Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
• davlat va 
jamiyat 
nazoratini 
ta ’minlagan 
holda xarid- 
ni tashkil 
etish shart- 
lariga rioya 
etish
• xarid 
haqidagi 
m a’lumot- 
ning 
ochiqligi 
va uni 
olish 
imkoniyati
diskrimina-
tsiyaga
yo'l
qo'ymaslik
xaridning 
b a rch a  
ishtirokchi- 
lari uchun 
teng 
imkoniyat- 
lar berish
l-chizjna. Yevropa xarid tizimini boshqarish tamoyillari.
Davlat xaridini tashkil etishda ishlatiladigan xaridning ochiq 
va yopiq bir hamda ikki bosqichli tanlovlari, xaridning yagona 
manbasidan baholami so‘rash usulidan tashqari, ba’zi m am la- 
katlarda keng qoMlaniladigan taklif so'rovnomasi va raqobatli 
muzokaralar usullari ham mavjud. Taklif so‘rovnom alari eng 
kamida uchta mol yetkazib beruvchiga jo ‘natiladi.
Buyurtmachi (sotib oluvchi tashkilot) takliflam i baholash 
m ezonlarini, uning nisbiy m ohiyati va baholashda qanday 
qo‘llanilishini belgilaydi. Ushbu mezonlar mol yetkazib beruv- 
chining boshqaruv va texnik talablarga javob berishi bo'yicha, 
taqdim etilgan takhf orqali ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish 
mumkinligi nuqtayi nazaridan, shuningdek, taklif etilayotgan baho,


ekspluatatsiya, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlaiini inobatga 
oigan holda tuziladi. Bunday hollarda so'rovnom a yuborish, 
muzokoralar olib borish, yoki buyurtmachi, taqdim etilgan taklifni 
qayta ko'rib chiqishga ruxsat berishi mumkin. Muzokoralar sir 
saqlanish sharti bilan olib boriladi va unda ishtirok etish imkoniyati, 
takliflari rad etilmagan barcha talabgorlarga beriladi. Shundan 
sung, buyurtmachi mol yetkazib beruvchilar oxirgi takliflarini 
taqdim etishi lozim bo'lgan muddatni belgilaydi va taqdim etilgan 
eng yaxshi taklif qabul qilinadi.
EIning ayrim mamalakatlarida davlat xaridini tashkil etishda 
milliy mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 5—10 % miqdorida 
imtiyozlar taqdim etiladi. Ayrim hollarda bunday imtiyozlar ancha 
yuqori ham bo'lishi mumkin, masalan, Vengriyada bu ko'rsatkich 
m a’lum vaqt oralig‘ida 20 %ni tashkil etgan. Agar qiyoslaydigan 
bo'lsak, bizning Respublikamizda ham tender savdolari bo‘yicha 
talabgorlar taklifmi baholashda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga 
baho imtiyozlari taqdim etilgan: «...agar tenderda xorijiy yetkazib 
b e ru v c h ila r bilan birga m am lakatim iz ko rx o n alari-ish lab
chiqaruvchilari ishtirok etsa, bu korxonalarga tovarlar va xizmatlar 
davlat xaridi... tender savdolarida ishtirok etganda 20 foizgacha 
miqdorda narx imtiyozlari beriladi»1.
Ayrim mamlakatlarda davlat buyurtmasining m a’lum qismi, 
alohida olingan mol yetkazib beruvchilar uchun, xususan, kichik 
biznes vakillari uchun saqlab qolinadi. Hottoki bu maqsadlami 
amalga oshirish uchun yirik buyurtmalar, atayin mayda bo‘laklarga 
bo'lib joylashtirilishi ham m umkin2.
1 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000- yil 21- 
noyabrdagi 456-sonli qaroriga ilova qilingan «Xomashyo, materiallar, 
butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish bo‘yicha tender savdolari 
o'tkazish to‘g‘risida»gi Nizomga maxsus X-I bo‘lim kiritilgan bo‘lib, ushbu 
bo‘limning 55-punktida mahalliy ishlab chiqaruvchilar o'rtasida g'olibni 
aniqlashda baho imtiyozlarini taqdim etish shartlari keltirilgan.
2 Xususan, ushbu sohaga mamlakatimizda ham katta e’tibor qaratilmoqda, 
jum ladan, 2011- yilning 7- fevralida qabul qilingan PQ-1475 sonli «Davlat 
xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini 
jalb qilishni kengaytirish to ‘g‘risida» 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Qarori bunga yaqqol misoldir.


Davlat xaridi uchun xorijiy mol yetkazib beruvchilar uchun 
o‘matilgan maxsus taqiqlar bilan birga, ancha ko'zga ko‘rin- 
maydigan turdagi taqiqlar — bojxona poshlinalari va notarif 
cheklovlar (standartlar, guvohnomalar, lisenziyalar va h.k.), ayrim 
hollarda to ‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlar o'm atiladi. Bu amaliyot — 
xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, XSTning faoliyati natijasida 
sekin-asta kamaymoqda, am m o undan tez orada butkul voz 
kechishning iloji yo‘q.
K o‘plab mutaxassislaming fikricha, davlat xaridini elektron 
tarzda tashkil etish bo‘yicha Germaniya tajribasini o ‘rganish\ 
EIning boshqa mamlakatlari tajribasiga nisbatan ancha qiziqarlidir. 
Germaniya EIning a’zosi sifatida, davlat xaridi sohasidagi Yevropa 
qonunchiligiga so‘zsiz amal qilishi shart. Aks holda, Yevropa 
Komissiyasi tomonidan m a ’muriy choralar q o ‘llanilishi yoki 
Yevropa sudida jazoga tortilishi mumkin. Germ aniya o ‘zining 
milliy qonunchiligini EIning davlat xaridi bo‘yicha qonunchiligiga 
ancha muvoñaqiyatli tarzda moslashtirib oigan. Chunki, raqobat 
muhitini shakllantirish va diskriminasiyaga yo‘l qo‘ymaslik, davlat 
mablag‘laridan oqilona foydalanishga olib keladi.
Germaniyada davlat xaridini mavjud nazorat tizimi, E l talab- 
lariga javob beradi va shuning bilan birga ayrim o ‘ziga xoslikka 
ega. Uning nazorat doirasiga, E l tomonidan aniqlik kiritilgan va 
davlat buyurtmachisiga tenglashtirilgan barcha tashkilotlar kiradilar. 
Shunday qilib, bir qator xususiy sektor vakillari davlat buyurt- 
machisi maqomiga tenglashtirilgan.
Nazorat tizimi ikkita: apellyasiya (mustaqil tashkilot ko‘ri- 
nishida) va sud (sud organi ko‘rinishida) instansiyani o ‘zi ichiga 
oladi. Davlat xaridini joylashtirish bo‘yicha qilingan qarorlami 
sudda ko‘rib chiqish im koniyati, bu sohadagi muvaffaqiyatli 
yangiliklardan hisoblanadi. Q onunchilikka b in o an , bu ikki 
instansiya buyurtmachi ustidan shikoyatni tezlashtirilgan tarzda 
ko‘rib chiqadilar va investitsiya jarayonlarini sekinlashuviga jiddiy 
salbiy ta ’sir etmaydi.

y.B ypxanoe.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin