Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
2.2.2 Elektron texnologiyalar
AQShda davlat xaridi tizimi davlat, xo'jalik, ilmiy-texnik komp- 
lekslar b o ‘yicha 100 ga yaqin fedaral idoralami o‘z ichiga oladi. 
Ular har yili, tovarlar va xizmatlarga bo'lgan talabni markaziy 
boshqaruv federal organi, o‘z idora markazlari va mamlakatning 
yirik shaharlarida joylashgan federal hukumatning 12 ta hududiy 
markazlari orqali joylashtiradilar.
AQSh qonunchiligi, davlat xaridi bo‘yicha axborot resurslarini 
shakllantirish va foydalanish uchun mas’ul boMgan organlar 
fao liy atin i ham tartibga solib turadi. Axborot resurslarni 
ta’minlovchi yig‘ish, qayta ishlash va xarid bo‘yicha ma’lumotlami 
tarqatish, federal ehtiyojlar uchun xarid bo‘yicha axborotlar tizimi 
bazasini boshqarish va shartnomalaming federal ro‘yxatini olib 
boruvchi organlaming funksiya va vakolatlari qonuniy belgilab 
berilgan. Federal xaridlar b o ‘yicha Markaz davriy ravishda 
ma’lum otlam i taqdim etish bo‘yicha Yo‘riqnoma chop etib turadi. 
Unda quyidagilar aks etadi:
— hisobot topshirgan va hisobot topshirmagan idoralaming 
to‘liq ro'yxati ko‘rsatiladi;
— h ar bir idora bo'yicha, m a ’lumotlarni yig'ish bo'yicha 
zaruriy yo‘riqnomalar;
— tushuntirishlar (qanday m a’lumotlar zarur va qaysi davr 
oralig‘ida ulam i taqdim etish kerak).


D avlat ehtiyojlari u c h u n m ah su lo tlar x a rid in in g o ‘sib 
borayotganiigi yetarli darajada aks ettirilmaganligi sababali, 1994- 
yilda, AQSh qonunchiligi jiddiy taftish etildi. Taftish yakunlariga 
asosan, AQShda xaridni tartibga soluvchi yangi qonunchilik 
shakUantirildi va u axborot bilan ta ’minlash tizimini zamono- 
viylashtirish va tizimda axborot resurslardan foydalanishni tashkil 
etishni takomillashtirilishiga olib keldi.
Davlat xaridini tashkil etish jarayoni ham tahlil etildi (1994- 
yilda, bu sohani nazorat etuvchi qonun va qoidlar jam i 889 tani 
tashkil etardi). Shundan sung, davlat xaridini amalga oshirish 
bo‘yicha vakolatli federal organlarga, davlat ehtiyojlari uchun 
xaridni amalga oshirishning shakllari, xaridni turlari, usullarini 
tanlashda kengaytirilgan erkinliklar berildi.
Qonun kichik xaridlar uchun shartnoma tuzish jarayonini 
soddalashtirdi va elektron savdolami1 amalga oshirishni parallel 
ravishda qo‘llab-quwatladi.
Yangi qonunchilikka asosan, xarid qiymati 100 ming dollardan 
past bo‘lgan savdolar uchun qog‘ozli hujjatlar aylanmasi bekor 
qilindi. Bu juda ko‘plab hattoki kichik hajmdagi savdolarda ham, 
mavjud bo‘lgan murakkab qoida va jarayonlami amalga oshirishdan 
xalos qildi.
Bugungi kunda Ainerikadagi har bir federal idora, shartnoma 
qiymati 25 ming dollardan yuqori bo‘lgan, keyingi 5 moliya yilidagi 
barcha nomaxfiy tusdagi shartnomalami kompyuter m a’lumotlar 
bazasini shakllantirishi va saqlashi lozim. Ushbu m a’lumotlar 
barcha idoralar tom onidan federal xaridning M arkazlashgan 
axborot tizimiga jo‘natiladi. Shartnomalar bo‘yicha m a’lumotlami 
taqdim etishda, federal idoralar, hujjatlarning standartlashgan 
shakllari va m a’lum otlarning unifikatsiyalashgan form atidan 
foydalanadilar. Taqdim etiladigan m a’lumotlarga qo'shim cha 
tarzda, federal idoralar, qiymati 5 mln dollar va undan yuqori
1
Bu yerda, «elektron savdolar» term ini faoliyatni amalga oshirishni 
ta ’minlovchi elektron texnologiyalami nazarda tutmoqda, ya’ni internet, 
e’lonlaming elektron doskasi, to'lov kartalari, pul o‘tkazish, m a’lumotlami 
virtual almashish va boshqalar.


bo‘lgan subshartnomalami ham identifikatsiyalashgan elektron 
shakhga ega bo‘lishlari shart.
Federal xaridning axborotlar tizimi, federal idoralar tomonidan 
har yili tuziladigan jami qiymati 200 mlrd dollarni tashkil etadigan 
(qiymati 25 ming dollardan yuqori bo'lgan 400-500 shartnomalar 
hamda kichikroq qiymatdagi 17 mln dan ortiq) shartnomalaming 
hisob axboroti bilan ta’minlaydi. Federal xaridning Markazlashgan 
axborot tizimi davlat xaridi haqidagi jamlangan axborot manbai 
hisoblanadi.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin