya’ni sifat ko‘rsat- 
kichlari asosida ham baholashning zarurligi ta ’kidlanadi. Bu 
savdolami o‘tkazishda pudratchilami ham baho, ham sifat omilini 
e’tiborga olish zarurligini ko‘rsatadi.
AmaJda konvertlar ochilgandan so ‘ng, qisqa tekshirish va 
taklif etilgan baholar e’lon qilinadi va baholovchilar hujyatlarning 
to'liqligi, arifmetik aniqlik, taklif tarkibida qo‘shimcha shartlar 
va muqobil variantlar borligini tekshirishga kirishadilar. Shundan 
so‘ng, taklifning tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan shartlarga mosligi 
a n iq la n sa , yuq o rid agi q o id a la rd a k e ltirilg a n id e k , u n in g
baholangan qiymati aniqlanadi va baho ko‘rsatkichlari asosida 
holat o'rganiladi.
Bunday holatlarda, tajribali baholovchilar juda yuqori v a ju d a
past baho taklif etadigan ishtirokchilar arizalarini ko‘rib chiqishni 
to'xtatadilar. Chunki, oxir oqibatda bunday arizalar yoki baho 
ko‘rsatkichi b o ‘yicha (eng yuqori bah o taklifi), yoki sifa t 
ko‘rsatkichi bo'yicha (eng arzon baho taklifi) nomaqbul deb 
topiladi. Eng past baho taklifiga nisbatan norasmiy hisoblanadigan 
bunday amaliy qoidaning mavjudMgining o ‘zi ham, pudrat ishlarini 
bajarishda bahoga asoslangan tanlovning hal qiluvchi emasligidan 
guvohlik beradi.
Ushbu bosqichdan so‘ng, pudrat ishlarini muvoffaqiyatli bajari- 
lishini ta’minlaydigan, yuqorida ko'rib o'tilgan sifat ko'rsatkichlari 
ko‘rib chiqiladi va taklifni texnik baholash amalga oshiriladi. 
Shunday holatlar ham ma’lumki, past baholi takliflar ham asosiy 
vositalarning yo'qligi yoki eskirganligi sababli, ba’zan, rahbarlik 
xodimlarining past kvalifikatsiyasi tufayli muvaffaqiyat qozon- 
maydilar.
Ba’zi holatlarda, pudratchi o ‘z takliflda qurilish jarayonini 
yetarlicha asosli rejalashtira olmagan va uni amalga oshirish uchun 
zaruriy tashkiliy tuzilma va tadbirlami oldindan ko'ra olmaganligi


m a’lum bo‘ladi. U shbu sabablaming barchasi, past baholar taklifi 
berilishiga qaramasdan pudratchi taklifidan voz kechishga olib 
keladi.
0 ‘zbekistonda tanlov hujjatlarining texnik qismiga talablarni 
hamda markazlashtirilgan manbalar (davlat byudjeti mablag‘lari, 
byudjetdan tashqari jam g'arm a va Hukumat qarorlari bilan tashkil 
etilgan alohida tarm oqlar va tashkilotlarning maxsus jamg‘ar- 
malari, O'zbekiston Respublikasi Huqumati kafolati yoki uning 
nomidan jalb etiladigan chet el kreditlari, O'zbekiston Respub- 
likasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag'lari) davlat 
boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag‘lari hisobidan 
amalga oshiriladigan barcha turdagi ishlar va xizmatlar tanlov 
hujjatlarini baholash, Vazirlar Mahkamasining «Kapital qurilishda 
tanlov savdolari tiz im in i takom illashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida» 2003- yil 3- iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan 
«O'zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov 
savdolari to ‘g‘risida»ga Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Bunday turdagi tanlovda sifat omilining usutvorligini quyidagi: 
«...savdo ishtirokchilariga qo'yiladigan talablarga amal qilinganligi 
(lisenziya, etarli ish tajribasining borligi, moliyaviy holati, texnika 
bilan jihozlanishi, savdoning aniq inshootlariga qarab boshqa 
malaka talablari)», yoki: «...takliflarni texnik1 va moliyaviy 
baholashda mezonlami qo‘llashning xolisligi va ulaming ahamiyati» 
punktlarda kuzatish mumkin.
Pudrat ishlari buyicha tanlovlami tashkil etishning nazariy va 
amaliy tajribasi shundan dalolat beradiki, baholar asosida tanlash 
usuli tanlovlarda g‘olibni aniqlaydigan yagona maqbul usul emas, 
balki u baholashning sifat omillari bilan birga qo‘llaniladi. Ishlami
1
Texnik qism — bu talabgorlar o‘z tanlov takliflarini qiymatini hisob- 
kitob qilishi uchun zarur va yetarli bo'lgan xarid qilinayotgan mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) m iqdori va xarakteristikasini, ishlaming bajarilish (tovar 
yetkazib berish, xizm atlar) m uddati, shuningdek, tanlov savdolari bir 
bosqichda amalga oshirilganda tanlov savdolari buyurtmachisi va g‘olib 
tomon o'rtasida tuziladigan shartnomadan so'ngi hisob-kitoblarini o‘zida 
mujassamlashtirgan m a’lumotlardan iborat hujjatlar yig'majildi.


xarid qilish bo‘yicha savdolarda baho-sifat nisbati, odatda, 60:40, 
ayrim hollarda — talabgorlarga ko‘plab qo‘shimcha talablar mavjud 
bo‘lganda 50:50 ni tashkil etadi.
0 ‘z -o ‘zidan, baho va sifat o ‘rtasidagi bunday nisbat shartli 
boMsada, tender savdolarida yirik hajmdagi pudrat ishiari taklifini 
baholash, hech qachon talabgor tak lif etgan baholar asosida 
emas, balki baho va sifat deyarli teng ko‘rsatkichlarga ega 
bo'lgan, baho va sifat omillarini birgalikdagi tahlili asosida 
aniqlanadi.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin