Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
y.E yp x a n o e.
rocyaapcTBeHHwe 3aicynKH. h ttp ://e l.tf i.u z /p d f/ 
gos_zakup_ru.pdf


— El yagona bozori va milliy bozorlarda shartnomalar tuzishda 
teng raqobat muhitini ta’minlash;
— ochiqlilik talablarining bajarilishini ta’minlash;
— haqqoniy va ochiq biznesni amlga oshirishga ko‘maklashish;
— kichik biznes vakillarini davlat buyurtm alarini olishiga 
ko‘maklashish.
El darajasida davlat xaridini tartibga solishda, ijtimoiy va 
ekologik barqarorlik prinsipi bir tomondan, raqobatbardoshlik va 
erkin savdo mezonlari, ikkinchi tomondan qarama-qarshilikka 
duch kelmoqda. M ahsulotlarni yetkazib b erish , xizm atlar 
ko'rsatish, ishlami bajarishni tartibga soluvchi yuqorida keltirib 
o‘tilgan huquqiy me’yorlar asosida «diskriminasiya qilmaslik» 
prinsipi yotadi1. Ya’ni, Elga a ’zo mamlakatlaming davlat xaridi 
tizimini boshqarishda atayin ichki (milliy) manfaatlarni ustun 
qilmaslik g‘oyasi ilgari suriladi. Shunday qilib, shartnom alar 
tuzishda asosiy mezon qilib yoki eng past baho, yoki nisbatan 
foydaliroq iqtisodiy taklif, ya’ni baho va sifat o'rtasidagi munosabat 
olinadi.
Elda xaridni tashkil etish shakllari, usullarini ishlab chiqishda, 
shuningdek, axborotlar ta’minoti tizimini shakllantirishda AQSh 
tajribasidan keng foydalanilgan. Davlat xaridini takomillashtirish 
masalalari bilan Evropada AQShdan ancha keyin shug‘ullanisha 
boshlashgan, buning sababi — Elga kiruvchi davlatlarning 
qonunchilik tizimidagi turlichalik va yagona kelishuvga kelishning 
murakkabJigi bilan izohlanadi.
El mamlakatlarida imzolangan shartnomalar haqidagi m a’lu- 
motlarni o‘z ichiga oluvchi asosiy axborot resurlari, xarid taklifi 
haqida bo‘lib u «Elning rasmiy jumali» da chop etilishi zarur. 
Ushbu nashrning qog‘ozli ko'rinishi 1998- yilda bekor etilgan 
boMib, endilikda rasmiy elektron ma’lumotlar bazasi «Kundalik 
elektron tender» deb yuritiladi. TEDning ma’lum otlar bazasini 
internetdan olish mumkin va u kompakt-disklarda ham mavjud. 
U har kuni 500—750 ta ch a yangi e ’lonlar bilan t o ‘ldirilib,
1 Государственные закупки в странах ЕС на примере Италии и 
Великобритании, http://www.portalzalcupok.ru/library/168


yangilanib boriladi va o‘zida imzolangan shartnomalar haqida 
m a’lum o tlam i ham saqlaydi. Shartnom alar va mol yetkazib 
beruvchilar haqida yanada to'liqroq maium otlar mamlakatlaming 
milliy axborot tizimlarida mavjud, bundan tashqari, davlat xaridi 
ishtirokchilariga axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi 
200 dan ortiq axborot markazlari ham faoliyat yuritadilar1.
E l mamlaktlarida xarid faoliyatini tashkil etishning ikkita modeli 
ustunlik qiladi: markazlashmagan va markazlashgan.
Ikkala usul ham barcha rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilib 
kelinadi. Masalan, Angliyada bu vazifalar Davlat g‘aznachiljgining 
zimmasiga yuklatilgan.
E lda ikkala modelning bir vaqtda qo'llanilishi ko‘proq samarali 
ekanligini kuzatish mumkin. Masalan, xaridni umumiy boshqarish 
(me’yoriy-huquqiy asoslarni shakllantirish, rejalashtirish, nazorat 
va muvofiqlashtirish) faoliyati Moliya yoki Iqtisodiyot vazirligi 
tom onidan byudjetni shakllantrishda amalga oshiriladi, xarid esa 
maxsus xarid tuzilmalari tomonidan tashkil etiladi. Angliyada aynan 
shu tizim mavjud bo‘lib, asosiy muvofiqlashtiruvchi organ — 
g‘aznachilikdan tashqari ham, sohaga ixtisoslashgan xarid xizmat- 
lari bor (masalan, National H ealth Service Supplies — sog'liqni 
saqlash milliy tizimi uchun xarid xizmati).
Xaridni tashkil etish bo‘yicha jahon tajribasi shuni ko‘rsata- 
diki, tovarlar va xizmatlami yirik hajmda xarid etishning eng 
samarali shakli bu ochiq tanlovlar (tender) o‘tkazishdir.
Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar davlat xaridini tashkil etish 
asosida tender savdolari turadi. BMT va Xalqaro Savdo tashkiloti 
kabilar o ‘z a’zolariga ushbu turda xaridni amalga oshirishni tavsiya 
e ta d ila r. X alq aro savdo b o ‘yicha B M Tning K om issiyasi 
(YuNSITRAL) davlat xaridini amalga oshirish bo‘yicha asos va 
namuna bo‘lishi mumkin bo‘lgan «Tovarlar va xizmatlar xaridi 
to‘g‘risida»gi namunaviy qonunni taklif etdi2. XST mamlakatlarda 
xaridni tashkil etish bo‘yicha talablar, a’zo mamlakatlar bilan 
k o ‘p to m o n li s h a r tn o m a la rd a o ‘z ak sin i to p g a n . E l
1 http://europa.eur.int
2
http://www.cnews.ru/reviews/free/gov2005/part8/europe.shtml


mamlakatlarining xarid faoliyati Elning deriktivalari bilan tartibga 
solinadi.
Yevropa xarid tizimini boshqarish tamoyillari l-chizm ada aks 
ettirilgan. Mazkur tamoyillar ko‘pchilik mamlakatlarning qonun- 
chiligi asoslarini tashkil etadi va xalqaro hujjatlarda, jum ladan, 
XSTning davlat xaridi bo‘yicha ko‘ptomonlama shartnomalarida 
ham ushbu tamoyillarga amal qilish qattiq belgilab qo‘yilgan.
г
Л

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin